Reja: Xususiy kapital, rezervlarning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari


Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil


Download 30.55 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi30.55 Kb.
#1374196
1   2   3   4   5
Bog'liq
xususiy kapital buxgalteriya

9.4. Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil
etish va undan foydalanishning hisobi
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish konseptual
asosining 52-bandida: ≪Xo‘jalik yurituvchi subyektni va kreditorlami
zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni
ta’minlash uchun rezervlami vujudga keltirish zarur≫, — deyilgan.
Ushbu hujjatda ≪Rezervlami vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyatiga doir qonunchilikda va ustavda ko‘zda tutiladi
(soliq qonunlarini buzmagan holda)≫, — deyilgan.
Ushbu rezervlarning tashkil etilishi xo‘jalikning hisob siyosatida
aks ettirilishi va uning ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga
olib borilishi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi bilan
kelishilgan holda, asosan, mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun
ruxsat etilishi qayd etilgan. Bunda xo‘jalikning iqtisodiy-moliyaviy
holati ham hisobga olinishi lozim.
Umuman, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervini tashkil
etishdan maqsad kelgusi davrga tegishli bo‘lgan xarajatlar va
to ‘lovlami bir maromda ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga
kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda jamg‘arishdan iborat.
Shunday rezervlar jumlasiga asosiy vositalarni ta'mirlash
bo‘yicha rezerv, mehnat ta ’tili bo‘yicha rezerv, vaqtinchalik (titulsiz)
inshootlar qurish xarajatlari uchun va boshqa rezervlar kiradi.
Ushbu rezervlarning hisobiga 8910 — ≪Kelgusi davr xarajatlari
va to‘lovlari rezervi≫ hisobvarag‘i mo‘ljallangan.
Ushbu hisobvaraq passiv bo‘lib, qoldig'i va tashkil etilishi
kredit tomonida, kamayishi (undan foydalanishi) debet tomonida
aks etadi.
Rezervlarning tashkil etilishi va foydalanilishining to ‘g‘riligi
davriy holda (yil oxirida) smeta, hisob-kitob va boshqalar orqali
tekshirib boriladi, kerakli hollarda ularga o ‘zgartirishlar kiritiladi.
164
8910 hisobvaraq bo‘yicha analitik hisobvaraqlar rezervlaming
ayrim turlari bo'yicha olib boriladi.
Yuqorida qayd etilgan rezervlaming tashkil etilishi va
foydalanishi bo‘yicha quyidagi hisoblar o ‘zaro bog‘lanadi:
1. Rezervlar xarajat hisobvaraqlarida olib borish bilan tashkil
etilganda - DT 2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9450 KT 8910.
2. Ushbu rezervlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilganda
- DT 8910 KT 2310, 5110, 6710, 6520, 1010-1090 va boshqalar.
3. Rezervning foydalanmagan qismi xo‘jalik daromadiga
o‘tkazilganda — DT 8910 KT 9390 — ≪Boshqa operatsion daromadlar
≫ va boshqalar.

Download 30.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling