Yog` kislotalarining umumiy tavsifi va
klassifikatsiyasi, izomerlanishi
Reja:
Yog` kislotalarining elementar tarkibi, lipidlar tarkibidagi yog` kislotalari.
To`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari.
To`yingan yog` kislotalari.
Тo`yinmagan yog` kislotalari.
Yog` kislotalarining elementar tarkibi, lipidlar tarkibidagi yog` kislotalari
Lipidlar va yog`larning asosiy qismini alifatik yog` kislotalari tashkil etadi. Ba`zi bir tropik o`simliklarning urug`i va mevalaridan ajratib olinadigan yog`lar tarkibida alitsiklik yog` kislotalari borligi ham aniqlangan. Ammo bu hol juda kam kuzatilishi sababli, biz asosan alifatik yog` kislotalarini ko`rib chiqamiz.
Lipidlar tarkibida mono- va dikarbon kislotalar ham uchraydi. Tabiiy yog`lar tarkibida turli xil yog` kislotalari kiradi. Ular o`z navbatida tarkibi va molekulasining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiiy yog`larning yog` kislotalari uchun quyidagilar xarakterlidir:
Yog` kislotalaridagi uglerod atomlari ko`pincha juft bo`ladi. Uglerod atomlari soni tog’ bo`lgan yog` kislotalari tabiiy yog`larda juda kam hollarda uchraydi;
Tabiiy yog`lar tarkibidagi yog` kislotalari asosan monokarbon kislotalardir, bundan mustasno hollar juda kam uchratiladi;
Yog` kislotalari asosan to`g`ri (tarmoqlanmagan) zanjirli uglerod atomlaridan tashkil topgan;
Yog` kislotalari to`yingan va to`yinmagan bo`lishi mumkin. To`yinmagan yog` kislotalari olefin (qo`shbog`li) yoki uchbog`li (alkin) bo`lishi mumkin. Ahyon hollarda to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari tarkibida qo`shimcha funktsional guruhlar – gidrooksil (gidrooksikislota) yoki karbonil (ketokislota) guruhlari ham uchrab turadi.
To`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari
To`yingan kislotalar. To`yingan kislotalarning umumiy formulasi CnH2nO2 bunda n – alifatik zanjirdagi uglerod atomlari soni.
Hozirgi paytgacha ma`lum bo`lgan va ko`proq uchraydigan to`yingan yog` kislotalarining ba`zilari xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |