Reja Yuqumli kasalliklar


Download 31 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi31 Kb.
#1818147
1   2   3   4   5
Bog'liq
13 мавзу тиббий билим

4.Havo chang mexanizmi – bemor o‘z balg‘ami bilan ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarni atrof muhitga chiqaradi. Ular esa kichik zarrachalar ko‘rinishida chang sifatidao‘utiradi. Bunday changda nafas olgan sog‘lom odam chechak, o‘pka sili, qoqshol, kuydirgi yoki boshqa ichak infeksiyalari bilan zararlanishi mumkin.
5.Maishiy kontakt mexanizmi – nomidan ma'lumki zararlanish bemor yoki uning ajralmalari bilan kantakda bo‘lganida hatto bemorning idish tovog‘i, sochiq-oqliklari, kitoblari bilan kantakda bo‘lganda ham yuqish mumkin. Bu vaqtda gripp, dizenteriya, qorin tifi bilan kasallanish mumkin.
6.Transmissiv mexanizmi - tirik organizmlar – infeksiya tashuvchilari orqali yuqadi. Burgalar – toshmali terlama, kanalar – ensafalit, kemiruvchilar – (sichqonlar, kalamushlar) – o‘lat, chivinlar – oshqozon ichak infeksiyalari, pashshalar – bezgak, suvaraklar – qorin tifi kasalligini yuqtirish mumkin.
Shuning uchun shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, yashash joyini sanitar tozaligini saqlash, kasal odamlar bilan iloji boricha kamroq aloqa qilish va kasallik o‘choqlari bor deb taxmin qilingan joylarda ehtiyot bo‘lish.
Xavfli kasalliklar simptomlari (belgilari).
Salomatlikni saqlash va xavfli hamda qiyin aniqlanadigan dushman –kasallik chaqiruvchi mikroblar, viruslar ular chaqiruvchi yuqumli kasalliklar mavzusini davom etiramiz. Ayrim qo‘zg‘atuvchilar yillar o‘tsa ham xavf tug‘dirishi mumkin: vabo, qorin tifi. Ular uzoq vaqt tuproqda, suvda va boshqa muxitlarda o‘z xususiyatlarini saklab koladi. Atmosfera yog‘inlar yomg‘ir, g‘or va boshqalar zararlangan yerga tushib mikroorganizmlarni yerning chuqur qatlamlariga ya'ni yer osti suvlariga olib boradi. Ular esa keyinchalik shahar suv ta'minoti tizimiga tushishi mumkin, yer yuzidagi 80 foiz kasalliklar ichishga yaroqsiz suvni iste'mol qilish va kanalizatsiya tarmoklarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Shu yo‘l bilan tif, dizenteriya va vabo bilan kasallanish mumkin. Hatto bolalar uynaydigan qumdan botulizm, qoqshol, gazli gangrena yoki tif bilan kasallanish mumkin.
O‘ta xavfli kasalliklar belgilarini va ular bilan zararlanganda qanday harakat qilish kerakligini bilishingiz kerak.
1.Botulizm – bu og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, botilinus bakteriyalari bilan zararlangan qonservalar, kolbasalardan kelib chiqadi. Bu vaqtda organizm umumiy zaharlanishi kuzatilib, tezda spitsifik zardob bilan davolash talab etiladi.
2.Qoqshol – kasalligida azoblovchi umumiy tutqanoqlar tutadi. Nafas mushaklari tortishib qisqarishi natijasida odam o‘lishi mumkin, bu vaqtda profilaktik va eksterimal emlashlar o‘tkaziladi.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling