Reja: Xususiy kapital, rezervlarning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari


Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil


Download 30.55 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi30.55 Kb.
#1374196
1   2   3   4   5
Bog'liq
xususiy kapital buxgalteriya

9.2. Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil
qilish manbalari va uning harakatining hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasi ≪Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida≫gi
Qonunning 19-moddasiga binoan korxona kapitali quyidagi
tarkibga ega:
1. Ustav kapitali.
2. Qo‘shilgan kapital.
3. Zaxira kapitali.
4. Taqsimlanmagan foyda.
Ustav kapitali — ta’sis hujjatlarida belgilangan hissa shaklida
qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta ’sischilar kelishuviga
yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi
va hisobga olinadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda turli mulkchilik shakllaridagi
korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda va ular ustav kapitalining
shakllanishi bo‘yicha ma’lum xususiyatlarga ega. Jumladan,
Davlat korxonasining ustav kapitali davlat tomonidan korxonaning
doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari
yig‘indisidir. Ustav kapitali hisobidan asosiy va aylanma mablag‘lar
shakllanadi.
Davlat korxonasi uchun yuqori turli tashkilotlaming korxonani
tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to ‘g‘risidagi
buyrug'i ta ’sis hujjati hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali aksiyalarining nominal
qiymatidan iborat. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalami
joylashtirish yo‘li bilan amalga oshadi.
Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida
belgilangan e ’lon qilingan aksiyalar miqdori darajasida joylashtirilishi
mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 400000
AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining
qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ustav kapitalining kamayishi
muassislaming jamiyat tarkibidan chiqishi bilan ham bog‘liq.
Ma’sulyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat
muassislaming hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko'payishi
159
yoki kamayishi barcha muassislaming roziligi bilan hissa qo‘shuvchilarning
ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz beradi. MCHJ
ning ustav kapitali eng kam ish haqining 40 barobaridan kam
bo‘lmasligi lozim.
Qo'shma korxonaning ustav kapitali mamlakat va xorij korxonalari
hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxona ustav
kapitaliga hissa tarkibida tabiiy resurslardan, intellektual mulkdan
foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu
jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
≪Xususiy korxona to‘g‘risida≫gi Qonunning 12, 13-moddalariga
ko‘ra xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va
uni mulkdoming o‘zi belgilaydi. Xususiy korxona ustav fondini
ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra ustavga
o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
≪Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida≫gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra
fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i
tomonidan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish
fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi
ustaviga o ‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xo‘jaliklarda ustav kapitali va uning harakati hisobiga 8300
— ≪Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar≫ hisobvarag‘i
mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqda ustav kapitali quyidagi
hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi:
8310 — oddiy aksiyalar;
8320 — imtiyozli aksiyalar;
8330 — pay va ulushlar.
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ulaming hisobot davr boshiga
qoldig‘i va ko‘payishi kredit tomonida, kamayishi debet
tomonida aks etadi.
Yuqoridagi hisobvaraqlarga tegishli muomalalarning hisobvaraqlarda
aks ettirilishi yo‘riqnomaga ko‘ra quyidagicha:
1. Ta’sis hujjatlari asosida ustav kapitali shakllantirilganda —
DT 4610 KT 8310-8330.
2. Ta’sisehilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida asosiy
vosita va boshqa moddiy qiymatliklar qabul qilinganda — DT
160
0110-0190, 0610, 0710-0720, 0810, 1010, 510-5530, 5810 КТ
4610 va boshqalar.
3. Taqsimlanmagan foydaning bir qismi ustav kapiyalini
shakllantirish uchun yo‘naltirilganda — DT 8710 KT 8310-
8330.
4. Ustav kapitali uning to ‘langan qismiga kamaytirilganda —
DT 8310-8330 KT 6620.
5. Foydalanilmagan dividend summalari ustav kapitalini
ko'paytirish uchun qo‘shilganda — DT 6610 KT 8310-8330.
6. Aksiyalar nominal qiymatda sotilganda — DT 5010, 5110
KT 4610.
7. Aksiyalarning nominal qiymatdan yuqori bahodagi qismiga
- DT 5010, 5110 KT 8410.
8. Aksiyalar nominal qiymatdan past baholarda sotib olinganda
— oddiy aksiya — DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT
8320 KT 8620.
9. Aksiyalar nominal qiymatdan yuqori bahoga sotib olinganda
oddiy aksiya — DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT 8320
KT 8620.
10. Qimmatli qog‘ozlami nominal qiymatidan past baholarda
sotib olish natijasida olingan daromad summasi — DT 9590 KT
9910 va boshqalar.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida sotib olingan oddiy
va imtiyozli xususiy aksiyalar hisobiga 8600 — ≪Sotib olingan
xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar≫ hisobvarag‘i
mo‘ljallangan.
Ushbu hisobvaraq 8300 — ≪Ustav kapitalini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar≫ hisobvarag‘iga nisbatan kontrpassiv hisobvaraq
hisoblanadi va u hissadorlik jamiyati ustav kapitalining kamayishini
ko‘rsatadi.
8600 — hisobvaraq sotib olingan xususiy aksiyalarning (kelajakda
qayta sotish yoki bekor qilishga) mavjudligi va harakatini hisobga
olishga mo‘ljallangan va u quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha
olib boriladi:
8610 — sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy;
8620 — sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli.
161
8610, 8620 hisobvaraqlarning boshqa hisobvaraqlar bilan o ‘zaro
bog‘lanishi bo‘yicha muomalalarning asosiylariga quyidagilar
kiradi:
1. Aksiyadorlik jamiyatlaridan kelishilgan baholarda xususiy
aksiyalar sotib olinganda - DT 8610, 8620 KT 5110-5530.
2. Korxonada sotib olingan aksiyalarni sotib olish baholaridan
yuqori baholarda qayta sotilishiga:
a) sotib olingan baholarga - DT 5010, 5020 KT 8610, 8620.
b) sotib olish qiymatidan yuqori qismiga - DT 5010, 5020
KT 9590.
c) sotib olish baholaridan past baholarda sotilgan qismiga —
DT 9690 KT 8610, 8620.
3. Nominal qiymatidan past baholarda sotib olingan xususiy
aksiyalar bekor qilinganda:
a) sotib olingan qiymatiga - DT 8310, 8320 KT 8610, 8620.
b) nominal qiymatdan past farq summasiga — DT 8310, 8320
KT 9590.
4. Nominal qiymatida xususiy aksiyalar bekor qilinganda:
a) nominal qiymatiga - DT 8310, 8320 KT 8610, 8620.
b) nominal qiymatidan yuqori qismiga — DT 9690 KT 8610,
8620.

Download 30.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling