Reja: Yangi davrda Xitoy qonunchiligi
Download 54.42 Kb.
|
521 DHT Xitoy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi davrda Xitoy huquqi
Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakultet 521-guruh talabasi Xoliqulov Abdurahmonning Davlat va huquq tarixi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Tayyorladi: Topshirdi : Mavzu: Yangi davrda Xitoy qonunchiligi va huquqi tarixi Reja: Yangi davrda Xitoy qonunchiligi Yangi davrda Xitoy huquqi Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yil 1-oktyabrda tashkil topgan ya’ni XKP partiyasi hokimiyatni to’laligicha qo’lga olgandan so’ng.Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. Km². Aholisi 1 mlrd. 394mln. Kishi (2003). Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan.. 1954 yilda Xitoy Xalq Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. 1975 va 1978 yillarda qabul qilingan ikkita oraliq versiyadan so’ng, 1982 yilda amaldagi Konstitutsiya e’lon qilindi. Ushbu versiyalarning har biri o’rtasida sezilarli farqlar mavjud edi va keyinchalik 1982 yil Konstitutsiyasi o’zgartirildi besh marta. Bundan tashqari, rivojlanib kelayotgan konstitutsiyaviy konvensiyalar Konstitutsiya matnida o’zgarishlar bo’lmaganda, Xitoy hukumati tarkibida sezilarli o’zgarishlarga olib 1982 yilgi Davlat Konstitutsiyasi 138 moddadan iborat uzun va gibrid hujjatdir. Katta bo’limlar to’g’ridan-to’g’ri 1978 yilgi konstitutsiyaga moslashtirildi, ammo uning ko’pgina o’zgarishlari 1954 yilgi konstitutsiyadan kelib chiqadi. Xususan, yangi Konstitutsiyada ta’kidlangan sinfiy kurash va rivojlanishda va modernizatsiyalashda markaziy rol o’ynashi mumkin bo’lgan partiyasiz guruhlarning hissalari va manfaatlarini hisobga olishga ustuvor ahamiyat beradi. Prokuratura yoki Bosh prokuratura idorasiga shu kabi muassasalar ta’sir ko’rsatadi (davlat prokurori) ikkalasida ham Yaponiya va Sotsialistik huquqiy tizimlar, va aksariyat hollarda ekvivalentlikni topadi fuqarolik qonuni tez-tez ishlatib turadigan tizimlar surishtiruv tizimi. Uning to’g’ridan-to’g’ri Xitoydagi instituti bu Prokuratura ning Xitoy Respublikasi Oliy sudibu o’z navbatida marhum Dali Yuanning prokuratura idorasidan kelib chiqqan Tsin sulolasi.Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi Bosh prokurori Chjan Sudyalarni tanlash va tayinlash tartibi, usullari, ularning vakolat muddatlari, taqdirlash va ularni intizomiy jazoga tortish, moddiy rag`batlantirish tartibi 1995 yil 28 fevralda qabul qilingan “Sudyalar to`g`risida”gi qonunda belgilangan. Gʻarb davlatlarining agressiyasi. Xitoy XVIII asrning oxirlariga qadar o’z mustaqilligini saqlab turdi. U Yaponiya va Koreya singari o’zini himoya qilish uchun mustamlakachilarga o’z hududiga kirishini taqiqlab qo’ygan edi, mustamlakachilar bilan savdo-sotiq qilishni ham cheklab, “berk mamlakat” bo’lib qolgan edi. Xitoy “o’rtamiyona podsholigi” ning buyuk feodal imperiyasi mag’rurlik bilan o’z qobig’iga biqinib olgan va faoliyatsizlik ko’rsatayotgan bo’lsa ham, lekin bu faoliyatsizlik juda nisbiy xarakterga ega edi. Yevropa kapitalistik xoʻjaligi, madaniyati va harbiy texnikasining rivojlanishi yo’lidagi har bir yangi qadam Xitoyning ajnabiy kelgindilarga qarshi kurashida muqarrar mag’lubiyatga uchrashini oldindan belgilab qo’yar edi. Ular bilan boʻlgan birinchi to’qnashuvlardayoq Xitoy o’zining eng zaif mamlakat ekanligini ko’rsatdi: janubiy dengiz mamlakatlaridagi obod, savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi mustamlakalarini himoya qilolmadi va bu mamlakatlar bilan savdo qilishni Yevropaliklar qo’liga topshirishga majbur bo’ldi. XVIII asrning oxirlaridan boshlab Xitoy hududiga g’arb davlatlarining mol sotiladigan bozorlar va xomashyo manbalarini qoʻlga kiritish maqsadlaridagi ekspansiyasi boshlandi. 1840-yilda Angliya Xitoyga urush boshladi. Bu urush tarixga “birinchi afyun urushi” nomi bilan kirdi, chunki u Xitoy hukumatining imperator farmoni bilan mamlakatda inglizlar tomonidan keltiriladigan afyun bilan savdo qilishning taqiqlanishi oqibatida kelib chiqqan edi. Mahalliy Xitoy ma’murlari afyun ortilgan ingliz karvonlarini musodara qilganiga javoban ingliz hukumati afyunni va ingliz tovarlarini olib kelishni qonunlashtirish uchun urush boshlagandi. Xitoy inglizlarning afyun keltirishiga barham bermoqchi bo’ldi, chunki afyun xitoy xalqini zaharlamoqda edi. Xitoyning urushda yengilishi oqibatida 1842-yil avgustda Nankin shahrida Xitoy tarixida birinchi marta teng huquqli boʻlmagan shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ajnabiylar bilan savdo qilish uchun beshta Xitoy portlarini ochib berdi. Gongong (Syangan) oroli Angliyaga o’tdi. Sin hukumati, shuningdek inglizlarga juda katta miqdorda kontributsiya to’laydigan, ajnabiylar bilan vositachilik savdosida monopol huquqni qo’lga kiritib olgan Xitoy savdo korporatsiyasini tugatadigan va Angliya uchun qulay boʻlgan yangi bojxona tarifi o’rnatadigan bo’ldi. 1843-yilda Nankin shartnomasi qo’shimcha protokol bilan to’ldirildi. Unga binoan ajnabiylarga ular o’rnashgan kvartallarda eksterritorial huquqlar berildi, Xitoy hokimiyatiga bo’ysunmaydigan boshqaruv tizimi joriy qilindi, ajnabiy qo’shinlar va politsiya joylashtirildi. Download 54.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling