Reja: Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibi


TA’LIM TIZIMINING TARKIBI


Download 9.78 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi9.78 Kb.
#1606981
1   2
Bog'liq
Презентация2

TA’LIM TIZIMINING TARKIBI
Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha:
-bolalar bog‘chalari;
-boshlang‘ich maktab;
-kichik о‘rta maktab;
-yuqori о‘rga maktab;
-oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi о‘quv yurtlari. Bu ta’lim bosqichlarining о‘ziga xos jihatlarini birma-bir kо‘rib chiqamiz.
Bolalar bog‘chalari. Talimning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40,8 foizi esa munitsipial (tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlatnikidir
Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bо‘lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang‘ich maktab va 3 yillik kichik о‘rta maktab kursini о‘taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bо‘lib, barcha bolalar bepul о‘qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Muhtoj oilalarning bolalari mahalliy va milliy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga bepul nonushta qilish, о‘quv qurollari olish, tibbiy xizmatdan bepul bahramand bо‘lish imtiyozlariga egadirlar. Bundan tashqari, ularga bepul sayohatlar va boshqa kо‘ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Zarur bо‘lib qolgan taqdirda muhtoj о‘quvchilar uchun moddiy yordam kо‘rsatiladi. Bu bosqichdagi maktablarga qabul uchun maxsus qonun yoki cheklashlar yо‘q. Faqat jismonan, ruhan nosog‘lom bolalar unga qabul qilinmaydilar.
Yuqori bosqich о‘rta maktabi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bо‘limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqich maktablarida о‘qish muddati 3 yil. О‘quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. By turdagi maktablarda о‘qish ixtiyoriydir. Unda quyi о‘rta maktablarni bitirgan, yuqori bosqich о‘rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli о‘tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan о‘quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, sqshloq xо‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa sohalarga oid bilimlar о‘rgatiladi. Bunday turdagi о‘rta maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qо‘shib hisoblaganda 98 foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Bu mamlakatda boshlang‘ich, о‘rta va oliy о‘quv yurtlaridan tashqari, bir-biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar mavjud. Ularning kо‘pchiligi xususiy bо‘lib, turli firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda bichuvchi, tikuvchi, tо‘quvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinkalari uchun dastur tuzuvchi va boshqa zaruriy kasblar о‘rgatiladi. Maktablarning ayrimlari chet tillarini о‘rgatish bо‘yicha ixtisoslashtirilgan.
Download 9.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling