Reja: Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1323705
  1   2   3   4
Bog'liq
YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI


YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI

Reja:


  1. Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi.

  2. Yotiq chiziqlar.

  3. Ko`ndalang chiziqlar tavsifi.

  4. Orolchalar tavsifi

  5. Yo`nalishni belgilovchi chiziqlar



Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi.
Yo`llarning qatnov qismida (qattiq qoplamali) bordyurlarda,yo`l elemenlarida yo`l sharoitini ko`rsatuvchi chiziqlarni yo`l belgi chiziqlari deb xisoblanadi va ular yo`l belgilari xamda svetoforlar bilan birgalikda va aloxida qo`llash mumkin bo`ladi.
Yo`l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo`llanib, haydovchining asosiy ehtibori yo`naltirilgan joylarga chiziladi. Yo`l chiziqlari yotiq va tik chiziq guruhlariga bo`linadi. Har bir gurux o`z raqami bilan belgilanadi.Birinchi raqam guruxni (1-yotiq va 2-tik chiziqlarni anglatadi), ikkinchi raqam guruxdagi yo`l belgi chizig`ining tartibini va uchinchi raqam yo`l belgi chiziqning ko`rinishlarini anglatadi.


Yotiq va tik chiziqlar. 3.1-rasm.
Yotiq chiziqlar.
Ma`lumki, yo`l belgi chiziqlari yotiq va tik chiziqlarga bo`linadi. Yotiq chiziqlar asosan harakatlanish tartibini belgilaydi. Yotiq chiziqlar ko`rinishi, yani ranggi bo`yicha oq va sariq rangda bo`ladi. Oq rangli yotiq chiziqlarning o`zi uzluksiz, uzuq-uzuq, yozuvlar va raqamlar ko`rinishidan iborat bo`lib ular bir biridan o`lchamlari bilan farq qiladi. Sariq rangli yotiq chiziqlar uch hil bo`ladi: uzliksiz, uzuq-uzuq va zigzag shaklida. Bularning ham chizilish joylarini, ularning ahamiyatini aniq bilib olish talab etiladi.
Yo`lning o`rtasida chizilgan ensiz, sidirg`a oq chiziq qarama-qarshi transport oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.

3.2-rasm.
Yo`lning xavfli joylarida harakatlanish bo`laklari o`rtasida chizilgan uzliksiz oq rangdagi sidirg`a chiziq bo`laklarining chegarasini bildiradi.
Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.
Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm) uzluksiz sidirg`a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi.
Chiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.

3.3-rasm.
Yo`lning o`rtasida chizilgan parallel ikki sidirg`a oq chiziq to`rt va undan ko`p bo`lakli yo`llarda qarama-qarshi yo`nalishdagi transport vositalarining oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.

3.4-rasm.
Yo`lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo`l chetidagi to`siqqa (bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to`xtashini taqiqlaydi. Belgilangan yo`nalishli transportlarga dahli yo`q.
CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.

3.5-rasm.
Yo`lning o`rtasiga chizilgan ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki yoki undan ortiq bo`lakli yo`llarda bo`laklarning chegarasini bildiradi (oraliq masofaning chiziqqa nisbati 1/3). CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.

3.6-3.7-rasmlar.
Sidirg`a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror bo`lakka qayta tizilishga ruxsat etiladi.
Ushbu chiziqni kesib o`tish:
a) uzuq-uzuq tarafdan mumkin.
b) sidirg`a chiziq tomondan taqiqlanadi.

3.8-rasm.
Reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi.
Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan yo`llarda (reversiv svetofor o`chirilgan holatda) qarama-qarshi yo`nalishdagi transport oqimini ajratadi.
Reversiv svetofor bo`lmaganda yoki ular o`chirib qo`yilganda 1.9 chizig`ini faqat u haydovchining o`ng tomonida bo`lsa, bosib o`tishga ruxsat etiladi.

3.9-rasm.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo`nalishli bo`laklarni ajratayotgan 1.9 chizig`ini istalgan tomonidan bosib o`tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o`chirilganda haydovchilar darhol 1.9 chizig`idan o`ngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor o`chirilgan bo`lsa, qarama-qarshi yo`nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig`ini bosib o`tish taqiqlanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling