29
quyidagicha hisoblanadi:
ЧИСТВНДОХ(A2:E2, A1:E1) = 37.49%.
Demak, qaralayotgan loyiha bozor daromadi normasi hisoblangan qiymatdan
kichik (k< 37.49%) bo`lgan xoldagina iqtisodiy jixatdan samarali bo`lishi mumkin
ekan.
MВСД funksiyasi. Mazkur funksiya bir qator o`zgaruvchan miqdordagi
davriy to`lov tushumlari uchun takomillashtirilgan
ichki aylanishlar tezliginn
hisoblash uchun mo`ljallangan. Bunda investitsiyalar xajmi xam,
qayta
investitsiyalash evaziga ol ingan daromadlar xam hisobga olinadi. Hisoblash
formulasi esa quyidagi tarzda yoziladi:
MВСД (qiymat, mablag’_norma, qayta investitsiyalash_normasi). Ushbu
funksiyaning
qiymat argumenti xech bo`lmaganda bitta
musbat son va bitta manfiy
sonni o`z ichiga olishi lozim. Bu
qiymat takomillashtirilgan ichki aylanishlar
tezliginn hisoblash uchun zarur bo`ladi. Aks xolda MВСД funksiyasi yuz bergan
xatolik xaqida
#ДЕЛ/0!
tarzidagi axborotni yacheykaga chiqaradi.
Misol. Faraz
qilaylik, muayyan bir loyihani mablag’ bilan ta`minlash
maqsadida besh yil oldin 10 % yillik protsent stavkasi asosida 1 mlrd so`m miqdorda
ssuda olingan bo`lib, uning yillar mobaynida keltirgan foydalari mos ravishda 100,
270, 450, 340 va 300 mln so`mni tashkil qilgan bo`lsin. Bu pullarni yillik 12% bilan
qayta investitsiyalashga jalb qilingan. Investitsiyalar ichki aylanmasining
takomillashtirilgan tezligini toping.
Yechish. Aytaylik, EXCEL dasturining ishchi varag’ida B1 yacheykaga˗1000,
B2:B6 yacheykalarga esa yillik daromadlar mos ravishda kiritilgan bo`lsin. U
xolda investitsiyalarning takomillashtirilgan ichki aylanish tezligi quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: