Reja Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i


Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va imtiyozlar


Download 231.24 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi231.24 Kb.
#1558970
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sherzod

Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va imtiyozlar.
Soliqqa tortish maqsadida er osti boyliklari deganda er qobig’ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo’lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog’lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi.
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni O’zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen hosilalardan foydalanish, shuningdek chaqnoq toshlar xom ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallarini yig’ish bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar.
Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom ashyo bo’lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to’lovchi hisoblanadi. Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo’lgan, qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan rudani Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun kombinat soliq to’lovchi hisoblanadi.
Ruda qayta ishlash uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqariga yuklab jo’natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan korxona soliq to’lovchi bo’lib hisoblanadi.
Quyidagilar er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish ob’ektlari hisoblanadi:
1) Foydali qazilmalarni qazib olish hajmi (shu jumladan yo’l-yo’lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotning haqiqatda sotilish qiymati bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’ini chegirgan holda.
Qazib olingan ruda tarkibidan, asosiy foydali qazilmadan tashqari, unga doir stavkalar belgilangan boshqa xom ashyo ajratib olingan taqdirda yo’l-yo’lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar soliqqa tortish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Qazib olingan foydali qazilma yoki uning bir qismi korxona tomonidan boshqa materiallarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash uchun xom ashyo hisoblangan taqdirda soliq ushbu xom ashyoni qazib olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, tasdiqlangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.
Hisobot oyida qazib olingan, lekin to’laligicha yoki qisman sotilmagan foydali qazilmalar hajmi uchun soliq sotilgan mahsulotning hisobot oyi yoki sotish amalga oshirilgan bundan oldingi oy uchun o’rtacha hisoblangan qiymatidan kelib chiqib to’lanadi.
Gaz qazib chiqaruvchi korxonalar uchun soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan sotish bahosi bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i chegirilgan holda, birlamchi tayyorgarlikdan o’tgan qatlamdan qazib olingan tabiiy gaz (tozalanmagan gaz) hajmi hisoblanadi.
2) Texnogen hosilalar hajmi (mineral xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari) ajratib olingan asosiy foydali qazilmaning qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy sotilish qiymati bo’yicha, bunda qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i chegiriladi. Texnogen hosilalarga shu jumladan texnologik yoki boshqa sabablarga ko’ra vaqtincha ishlatilmayotgan mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari kiradi.
3) To’plangan chaqnoq tosh xom-ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallarining hisob qiymati.
Yig’ish deganda chaqnoq tosh xom-ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kollektsiya materiallarini tabiiy ochiq joylar, tabiiy er osti bo’shliqlari (g’orlar), ishlatib bo’lingan karerlar, kon qazish sanoati uyumlari, daryo qayirlarida konchilik va boshqa maxsus ish turlarini bajarmasdan, er ostining bir butunligini buzmasdan olib to’plash tushuniladi.
Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi va soliq to’lovchilarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-532son qaroriga muvofiq 2007 yilda er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdorlari belgilangan. (16-ilova)
Quyidagilar er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lashdan ozod etiladilar:
a) er osti boyliklarini geologik jihatdan o’rganuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
b) geologik, mineralogik va boshqa alohida qo’riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ish olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
v) hamma joyda tarqalgan foydali qazilmalarni ularga berilgan er uchastkalari doirasida belgilangan tartibda, o’z xo’jalik va maishiy ehtiyojlari uchun qazib olishni amalga oshiruvchi er egalari va erdan foydalanuvchilar.
Soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlar uchun o’z hududida qazib olingan va ishlatiladigan keng tarqalgan foydali qazilmalar hajmi er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lashdan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga joriy etilishidan avval qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchilarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
Soliq qonunchiligiga ko’ra soliq solinmaydigan er uchastkalariga quyidagilar erlar kiradi:
a) qishloq aholi punklarining umumiy foydalanishdagi erlari;
b) ihota daraxtzorlari egallagan erlar;
s) Sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, sportning texnik turlari ob’ektlari va boshqa jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog’lomlashtirish joylari, sonatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o’quv mashq bazalari egallagan erlar;
d) yangi o’zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug’oriladigan erlar-loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko’pi bilan besh yilga. Agar loyihada erlarni o’zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish muddatlari ko’rsatilmagan yoki er uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo’lsa, er uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi erlarni o’zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun to’lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak;
e) ta’lim, madaniyat va sog’liqni saqlash ob’ektlari banda etgan erlar;
f) yangi tut ko’chatlari ekilgan erlar, qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan qat’iy nazar, uch yil muddatga. SHu munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko’chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch yilga soliq to’lashdan ozod etiladi;
j) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik va o’rmon fondidagi erlari, qishloq xo’jaligi va o’rmon sohasidagi ilmiy tadqiqot tashkilotlari hamda o’quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklarining bevosita ilmiy va o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan erlari;
h) yangi barpo etilgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan, fermer xo’jaliklari, davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga;
i) O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan erlar;
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo’lgan oydan boshlab to’lashni to’xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular er solig’ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingi oydan boshlab to’lashni boshlaydilar.
Soliq to’lovchilar yagona er solig’i summasini belgilangan shakl bo’yicha soliq solinadigan bazaga qarab er uchastkalarining normativ qiymati hamda er uchastkalarining maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar.
Yagona er solig’i hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan er uchastklari uchun yagona er solig’i er uchastkasi berilgandan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Er uchastkasi olib qo’yilgan taqdirda, yagona er solig’ini to’lash olib qo’yilgan oydan boshlab to’xtatiladi.
Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, shuningdek yagona er solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq vujudga kelgan (to’xtatilgan) taqdirda, soliq to’lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona er solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim bo’ladi.
YAgona er solig’ini byudjetga to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliq qolgan summasi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida yagona er solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitobni byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag’ida yuritiladi.

Download 231.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling