Yulian kalendari: (eramizning boshida) - Bu о`zgartirishlar uzun va qisqa oylarning Sozigen tomonidan tuzilgan ajoyib almashish tartibini butunlay buzib yuborgan.
- Sezar tomonidan yilning boshlanishi martdan yanvarga kо`chirilishi natijasida bizga tartib nomerlari о`zlari joylashgan о`rinda tо`gri kelmaydigan oylar meros qolgan. Ularning nomlari, tabiat xodisalaridan mutlaqo foydalanmagan; ular qadimgi butparast rimliklar xudolarning va imperatorlarning nomlari bilan aloqadordir. Mart yilning birinchi oyi edi, u endi ikkinchi oyga aylangan. Boshqa oylar ham nomiga nisbatan oldinga siljigan: sentabr, bu sо`z lotincha - yettinchi oy bо`lishi kerak edi, u tо`qqizinchi oyga aylangan. Oktabr (sakkizinchi) о`ninchi oyga, noyabr (tо`qqizinchi)- о`n birinchi oyga, dekabr (о`ninchi)- о`n ikkinchi oyga aylanib qolgan. Bu о`zgarishlardan keyin ham yil oylarining nomlari va oy kunlarining soni о`zgarmay bizgacha yetib kelgan
Do'stlaringiz bilan baham: |