Sozigenning Yulian kalendari: (Er.av 46-yilda). - Har yili chorak kundan ortib qoladigan va tо`rt yilda bir kunni tashkil etadigan vaqtni, ya`ni kabisa yilidagi 366 kunni qayerga, qaysi oyga joylashtirish vazifasi hali xal etilmagan edi. Uni yilning eng qisqa oyi hisoblangan fevral oyig`a 30-kun sifatida qо`shib qо`ya qolish о`z - о`zidan ayon edi. Lekin yangi kalendarning ijodkorlari bu kо`shimcha kunni fevralning oxiriga kо`shmasdan, Sozigen islohoti davlatda olib tashlangan marchedonning о`rniga - fevralning 23 va 24 kunlari orasiga "yashirishadi". Shunday qilib, uzaytirilgan kabisa yili fevral ikki martadan 24 kunga ega bо`ldi.
- Sozigen tayyorlagan kalendar islohoti rimliklar bayramlarining avvalgi tartibini ham buzmasligi kerak edi. Shuning uchun bu islohotni amalga oshirish arafasida kalendar yiliga 23 kunlik marsedoniydan tashqari yana ikkita kо`shimcha oy (biri 33 kun, ikkinchisi 34 kun) kо`shilgan. Bu yil er.av. 46 yil edi. U 445 kundan iborat bо`lgan va tarixda "tartibsiz" yoki "chalkash yil" nomini olgan.
- Yuliy kalendari (eski stil) deb nom olgan yangi kalendar bо`yicha vaqt hisobi eramizdan avval 45 yilning 1 yanvaridan boshlangan. Xuddi о`sha kuni qishki Quyosh turishidan keyingi birinchi yangi oy kо`rinishi edi.
- Rim siyosiy arbobi Mark Antonining taklifi bilan Senat (lotincha - Rimda respublika davrida oliy hokimiyatning davlat organi, xukmron - kuldor aslzodalar), Yuliy Sezarning harbiy sarkardaligi va kalendarni tartibga keltirishdagi xizmatlarini hisobga olib, Sezar tug`ilgan kvintlis (beshinchi) oyini uning nomi bilan yulis iyul deb atashga qaror qilgan.
- Yangi kalendar joriy etilgandan ikki yil keyin Sezar fitnachilar tomonidan о`ldirildi. Rim kо`shinlariga vaqtni tо`griligini kuzatish vazifasi topshirilgan edi. Ular Sozigen islohoti mazmunini tushunmay, hisobdan adashdilar. Negadir kabisa kunlarini uch yildan keyin tо`rtinchi yilga emas, balki ikki yildan keyin uchinchi yilga kо`sha boshlaganlar. Bu xatoni faqat er. av VIII asrda, Sezarning nabira merosxuri imperator Avgust davrida aniqladilar. Avgust yangi islohot о`tkazdi hamda tо`planib qolgan xatolarni yо`k qildi. Uning buyrugi bilan er. av VIII asrdan - eramizning VIII asrigacha kabisa yillariga kо`shimcha kunlar kо`shilmagan.
- О`sha davrdayoq senat sekstilis (6- oyni) imperator Avgust nomi bilan atadi. Chunki avgust kalendarini tо`grilagan va harbiy galabalarni kо`lga kiritgan edi. Biroq sekstilis oyi faqat 30 kunga ega edi. Senat imperator Avgustga bag`ishlangan oyni Yuliy Sezarga bag`ishlangan oydan kam bо`lishini lozim kо`rmadi. Buning ustiga 30 raqamini baxtsiz son hisoblab, (juft kun) fevraldan yana bir kun olishib, uni sekstilis - avgustga kо`shishgan. Shunday qilib, fevral 28 yoki 29 (kabisa yilida) kunga ega bо`lib qolgan. Endi uch oy (iyul, avgust, sentabr) qatorasiga 31 kundan iborat bо`lgan edi. Bu ham Rim kо`shinlariga ma`qul tushmagan. Shunda ular sentabrning bir kunini oqtabrga, noyabrning bir kunini dekabrga о`tkazishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |