Режа: Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш усуллари


Ekkert tomonidan taklif qilingan kvantli protrokol


Download 0.51 Mb.
bet15/38
Sana07.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1244206
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot

Ekkert tomonidan taklif qilingan kvantli protrokol.

1991 yil Ekkert maxfiy kalit yaratishda o’zaro bog’langan kvantli zarrachalarni ishlatishni taklif qildi. Bunday xususiyat birinchi bo’lib, Eynshteyn tomonidan 1935 yil mantiqiy paradoks deb aytib o’tilgan, keyinroq 1969 yilda Bell tomonidan tushuntirilgan. Bir-biriga bog’liq zarrachalar (EPR zarrachalar) harakatchan holatda bo’ladi. Bunday zarrachalarning to’lqin funktsiyasiga ko’ra: |Y> = (1/2)1/2•(|0>|1>-|1>|0>)
Bu erda zarrachalar o’lchanayotgan EPR paradoksiga ko’ra yozilgan. Bu ikki juftlikdan birining holati ma’lum bo’lsa (misol uchun, qandaydir bazasiga asosan o’lchashlar olib borilayotgan bo’lsa), u holda ikki holatini 100% lik aniqlik bilan aniqlash mumkin va bu ikki zarraning bir - biriga bog’liq ortoganal bo’ladi. Agar birinchi zarraning holatini o’lchashi |0> ni bersa, u holda ikkinchi zarraniki xuddi shu bazisda |1>.
Ekkert protokolini ishlashi uchun, ikkita EPR zarrani generatsiyalovchi qurulma zarur bo’ladi. Bulardan tashqari maxfiy kalitlarni shakllantirishda kvantlarini qatnashuvchilarga uzatuvchi kanal zarur, qatnashuvchilarda esa qabul qilingan zarralarning holatini o’lchaydigan qurilma bo’lishi kerak.
1-qadam: Qurilma ikki bir - biriga bog’liq zarralarni ishlab chiqaruvchi qurilma (A va B).
2-qadam: A zarracha birinchi foydalanuvchiga yuboriladi (odatda uni Alisa deb nomlaymiz), B zarracha esa ikkinchi foydalanuvchiga (uni ham Bob deb nomlaymiz).
3-qadam: Alisa va Bob o’z zarralarini o’lchaydi. o’lchashlar natijasi esa EPR paradoksiga to’g’ri kelishi kerak va Bellaga teng bo’lmasligi kerak.
4-qadam: Davomiyligidan olingan bitlarni bir qismini ochiq kanal bo’yicha o’lchanadi. Agarda ular kvantlar korelyatsiyasini buzilganligini aniqlamasa, u holda e’lon qilinmay qolgan bitlar kalit deb e’lon qilinadi.
Kamchiligi: ayirboshlovchi qatnashuvchilardan biri qabul qilingan ketma - ketlikni invertlab turishi kerak.
Masalan shpion kvantlar uzatish kanalini topib oldi va kvantlarni holatini o’lchay boshladi. Lekin u qaysi bazisda o’lchashlar olib borishini qaerdan bilsin? SHu tariqa buzg’unchi kamida 50% vaziyatda EPR bog’liqligini buzadi. Buzg’unchining borligini xuddi VV84dagiday, kalitli ketma - ketlikdagi ko’p xatolar orqali aniqlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling