Reja: Yog` kislotalarining elementar tarkibi, lipidlar tarkibidagi yog` kislotalari


Download 91.5 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1333891
1   2   3   4
Bog'liq
1404224023 52160

Nomlanishi

Formulasi

Molekulyar massasi

Neytrallanish soni

Sistematik

Trivial










Metan kislotasi

Chumoli k-si

HCOOH

46,03

1218,96

Etan kislotasi

Sirka k-si

CH3COOH

60,05

934,26

Propan kislotasi

Propion
k-tasi

C2H5COOH

74,08

757,36

Butan kislotasi

Moyli k-ta

C3H7COOH

88,1

636,79

Pentan kislotas

Valerian
k-tasi

C4H9COOH

102,13

549,34

Geksan kislotasi




C5H11COOH

116,15

483,00

Geptan kislotasi

Enant k-tasi

C6H13COOH

130,18

430,96

Dodekan kislotasi

Laurin
k-tasi

C11H23COOH

200,31

280,08

Tetradekan kislotasi

Miristin
k-tasi

C13H27COOH

228,36

245,68

Geksadekan kislotasi

Pal’mitin k-tasi

C15H31COOH

256,42

218,8

Geptadekan kislotasi

Margarin
k-tasi

C16H33COOH

270,44

207,45

Oktadekan kislotasi

Stearin
k-tasi

C17H35COOH

285,47

197,23

Eykozan kislotasi

Araxin
k-tasi

C19H39COOH

312,52

179,52

Dokozan kislotasi

Begen k-tasi

C21H43COOH


326,55

171,81

Chumoli, sirka va propion kislotalari tabiiy yog`lar tarkibida juda kam uchraydi.


Moyli (maslyanaya kislota), geksan, oktan, dekan kislotalari juda kam mikdorda sut yog`i atsilglitserinlarida uchrab turadi. Oktan va dekan kislotalari kokos yong`og`i va boshqa pal’ma mevalari yog`lari tarkibida uchratiladi.
Laurin va miristin kislotalari, ko`pgina o`simliklar, xususan, pal’ma o`simliklari mevalari yog`larida borligi aniqlangan. Ba`zi bir hayvonlar yog`i tarkibida miristin kislotasi ham uchraydi.
Palmitin va stearin kislotalari yog`larning deyarli barchasi tarkibida bor. Suyuq o`simlik moylarida pal’mitin kislotasi mikdori odatda stearin kislotasinikiga nisbatan birmuncha ko`prok bo`ladi. Qattiq o`simlik yog`lari ham bu kislotaga boy, masalan pal’ma yoki kakao yog`i (moyi). Qattiq va eruvchanlik harorati yuqori bo`lgan hayvon yog`laridagi yog` kislotalarining 20-30% ni stearin kislotasi tashkil etadi.
Araxin va begen kislotalari ko`pgina o`simlik yog`larida juda kam mikdorda (3-5%mas.) uchraydi. Bundan ham yuqori molekulyar yog` kislotalari mumlar tarkibiga kiradi.
Ba`zi bir bakteriyalarning lipidlari tarkibida tarmoqlangan uglerod atomlari zanjiridan iborat yog` kislotalari bo`lishi mumkinligi aniqlangan.
To`yinmagan yog` kislotalari. Olefin qatoridagi (ya`ni qo`shbog`li) to`yinmagan yog` kislotalari tabiatda keng tarqalgan. Yog`larda ularning mikdori ko`pincha to`yingan yog` kislotalariga nisbatan anchagina ko`proq bo`ladi. Ko`pchilik hollarda ular yog`lardagi kislotalarning 90% gachasini tashkil etishi mumkin. Ularning umumiy formulasi CnH2n-2mO2 , bunda m-kislota molekulasidagi qo`shbog`lar soni.
Qo`shbog`ning molekulada joylashgan joyini belgilash uchun belgisi formula oldiga qo`yib yoziladi va bu belgidan so`ng formuladagi to`yinmagan uglerod atomlarining tegishli raqami qo`yiladi. Bunda karboksil guruhi uglerod atomi birinchi raqamli uglerod atomi hisoblanadi (masalan: olein kislotasi – oktadetsen kislotasi 9-10-C18 H34 O2 yoki linol kislotasi – oktadekadien kislotasi 9- 10, 12-13- C18 H32 O2). Odatda karboksil guruhiga yaqin bo`lgan to`yinmagan uglerod atomininggina nomeri yoziladi (masalan, linol kislotasi uchun: tsis 9, tsis 12- C18 H32 O2). To`yinmagan kislotalar fazoviy izomerlarining formulasi oldiga «tsis-», yoki «trans-» degan qo`shimcha iboralar qo`shiladi, ammo odatda «tsis-» qo`shimchasi yozilmay qo`yilishi mumkin.
Olefin kislotalar (alken kislotalar) bir-biridan uglerod atomlarining soni, molekulasining tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligi, qo`shbog`lar soni va ularning joylashuvi tartibi hamda molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi (tsis- va trans- izomerlar) bilan farq qiladi.
Hozirgi paytgacha tekshirilgan to`yinmagan yog` kislotalarining barchasi tarmoqlanmagan uglerod atomlari zanjiridan iboratdir. Ammo, hali kashf etilmagan tarmoqlangan uglerod zanjirli to`yinmagan kislota borligi ham ehtimoldan xoli emas.
Aniqlanishicha, o`simlik yog` va moylari tarkibida ko`pincha uglerod atomlari soni 18 ta bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari uchratiladi. 16 ta uglerod atomli (pal’mitolein kislotasi) va 22 ta uglerod atomli (eruk kislotasi) to`yinmagan yog` kislotalari o`simlik yog`lari tarkibida birmuncha kamroq uchratiladi. Uglerod atomlari soni boshqacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar esa bundan ham kam hollarda va juda ham kam mikdorda uchraydi.
Quruqlikda yashovchi hayvonlarning yog`ida asosan 18 ta uglerod atomi bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari bo`ladi. Bular asosan olein kislotasi va uning izomerlari, hamda ba`zan linol kislotasidir.
Dengiz hayvonlari va baliqlar yog`ida esa uchratiladigan to`yinmagan yog` kislotalari molekulalarida uglerod atomlari soni turlicha bo`lishi mumkin. Bu molekulalardagi uglerod atomlari soni 16 tadan 24 tagacha etadi.
Yog`larda qo`shbog`lari soni 1 tadan 6 tagacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar uchraydi. O`simlik va quruqlik hayvonlari yog`ida qo`shbog`lari soni 1 tadan 4 tagacha bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari aniqlangan. To`yinmaganlik darajasi bundan yuqori bo`lgan kislotalar asosan dengiz hayvonlari va baliklar yog`i tarkibida bo`lishi mumkin.
Qo`shbog`larning joylashgan o`rniga qarab farq qiladigan izomerlarning soni juda ko`p bo`lishi ehtimoli borligiga qaramasdan, tabiiy yog`lar tarkibida bunday pozitsion izomerlarning faqat ba`zilarigina aniqlangan. Masalan, olein kislotasida pozitsion izomerlar 16 ta bo`lishi mumkinligiga qaramasdan, tabiiy yog`larda uning 3 ta pozitsion izomerlari aniqlangan. Qolganlarini esa sun`iy usulda sintez qilish mumkin.
Pozitsion izomerizatsiya odatda to`yinmagan yog` kislotlaridagi qo`shbog`lar migratsiyasi bilan bog`liq bo`lib, buni misol tariqasida quyidagicha tasvirlash mumkin:

CH2 – CH = CH – CH2 – – CH2 - CH – CH = CH



Tabiiy o`simlik moylaridagi to`yinmagan yog` kislotalari asosan tsis- izomer holida bo`lishi aniqlangan. Eleostearin kislotasi bundan mustasno. Hayvonlar yog`ida ham tsis- izomer holidagi kislotalar miqdori ko`p, ammo, trans- formadagi kislotalar ham uchraydi.
To`yinmagan yog` kislotalari fazoviy (tsis-trans) izomerizatsiyasini quyidagicha umumiy qilib tasvirlash mumkin:


tsis-forma trans-forma
Agar qo`shbog`lar soni bir nechta bo`lsa, odatda ular molekulaning uglerod zanjirida shunday tartibda joylashgan bo`ladiki, bunda qo`shbog`lar uglerod atomlari zanjirini uchga karrali ravishda bo`lib chiqadi. Bu, masalan olein, linol va linolen kislotalariga ham tegishli. Bu kislotalar molekularida quyidagi tartibdagi zanjir fragmentlari uchraydi: -CH=CH-CH2-CH=CH-. Ko`rinib turibdiki, bunda qo`shbog`lar -CH2 – guruhchasi orqali ajralib turibdi. Ammo, shunday to`yinmagan kislotalar ham borki, ularning zanjirlarida qo`shbog`lar bir-biriga quyidagicha yaqinlashib joylashadi:

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling