Xususiy kapital hisobi
Reja:
1. Xususiy kapital, rezervlarning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
2. Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil qilish manbalari va
uning harakatining hisobi.
3. Qo‘shilgan va zaxira kapital harakatining hamda taqsimlanmagan foydaning
hisobi.
4. Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etish va undan
foydalanishning hisobi.
5. Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning hisobi.
Tayanch iboralar
Xususiy kapital hisobi, xususiy kapital, ustav kapitali shakllanishining
hisobi, ta ’sischilar qarzlarining hisobi, emission
daromad, kurs farqining hisobi, rezerv kapitali, kelgusi davr
xarajatlari va to ‘lov rezervlari hisobi, sotib olingan xususiy
aksiyalar hisobi.
9.1. Xususiy kapital va rezervlarning iqtisodiy mohiyati
hamda hisobning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud va yangi tashkil etilayotgan
korxonalar o ‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil
shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta ’sischilari
tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida
qo‘shish bilan yaratiladi.
Jumladan, ≪Xususiy korxona to ‘g‘risida≫gi Qonunning 12-
moddasiga ko‘ra pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan
boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga
beriladigan o ‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga
qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin.
157
≪Fermer xo‘jaligi to ‘g‘risida≫gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra
pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk
yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining
ustav fondiga qo‘yiladigan hissa bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xususiy kapital huquqlar
va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan
ta ’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to ‘langan) hamda korxonaning
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuyidir.
Boshqacha aytganda, xususiy kapital va rezervlar xo‘jalik
aktivlarining manbalarini, ya’ni o ‘z mablagMarining manbalarini
ifodalaydi.
Umuman, xo‘jaliklar faoliyatida nafaqat xususiy kapitalning,
balki rezervlaming o ‘mi ham katta.
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish konseptual
asoslarining 52-bandida ≪Xo‘jalik yurituvchi subyekt va kreditorlar
zararlarining oqibatlaridan qo‘shimcha ravishda himoya qilishni
ta ’minlash uchun zaxiralami (rezervlarni) vujudga keltirish zarur.
Rezervlami hosil qilish va ulaming miqdori haqidagi axborot
qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir≫
deyilgan.
Umuman, kelgusi davr xarajatlari va to ‘lovlari rezervini tashkil
etishdan maqsad kelgusi davrga tegishli bo‘lgan xarajatlar va
to 'lo v la rn i bir maromda ishlab chiqarish yoki muomala
xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda jamg‘arishdan
iborat.
Umuman, kapital va rezervlaming xo‘jaliklar faoliyatidagi
o ‘rnidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar q o ‘yilgan:
1. Xususiy kapital va rezervlami tashkil etish va ulardan
foydalanish ustidan nazorat.
2. Xususiy kapital va rezervlar tarkibidagi o ‘zgarishlami o ‘z
vaqtida va to ‘g‘ri hisobga olinishini ta ’minlash.
3. Moliyaviy hisobot va rahbariyatni xususiy kapital va
rezervlaming holati hamda ular tarkibidagi o‘zgarishlar to ‘g‘risidagi
axborotlar bilan ta ’minlash.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |