Reja Yuqumli kasalliklar


Download 31 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi31 Kb.
#1818147
1   2   3   4   5
Bog'liq
13 мавзу тиббий билим

3.Gazli gangrena – ochik jarohatlarga qo‘zg‘atuvchi tushganda kelib chiqadi. Oqibatda organizmning umumiy zaharlanishi to‘qimalar va ayrim a'zolarning o‘lishi kuzatiladi.
4.Gripp – eng keng tarqalgan virusli kasallik. Xar kanday odam gripp bilan albatta kasallangan. Grippda xuddi oddiy shamollash kabi yo‘tal, tumov emas, balki haqiqiy istima va umumiy zaxarlanish kuzatiladi. Shuni esda tutingki, gripp havo tomchi yo‘li orqali juda tez yuqadi.
Deyarli barcha infeksion kasalliklar kelib chiqishi va rivojlanishiga davriylik xosdir.
- yashirin (inkubatsion) davr, mikrob organizmga tushgandan so‘ng ko‘paya boshlaydi. Organizm esa sizga bildirmasdan o‘z himoya kuchlarini shay holga keltiradi. Bu holat bir necha soatdan bir necha haftagacha hatto bir necha oy cho‘zilishi mumkin.
- boshlang‘ich davri yashirin davrdan so‘ng kasallik boshlanadi bu vaqtda kasallik belgilari va simptomlari yuzaga chiqadi.
- avj olish davri bu vaqtda kasallik butunlay yuzaga chiqadi.
-tuzalish davri bu vaqtda kasallik belgilari susayib organizm funksiyalari iziga tusha boshlaydi.

Infeksion kasalliklarning xavf soluvchi omillari.


Infeksion kasalliklarning xavf soluvchi omillari qanday? Qanday ichki yoki tashqi omillar hayotiy muhim organlarga yoki butun organizmga salbiy ta'sir qilishi mumkin? Ular juda ko‘p. Kasalliklarga qarshi bilib va faol kurashish uchun hamda sog‘ligimizni saqlashimiz uchun hammasini bilish kerak.


Xavfli omillar–quyidagilar infeksion kasalliklarning keng tarqalishiga olib keladi: urushlar, ijtimoiy va iqtisodiy yetishmovchilik, ekologik muvozanatning bo‘zilishi, tabiiy ofatlar, falokatlar, ocharchilik, qaxatchilik, kambag‘allik. Bunday ijtimoiy holatlarning doimiy hamroxi quyidagilar: og‘ir jismoniy mehnat, kam, sifatsiz va tartibsiz ovqatlanish, sovqotish, qizib ketish, yomon yashash, maishiy va gigienik hayot tarzi. Bunday tashqi omillar ma'naviy va ruxiy travmalar stresslar birgalikda organizm qarshiligini immun himoya tizimini kuchsizlanishiga olib keladi.
Oddiy hayotda xavfli omil bu shaxsiy gigiena qoidalarini buzishdir: jamoat transportida kelgandan so‘ng ovqatdan oldin, hojatxonaga borgandan so‘ng, qo‘l ifloslanishi bilan bog‘liq ishlar bajargandan so‘ng qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak. Bo‘lmasa «iflos qo‘llar kasalliklari» deb ataluvchi dizenteriya, vabo, qorin tifi kabi kasalliklarni yuqtirib olish mumkin.
Yana bir xavfli omil shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaydigan odamlar (daydilar, bomjlar) bilan kantakda bo‘lish. Ularning kiyimi buyumlari hatto o‘tirgan, yotgan joylari (ko‘pincha metro yoki yer osti o‘tish yo‘laklari) bilan kantaktda bo‘lish, bitlash, oshqozon ichak kasalliklari, vinerik kasalliklar yoki yallig‘lanish kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling