Reja: Zararli chigirtkalar
Download 45.12 Kb.
|
XAMMAXO’R ZARARKUNANDALAR EKOLOGIYASI
SimqurtlarChertmakchilar (simqurtlar) Qora tanli qo’ng’izlar (soxta simqurtlar) Bu zararkunandalar Elateridae, Tenebrionidae oilalariga mansub. Tajribalarni donli ekinlar, makkajo’xori, sabzavot ekinlari va kartoshkada zararkunandalarining yetuk zoti hamda lichinkalariga qarshi o’tkazish mumkin. Bunda zararkunanda zichligi bir hamda kamida 5 tadan oz bo’lmaslig kerak. Tajribada, odatdagidek, sinaladigan dori (bir necha sarf-me'yorda) hamda andoza va nazorat variantlari mavjud bo’lishi kerak. Dori xususiyatiga ko’ra tajriba 2 usulda ishlanishi mumkin. Birinchisida urug’likni ekishdan oldin upalash yoki bo’lmasa ekish paytida (yoki nihol paydo bo’lganidan keyin) dorilanishi dorini ishlatish uchun maxsus texnologiya ishlatiladi. Ikkiichisida esa ekin nihollari dori eritmasi bilan ishlanadi. Birinchi usuldagi tajribada polietilen qopga o’lchab solingan ypyg’ va dori aralashtiriladi va bir tekis upalangan urug’ erga ekiladi. Donalangan dori esa, doimo ekin ekiladigan erning 5 sm lik chuqurligiga kiritiladi (kartoshkada esa dorining gektarlik sarf me'yorini hisobga olib ekish uyasining tagiga solinadi). Ikkinchi xil tajribada dori sinashda o’ziga xos usul ishlatilishi mumkin. Buning uchun zararkunanda biologiyasini nazarda tutgan holda, tayyorlangan dori eritmasi har tup o’simlikning ildiz atrofiga 20-30 ml dan quyib chiqishadi. Albatta, bu usul kichik maydonlardagi ekinlarii himoya qilish uchun yaraydi, lekin uning samaraliligi gumonsizdir, Keng maydonlarda purkagichlar yordamida ishlov o’tkazish ham mumkin, ammo bunda ketma-ket kultivatsiya o’tkazish lozim. Har ikkala usulda ham biologik samaradorlik zararkunanda lichinka va qo’ng’izlarining soni (yoki shikastlangan o’simliklar soni) nazorat variantidagiga nisbatan kamayganiga qarab belgilanadi. Uning uchun nazoratni 2 tartibda o’tkazish mumkin. Birinchisida har takrordan 0,25 m2 er satxining (25x10 sm) 4 eridan namuna olinib, 20-25 sm chuqurlikda kovlanadi va uchraydigan barcha bo’g’imoyoklilar hisoblanadi. Nihollar to’liq unib chiqqach va hosil qo’shilgach ikkinchi marta nazorat o’tkaziladi. jadval Simqurt va soxta simqurtlarga qarshi....................................... biologik samaradorligi (Qanday tajriba, qayerda va qachon qo’yildi, nav)
Ikkinchisida esa, nihollar unib chiqqach, 5 va 15-kunlari shikastlanish darajasi aniqlanadi. Aniqlash paytida makkajo’xorida 20 ta (1 p.metrdan), boshokli ekinlarda esa 10 ta namuna (0,25 m2 dan) ko’riladi. Kartoshkaning shikastlanishi hosil yig’iladigan paytda o’rganiladi. Bunda 100 ta kartoshka tuganaklari tekshiriladi. Agarda kartoshkada 1 ta teshik mavjud bo’lsa, u kuchsiz shikastlangan, bundan ko’p bo’lsa, kuchli zararlangan hisoblanadi. Hisobot tuzish uchun tajriba natijalari quyidagi jadvallarga joylashtiriladi. jadval Kartoshkada simqurt va soxta simqurtga qarshi.................................... biologik samaradorligi (qanday tajriba, qayerda va qachon qo’yildi, himoya usuli)
Download 45.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling