Reja Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari


OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi


Download 258.5 Kb.
bet5/10
Sana20.12.2022
Hajmi258.5 Kb.
#1040753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-ma\'ruza

OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:

  1. Ishonchlilik. OC o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.

  2. Himoya. OC bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak.

  3. Bashorat. OC foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak

  4. Qulaylik. Foydalanuvchiga OC ni taklif qilishdan maqsad – resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.

  5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OC foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini ishirish kerak. Sistemaning o’zi esa iloji boricha kamroq resurlardan foydalanishi kerak. Resurslarning OC tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.

  6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OC effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

  7. Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OC ga fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.

  8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayonlar bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kesa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda aniqlik interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro bog’liqligining funksional harakteristikasi asosida amalga oshiriladi.

Operatsion tizim foydalanuvchiga ko’rinmaydigan holda apparatura qurilmalarini boshqarish, ularga axborotni uzatish yoki ulardan qabul qilish jarayonlarini boshqarishni amalga oshirib, foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi.


Operatsion tizim insonga kompyuterda o’z ishini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bugungi kunda dasturiy ta’minotning quyidagi guruhlari shakllanib, rivojlanmoqda:

  • operatsion tizimlar va kobiklar;

  • dasturlash tizimlari (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi, sozlovchilar va shu kabilar);

  • uskunaviv tizimlar;

  • integrallashgan (iamlangan) dasturlar paketi;

  • dinamik elektron iadvallar;

  • mashinaviv grafika tizimlari;

  • ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

  • amaliy dasturiy ta’minot.

Dasturiy ta’minot strukturasi rasmda keltirilgan.
Tizimli dasturlar sirasiga shuningdek turli xizmatchi dasturlar - utilitalar (lotincha utilitas — foyda) kiradilar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradilar yoki to’ldiradilar yoki ayrim muhim vazifalami mustaqil bajaradilar. Bunday xizmatchi dasturlarga:

  • Kompyuter qurilmalari ishini nazorat, testlash, diagnostika qilish dasturlari;

  • Drayver-dasturlar;

  • Arxivator dasturlari;

  • Antivirus dasturlari;

  • Disk sohasini optimal boshqarish dasturlari;

  • Tashqi xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni tiklash, himoyalash va disklarni formatlash dasturlari;

  • Kompyuterlar o’rtasida axborotlarni ayirboshlash imkonini beruvchi kommunikatsiya dasturlari;

  • Operativ xotiradan samarali foydalanish imkonini beruvchi xotirani boshqarish dasturlari;

  • CD-ROM, CD-R va boshqa shu kabi tashki xotira vositalariga axborotni yozish dasturlari va boshqa shu kabi dasturlar kiradilar.

Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiritilgan, boshqalari esa mustaqil ravishda foydalanuvchi tomonidan yuklanib, bajariladilar.

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling