Reklama toʻgʻrisida


Download 28.28 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1273305
  1   2
Bog'liq
Dori-darmonlar reklamasiga oid nimalarni bilishimiz kerak


Dori-darmonlar reklamasiga oid nimalarni bilishimiz kerak?
 Salomatlik16 Iyul 20202278
Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun va Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomda (roʻyxat raqami 1024, 2001-yil 6-aprel) dori vositalari reklamasiga qoʻyilgan bir qator talablar belgilangan.
Xususan, faqat shifokorning koʻrsatmasi (retsepti) boʻyicha beriladigan dori vositalari hamda tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari boʻlgan dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi.
Oʻz navbatida, retsept bilan beriladigan dori-darmon vositalarining reklamasi faqat dori-darmon vositalarini tayinlash va tarqatish huquqi boʻlgan mutaxassislar tomonidan farmatsevtika sohasiga oid maʼlumot-axborot markazlari yordamida, ixtisoslashgan maxsus nashrlarda, konferensiya, simpiozum, koʻrgazmalarda amalga oshiriladi. Shuningdek, alohida retsept bilan beriladigan dori vositalarini koʻp uchraydigan buyumlar (soatlar, kalendarlar, soyabonlar, breloklar, kuldonlar, sovgʻalar, kanselyariya mahsulotlari, idishlar, belgilar)da joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarida faqat retseptsiz beriladigan dori-darmon vositalarini reklama qilishga ruxsat etiladi, shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari reklamasi tushunarli tilda bayon qilinishi, dori vositasining toʻliq nomi (shu jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi hamda dori vositasidan foydalanish haqidagi axborot va uni qoʻllash uchun asosiy koʻrsatmalardan iborat boʻlishi lozim.
Retseptsiz beriladigan dori-darmon vositalari reklamasida:
a) dori-darmon vositasini noyob, eng samarali, qoʻshimcha taʼsirlarning mavjud emasligi jihatidan eng xavfsiz vosita sifatida ifodalamaslik;
b) dori-darmon vositasining tarkibi, ishlab chiqarilishi, yangiligi yoki patentlanganligi xususida yanglish tasavvur bermaslik;
v) ishlab chiqaruvchi korxonalarning obroʻyiga, isteʼmolchilarning dorilar taʼsiriga boʻlgan ishonchini yoʻqqa chiqarmaslik;
g) oʻzlarining mashhurligi tufayli dori-darmon vositalarini qoʻllashni ragʻbatlantirishi mumkin boʻlgan olimlar, sogʻliqni saqlash xodimlari, shuningdek, davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslarning tavsiyalarini dalil qilib keltirmaslik;
d) faqat yoki koʻproq bolalar uchun moʻljallanganligi toʻgʻrisida materialga ega boʻlmaslik;
ye) mazkur dori-darmon vositasining xavfsizligi va samarasi uning tabiiy kelib chiqishi bilan bogʻliq ekanligini daʼvo qilmaslik;
j) dori-darmon vositasi biologik faol oziq-ovqat qoʻshilmasi, kosmetik mahsulot yoki gigiyena vositasi boʻlib hisoblanadi deb tasdiqlamaslik;
z) reklamaning taʼsirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori-darmon vositalari bilan mubolagʻali taqqoslashga yoʻl qoʻymaslik;
i) tibbiy maslahatlar yoki jarrohlik operatsiyalari keraksiz degan tasavvurini hosil qilmaslik;
k) mazkur dori-darmon vositasining taʼsiri kafolatlanganligi toʻgʻrisidagi fikrni tasdiqlamaslik;
l) dori-darmon vositasini qoʻllamaslikdan kishining sogʻligʻi yomonlashuvini ongga singdirmaslik kerak.

Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling