Reja Yuqumli kasalliklar


O‘zingizni nazorat qiling


Download 31 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi31 Kb.
#1818147
1   2   3   4   5
Bog'liq
13 мавзу тиббий билим

O‘zingizni nazorat qiling. Hammomga va sartaroshga kam borish, ichki kiyim va yotoq oqliklarini kam almashtirish oqibatida infeksiya o‘chog‘i chipqon (frunkul) kasalligi kelib chiqishi mumkin.
Yashash joyi va ish joyi gigienasini buzish (har kungi tozalash o‘tkazilmasligi, xonani shamollatmaslik) natijasida infeksion kasalliklar yuqtirib olish mumkin. Maishiy va mehnat yomon gigienik sharoitida sil, gripp, qizamiq, skarlatina, qorin tifi tez tarqaladi. Yuz qovoq, qosh va lablar chang bilan tarqaluvchi mikroskopik kanalar bilan zararlanishi mumkin.
Notanish kishilar bilan iloji boricha qo‘l berib ko‘rishmang va boshqalar qo‘lqopidan foydalanmaslik kerak chunki bunda, teri tirnoq trixoftiyasi, qo‘tir ichak infeksiyalari bilan zararlanish mumkin. Begona oyok kiyimi, paypok va uy shippaklaridan foydalanish oyoq kafti, panjalar orasi, tirnoq zamburug‘ kasalligiga olib kelishi mumkin. Begona ustarada soqol olinganda soch piyozchasi chuqur trixoftiyasi bilan kasallanish mumkin.
Yana bir xavfli omil chuqur kesilish va jarohatlanishlarda vrachga umuman yoki vaqtida murojaat qilmaslik yoki bo‘lmasa tibbiy yordamni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatmaslik natijasida qoqshol, gazli gangrena yoki sepsis kelib chiqishi mumkin.
Yuvinish, ayniqsa ichish uchun sifatsiz, ifloslangan suvdan foydalanmang. Bu oshqozon ichak kasalliklari vabo, qorin tifi, dizenteriya, virusli gepatit va boshqalarga olib kelishi mumkin.
Yana bir xavfli omil kasallik qo‘zg‘atuvchi bilan zararlangan ozik ovqat mahsulotlari: sut (brutsellyoz, qorin tifi), go‘sht va baliq (ovqatdan zaxarlanish salmanilyoz), urdak, goz va tovo‘q tuxumi (salmanilyoz) olib kelishi mumkin. Noto‘g‘ri tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari (ayniqsa uyda) qo‘ziqorin maxsulotlari, kolbasa, qonservalari (botulizm, qoqshol) sabab bo‘lishi mumkin. Cho‘chqa gushti ayniqsa yovvoyi cho‘chka, to‘ng‘iz go‘shtini iste'mol qilish mushaklarni parazitlar trixinlar bilan zararlovchi trixnilyoz kasalligi sabab bo‘lishi mumkin.
Rejali profilaktik emlashlardan voz kechish infeksion kasalliklar bilan og‘rish extimolini oshiradi (ularni tashkiliy ravishda bolalar bogchalari va maktablarda kilinadi). Emlashlar polimilet, ko‘kyutal, qizamiq, bo‘g‘ma, qoqshol kabi kasalliklarga immunitetni oshiradi.
Infeksion kasalliklar ayniqsa venerik kasalliklar bilan og‘rish ehtimoli pala-partish jinsiy aloqa, alkogolizm va narkomaniya natijasida oshib ketadi.
O‘zingizni va o‘z sog‘ligingizni asrang. Bu uzingiz uchun xam davlat uchun xam eng kimmatlidir.
Mavzuga oid savollar.

  1. Infeksiya o‘chog‘ini bartaraf qilish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?

  2. Yuqumli kasalliklar qanday yuqadi?

  3. Kassaliklarni yukush mexanizmlari

  4. Xavfli kasalliklarni belgilari ularni oldini olish

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling