Reja: Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi


Yo`nalishni belgilovchi chiziqlar


Download 0.79 Mb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1323705
1   2   3   4
Bog'liq
YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI

Yo`nalishni belgilovchi chiziqlar.
Yo`l belgi chizig`i chorrahada va kesishmalar oldida bo`laklar bo`yi qatnov qismining yuzasiga chizilgan yo`naltirgich, mustaqil ravishda yoki “Bo`laklar bo`yicha harakatlanishning yo`nalishi” (5.8.1-5.8.2) axborot-ishora belgilari bilan birgalikda qo`llanib, transport vositalariga bo`laklar bo`yicha ruhsat etilgan yo`nalishni ko`rsatadi.

3.18-rasm
Yo`l belgi chizig`i 45° burchak ostida chizilgan yo`naltirgich, yo`l qismining tor joyiga yaqinlashganlik xaqida ogoxlantirib, aloxida yoki “yo`lning torayishi” (1.18.1-1.18.3) belgilari bilan birga qo`llaniladi.

3.19-rasm
Yo`l belgi chizig`i ko`ndalang 1.13 yo`l belgi chizig`iga yaqinlashashni belgilaydi.

3.20-rasm
1.21 Yo`l belgi chizig`i to`xtash ko`ndalang 1.12 yo`l belgi chizig`i joyi oldida 2.5 yo`l belgisi bilan birgalikda belgilanadi.



3.21-rasm
Yo`l belgi chizig`i son bilan yonma-yon yozilgan xarf yo`l harakatlanish yo`nalishida yo`lning tartib rakamlarini ko`rsatadi.

3.22-rasm
Yo`lning faqat belgilangan yo`nalishli transport vositalari uchun ajrtilgan bo`lagini bildirib, (5.9:5.10.1) axborot-ishora belgilari bilan qo`llaniladi. Bu bo`lak sidirg`a chiziq bilan ajratilmagan takdirda, haydovchilar o`ngga burilish, yo`lovchilarni chiqarish, tushirish uchun bu bo`lakka kirishlari mumkin (Y.X.Q. 21.2).

3.23-rasm
Tik chiziqlar.
Tik chiziqlar yo`l inshootlarini va jihozlari yuzlariga ketma-ket chizilgan yo`l-yo`l, oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat bo`lib, ularning o`lchamlarini ko`rsatishda, ko`z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Osmon bulut, kul rang bo`lganda, qorong`i vaqtlarda yo`lning yoritilmagan qismlarida yo`l yoqasidagi tik beton inshootlarining rangi osmon va yo`lning rangi bilan juda o`xshab ketadi va harakatdagi haydovchi ularni farqlay olmay, beton inshootlarini ko`rmay qoladi. Bu hol haydovchini beton inshootlarga urilib ketishiga olib keladi.
Yo`l belgi chiziqlar ko`priklar, osma yo`llar ustunlari yuzasiga chizilib harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisiga yo`ldagi xavf soluvchi to`siqning rangini keskin ajratib, ko`rinishini osonlashtiradi.



3.24-rasm
Yo`l belgi chiziqlar tonellar, ko`priklar, osma yo`llar va ko`priklarni pastki qirralariga chizilgan oq-qora rangli chizma haydovchiga inshootning pastki qismini farqlashini osonlashtiradi.

3.25-rasm
Yo`l belgi chiziqlar ajratish bo`laklaridagi yoki “xavfsizlik orolchalari” dagi dumaloq ustunlarni bildiradi.

3.26-rasm
Yo`l belgi chiziqlarni yo`naltiruvchi beton yoki temir-beton ustunlar, to`siq tirgaklar va qoziqlarni bildirib, qorong`i vaqtda, quyuq tumanda, hamma joy oppoq qor bilan qoplanganda yo`lning troektoriyasini o`zining keskin farqlanadigan oq-qora rangi bilan aniq ko`rsatadi.

3.27-rasm
Yo`l belgi chiziqlar yo`lning kichik radiusli burulishlari, tik
nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yo`l chetiga o`rnatilgan
to`siqlarning yon yuzlarini bildiradi.
Yo`l belgi chiziqlar boshqa joylardagi to`siqlarning yon yuzlarini
bildiradi.

3.28-rasm
Yo`l belgi chiziqlar yo`lning xavfli joylarida uning chetidagi to`siqni (bordyurni) va yo`l sathidan baland bo`lgan “xavfsizlik orolchalari” ni ko`rsatadi.

3.29-rasm

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling