Operatsion tizimlar. Platformalar
Operatsion tizim — kompyuter dasturiy ta’minotining eng muhim qismidir. U dasturlarni ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi operatsiyalarni, ma’lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish masalalarini avtomatlashtirish vazifasini bajaradi
Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi:
Foydalanuvchi muloqotini ta’minlash;
Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish;
Qayta ishlash j arayonini rejalashtirish va tashkil etish;
Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni);
Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish;
Xizmat ko’rsatish bo’yicha turli operatsiyalarni bajarish;
Turli xil ichki qurilmalararo ma’lumotlarni uzatish;
Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo’llab-quvvatilash.
Bir vaqtning o’zida qayta ishlanadigan masalalar va foydalanuvchilar soniga qarab operatsion tizimlarning to’rt asosiy sinfga ajratish mumkin::
Bir foydalanuvchili, bitta masalali operatsion tizimlar. Ular yordamida bitta foydalanuvchi klaviaturadan foydalanib muayyan vaqt oralig'ida faqat bitta masalani yechish imkoniga ega bo’ladi;
Bir foydalanuvchili fon rejimida chop etishga mo’ljallangan operatsion tizim. Ushbu tizim yordamida foydalanuvchi bir masala yechishi davomida fon rejimida boshqa ma’lumotini chop etishi mumkin;
Bir foydalanuvchili ko’p masalali operatsion tizim. Bunday tizimda bitta foydalanuvchi parallel ravishda kompyuterda bir necha masalani kayta ishlashi mumkin;
Ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali operatsion tizim. Bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchi o’z masalalarini parallel ravishda qayta ishlashlari mumkin. Bunday operatsion tizim uchun ko’plab kompyuter resurslari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |