Reja Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Download 231.24 Kb.
|
sherzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer solig’i obyekti
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi saqlab qolinmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022-yilda amalda bo‘lgan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bazaviy stavkalar asosida, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda aniqlash tartibi saqlab qolinadi. 2023-yilda uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari egallagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini o‘tgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qo‘llash amaliyoti saqlab qolinmoqda. Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’laydi. Soliq solishning alohida tartibi urnatilgan yuridik shaxslar hamda notijorat tashkilotlar, agar asosiy faoliyati turi bilan bir katorda boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalangan yerlari uchun yer solig’ini to’laydilar. Yer solig’i obyekti Soliq solish obyekti bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish xuquqi foydalanish huquqi yoki ijara xuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari hisoblanadi. Aholii punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari yeki uning madaniy-maishiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan hamda zaxira yerlar Soliq solish obyekti sifatida karalmaydi. Download 231.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling