Reja: Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi
Ko`ndalang chiziqlar tavsifi
Download 0.79 Mb.
|
YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orolchalar tavsifi.
Ko`ndalang chiziqlar tavsifi
Yo`l belgi chizig`i “To`xtang” yozuvi “to`xtash” chizig`i svetoforning va tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida, boshqarilmaydigai chorrahalarda, “To`xtamasdan o`tish taqiqlangan” (2.5) belgisi oldida haydovchi to`xtashi lozim bo`lgan joyni ko`rsatadi. Bu chiziq “to`xtash” axborot-ishora belgisi (5.33) bilan ham qo`llanilishi mumkin. 3.10-rasm. Yo`l belgi chizig`i bir qator bo`lib terilgan uchburchaklar, 1.20 bitta katta uchburchak. “Yo`l bering” belgisi bilan qo`llanib, kesishgan yo`lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo`l berish zarur bo`lganda, haydovchi to`xtashi lozim bo`lgan joyni ko`rsatadi. Yo`l chekkasida o`rnatilgan “Yo`l bering” belgisi ko`rinishi cheklangan kunning bo`laklaridagi yo`llarda qo`llanilishi mumkin. 3.11-rasm. Yo`l belgi chizig`i parallel chizilgan keng uzluksiz chiziqlar (“zebra”) piyodalarning o`tish joyini bildiradi. “Piyodalar o`tish joyi” (5.16) axborot-ishora belgisi bilan qo`llanilishi mumkin. Yo`lning bunday joylarida, haydovchi shu yo`nalishning qatnov qismida bo`lgan piyodalarni o`tkazib yuborish kerak 3.14-rasm Yo`l belgi chizig`i svetofor yordamida, tartibga solinadigan piyodalarning o`tish joyi. Svetoforning qizil chirog`i yashilga almashib, piyodalar qatnov qismini tark etishga ulgurmagan bo`lsa, haydovchi piyodalarning shu yo`nalish bo`yicha o`tib olishlariga imkon berishi kerak (YHQ. 16.3). Yo`l belgi chizig`i velosiped yo`li kesib o`tgan joy. Bunday boshqarilmaydignn kesishmada velosiped haydovchisi yo`lda harakatlanayotgan transport vositalarini o`tkazib yuborishlari kerak (bu joyda imtiyoz yo`ldagi transport vositalarida bo`ladi). Orolchalar tavsifi. 1.16.1 Yo`l belgi chizig`i o`ng tomndan harakatni davom ettirishni ko`rsatuvchi va qarama- qarshi yo`nalishlarni ajratuvchi orolchani bellilash. 3.15-rasm Yo`l belgi chizig`i transportlarning bitta harakati oqimlarini ikkiga ajratadigan orolchani belgilash. Yo`l belgi chizig`i transport oqimlarining harakatini bir yo`nalishga qo`shiladigan joydagi yo`naltiruvchi orolchani bildiradi. Orolchalarning chegarasi 1.1 chizig`i bilan belgilangan bo`lib, uni kesib o`tish yoki ustiga chiqib to`xtash taqiqlanadi. 3.16-rasm Yo`l belgi chizig`i sariq rangdagi, arrasimon chiziq umumfoydalanadigan transport vositalari hamda taksilariing to`xtab turish bekatlarini bildiradi. 3.17-rasm Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling