Reja Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i


Download 231.24 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi231.24 Kb.
#1558970
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherzod

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu kurs ishi egri soliqlar va ularning budjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rniga bag’ishlangan bo`lib, egri soliqlarni undirishning nazariy jihatlari, mamlaktimizda egri soliqlarni budjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rni va ushbu soliqlarni undirishning amaldagi holati tahlili, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida egri soliqlarni undirishni takomillashtirish masalalarini yoritib quyidagi xulosalarga keldik:
- egri soliqlarning mohiyati, mazmuni hamda bu soliq bo`yicha olimlarning turli hil qarashlaridan kelib chiqib yanada mustahkamroq bilim va tushunchaga ega bo`lish mumkin;
- davlat budjeti tarkibida asosiy o`rinni egri soliqlar egallar ekan. Egri soliqlarni o`zini tarkibini ko’rib chiqadigan bo’lsak ular tarkibida asosiy o’rinni qo’shilgan qiymat solig’i, hamda undan keyngi o’rinda aksiz va boj to’lovlari, hamda eng kam ulushni transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliq egallar ekan;
- egri soliqlar ichida boj to`lovlari va transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliqlarni yildan yilga o`sish tendentsiyasiga ega ekanligini ko`rdik, bu esa respublikamizda xo’jalik yurituvchi subyektlarning va aholining tashqi savdo operatsiyalarni rivojlanib borayotganidan, hamda so’nggi yillarda yurtimizda transport vositalari ko`payganligi sababli, mazkur yoqilg’i mahsulotlariga talabning oshib borayotganligidan dalolat beradi. Bu esa ijobiy ko`rsatkich hisoblanishini yana bir bor guvohi bo`ldik;
- ikkinchi bobda egri soliqlarning undirishning amaldagi holati tahliliga bag‘ishlangan bo`lib buni biz Horazm viloyati Yangibozor tumani ma`lumotlari asosida ko`rib chiqdik va xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Horazm viloyati Yangibozor tumani mahalliy budjetidagi egri soliqlar tarkibida ham qo`shilgan qiymat solig`i asosiy o`rinni tashkil etar ekan;
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarimizni berishimiz mumkin:
1. Agarda hisobot davrida hisobga kiritilishi lozim bo‘lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasidan «0» stavkada hisoblanishi lozim bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'ining summasi qiymati jihatidan ko'p bo'lsa, u holda oshiqcha summa soliq to'lovchining boshqa soliq va to'lovlar bo'yicha qarzi bo'lmagan taqdirda, unga belgilangan tartibda qaytariladi. Mana shuni, mahalliy budjetga tushgan qo`shilgan qiymat soliqlari bo`yicha emas balki davlat budjetiga tushganda qaytarilsa yaxshiroq bo`lar edi, sababi summa ham tezroq qaytariladi va mahalliy budjet tarkibidagi qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha sezilarli kamayishlarni keltirib chiqarmaydi.
2. Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig`ini soliq hisobini topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to'laydi. Agar korxona hisoblangan soliq summasini budjetga o‘z vaqtida o‘tkazib bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0.033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishiga olib keladi. mana shu penya miqdorini yana oshirilsa soliqlarni o`z vaqtida to`lanishiga yana bir imkon yaratilgan bo`lar edi.
3. Bilamizki, aksiz solig`i asosan inson sog`lig`iga zarar yetkazuvchi mahsulotlarga ya`ni alkogolli ichimliklarga solinadi, shundan kelib chiqib aksiz solig`ini pepsi va koka-kola ichimliklariga ham qollansa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ya`ni soliq to`lovini mahsulotni qiymatiga qo`shgan holda amalga oshirib uni iste`molchilar zimmasiga yuklatilsa, bu bir tomondan zararli narsalarga bo`lgan talabni oz bo`lsada kamaytirsa ikkinchi tomondan davlat budjetida aksiz solig`ini ulushini yanada ko`payishiga sabab bo`lgan bo`lar edi.
4. Aksiz solig`i bo`yicha yana bir taklifimiz shundan iboratki, O`zbekiston Respublikasida o`simlik yog`i uchun ham aksiz solig`i joriy qilingan, mana shu soliqni bekor qilish ham maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, sababi o`simlik yog`i bu birlamchi ehtiyoj bo`lganligi sababli bu iste`molchilarga biroz bo`lsada yengillik yaratgan bo`lar edi.
Yuqorida qayd etilgan takliflar amaliyotga joriy etilsa, O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida soliq tushumlarini yanada oshiradi deb hisoblaymiz.


Download 231.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling