Режалаштириш моделлари


ОБЩДОХОД (stavka, davr_soni, nz, davr_boshi, davr_oxiri, tip)


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana06.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1333399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
BOBONAZAROVA M.

ОБЩДОХОД (stavka, davr_soni, nz, davr_boshi, davr_oxiri, tip). 
Misol. Aytaylik, 6 yil muddatga yillik 15 % foiz bilan 1000 ming so`m 
miqdorda ssuda qarzi berilgan bo`lsin. Protsentlar xar bir kvartalda hisoblanadi. 5- 
chi yil uchun asosiy to`lovlar xajmini aniqlang. 
Yechish. Hisob davri uchun protsent stavkasini (15% / 4) xamda jami hisob 
davrlari sonini (6*4) hisoblaymiz. 17-chidan 20 - chigacha bo`lgan davrlar 5-chi yilni 
anglatadi. Agar qarz xar bir hisob davrining oxirida bir xil miqdor bilan to`lanishi 
talab qilingan bo`lsa, u xolda 5 – chi yil uchun to`lov miqdori quyidagicha hisoblanadi: 
ОБЩДОХОД(15% / 4, 6*4, 1000, 17, 20, 0) = -201.43 ming so`m. 
 
 
1.7. Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash 
 
 
EXCEL muxitida investitsiyalar aylanmasini aniqlashga mo`ljallangan bir 
qator funksiyalar nazarda tutilgan. Bu funksiyalar yordamida quyidagi 
ma`lumotlarni hisoblash mumkin: 
1) Bir qator ketma-ket tushumlar davri xamda o`zgaruvchan miqdordagi 
to`lovlar uchun ichki aylanmalar tezligi (ВСД funksiyasi); 
2) Muntazam bo`lmagan tushumlar xamda o`zgaruvchan miqdordagi 
to`lovlar uchun ichki aylanmalar tezligi (ISTVNDOX funksiyasi) ; 
3) Davriy tushumlar xamda o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlarni hisobga 
olgan xolda qayta investitsiyalash uchun ichki aylanmalar tezligi (MВСД 
funksiyasi). 
ВСД funksiyasi. Mazkur funksiya bir qator ketma-ket tushumlar davri xamda 
o`zgaruvchan miqdordagi to`lovlar uchun invesititsiyalarning ichki aylanmalar 
tezligini (ichki daromadlilik normalarini) hisoblash uchun mo`ljallangan. Funksiya 
umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi: 


27 
ВСД (qiymat, faraz)
Faraz qiymatidan boshlab, ВСД funksiyasi to 0,00001 foizlik aniqlikkacha 
tsiklik hisoblash ishlarini bajaradi. ВСД funksiyasi 20 martalik urinishdan keyin 
ko`rsatilgan darajadagi aniqlikka erisha olmasa, yuzaga kelgan xatolik haqida 
#ЧИСЛО! Ma`lumotini chiqarish bilan xabar beradi. 
Ko`pchilik xollarda ВСД funksiyasi bilan ishlash uchun Faraz argumentini 
ko`rsatishning hojati bo`lmaydi, chunki bu argumentning qiymati EXCEL muhiti 
toomnidan to`g’ridan-to`g’ri 0,1 (10%) qilib belgilangan. Agar funksiya #ЧИСЛО! 
Xatoligini bersa yoki natija kutilganidan yiroq bo`lsa, Faraz argumentining boshqa 
qiymati uchun hisoblashga urinib ko`rish mumkin. 
НПС va ВСД funksiyalari o`zaro bog’langan. Masalan, B1:B6 
yacheykalaridagi bir xil to`lov va tushum qiymatlari uchun bu funksiyalardan 
quyidagicha foydalanish mumkin: 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling