Reja: Zararli chigirtkalar


Download 45.12 Kb.
bet1/4
Sana20.10.2023
Hajmi45.12 Kb.
#1712279
  1   2   3   4
Bog'liq
XAMMAXO’R ZARARKUNANDALAR EKOLOGIYASI


XAMMAXO’R ZARARKUNANDALAR EKOLOGIYASI.

Reja:


  1. Zararli chigirtkalar

  2. Tunlamlar

  3. Simqurtlar

Zararli chigirtkalar

Osiyo - Locusta migratoria L.


Marokash - Dociostaurus maroccanus Thunt.
Italiya - Calliptamus italicus L.
Otbosar - Dociostaurus kraussi Jng.
Har qanday zararkunandalar kabi chigirtkalarga qarshi ham kimyoviy moddalarning biologik samaradorligini o’rganish uchun hasharotning dori ishlatilganga qadar bo’lgan sonini hisoblash talab etiladi. Buning uchun keyingi yillarda eng maqul usul deb kvadrat usuli qabul qilingan. Serharakatligi va yoshiga qarab hasharotning qobiliyati turlicha bo’lishi sababli, o’zga barcha usullar (sachok yordamida yoki taxminan chamalab sanash usullari) kvadrat usuliga teng kela olmaydi.
Usul quyidagilardan iborat: o’lik hamda tirik chigartkalarning soni dori sepilganidan 24 soat keyin aniqlanadi. Buning uchun simdan yasalgan sathi 50 x 50 sm (0,25 m2) kvadrat ramkadan foydalaniladi. Ramkani nazoratchi o’zidan 2 m oldinga uloqtiradi va u yerdagi hasharot sonini hisobga oladi. Tajriba variantlarining katta-kichikligi va hasharot zichligiga qarab har bir daladan 10 dan 20 tagacha namuna olish lozim. Bunda to’rtburchak tashlanganida sakragan tirik hamda o’lik chigirtkalar soni alohida-alohida sanaladi. U umumiy miqdor chigirtkalarning dori sepilganga qadar bo’lgan sonini tashkil etadi. Shunday qilib, bir paytning o’zida chigirtkaning oldingi soni qancha bo’lganligi va dori sepilganidan keyin nechta o’lik va tirik hasharot mavjudligi ma'lum bo’ladi. Biologik samaradorlik quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
S X100%
A ya'ni:
A - ramka ichida mavjud o’lik chigirtkalar soni; V - ramkadan sakrab ketgan tirik chigirtkalar soni; S - biologik samaradorlik, %.
Dorilarni chigirtkalarga qarshi sinash yaylovlarda, zararakunanda lichinkalari ko’zachalardan yoppasiga chiqa boshlaganida to’da hosil qiluvchi turlarning zichligi har 1 m2 yerda 5 tadan, yakka yashovchilariniki esa 15 tadan ortiq bo’lganida o’tkaziladi. Tajribada sinalayotgan dori va andoza variantlari mavjud bo’ladi.
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yozilib, hisobotga kiritiladi (jadval).
jadval
......................................qarshi......................................................
(chigirtkaning nomi) (dorining nomi) biologik samaradorligi
(Qanday tajriba, qayerda o’tkazilgan, qachon, qaysi apparat yordamida)

Variantlar

Sarf me'yori, ga/l yoki kg

0,25 m2 dagi chigartka soni, dona

Samaradorlik,
%

O’rganilgan dori

dori

ishchi-
eritma

tirik

o’lik (o’ligi)

Jami

andoza















NSR















Dorini sinash maqsadida tajribaga qo’yishdan 1 kun oldin entomologik sachok yordamida kamida 100 ta chigirtkani tutib, undagi turlarning xilma-xilligi hamda hasharotlar qanday yoshda ekanligi aniqlanadi va maxsus jadvalga kiritiladi. Bundan tashqari, lozim topilsa, maxsus tajribada sinaladigan dori turli yoshdagi zararkunandalarga (I-II, III-IV, V- VI) qanday ta'sir etishini va shunga ko’ra dori sarfining samarali me'yorini belgilasa bo’ladi.

Download 45.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling