Reklama va amaliy grafika
Uzun fokus masofali obyektivlar
Download 82.7 Kb.
|
dIPLOM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keng burchakli obyektivlar (Shirokougolniki)
Uzun fokus masofali obyektivlar
Uzun fokus masofali obyektivlar deb fokus masofalari standart obyektivlarga nisbatan sezilarli darajada katta bо‘lgan obyektivlarga aytiladi va kamida 70-80 mm va undan katta fokus masofaga ega bо‘ladi. Uzun fokus masofali obyektivlar obyektga yaqinlashib borishning imkoni bо‘lmagan xollarda, masalan reportajlar suratga olishda, xayvonlarni, qushlarni suratga olishda keng qо‘llaniladi. Bunday obyektivlar diqqatni tasvirga olish obyektining muxim detallariga qaratishda juda qulaydir. Yirik planlarda “keraksiz” orqa planni tanib bо‘lmas darajada xiralashtirib tashlash bilan tomoshabin diqqatini faqat aktyorning ijrosiga, uning ichki kechinmalariga qaratishga imkon beradi. Uzun fokus masofali obyektivlar о‘zining tasvir dinamikasi bilan ham ekranda badiiy obraz yaratishda keng qо‘llaniladi. Bunday turdagi obyektivlardan tezlik va shiddatlilik effektini yaratish maqsadida bir qator mashxur filmlarda foydalanilgan. Kadrda uzun fokus masofali obyektivlardan foydalanilganda tasvirga olingan portretlar о‘zining sirliligi bilan boshqa obyektivlarda tasvirga olingan kadrlardan ajralib turadi. Portretlar mayin, tiniq va maftunkorlik va о‘ziga xos muxitni xosil qiladi. Bir qator tarixiy filmlarda chavandozlarning shiddatli tezligini ifodalab berish uchun aynan uzun fokus masofali obyektivlardan foydalanilgan. Umuman xozirgi zamon foto san’atini uzun fokus masofali obyektivlar, umuman barcha turdagi obyektivlarsiz tasavvur etish qiyin. Xar birining о‘z о‘rni va qо‘llanilish soxasi borki, bularning barchasi yagona maqsad: ekranda tasviriy ifodaviy obraz yaratishga yо‘naltiriladi. Keng burchakli obyektivlar (Shirokougolniki) Keng burchakli obyektivlar standart obyektivlarga nisbatan ancha qisqa fokus masofaga ega bо‘ladi. Kо‘rish burchagi esa tabiiyki standart va uzun fokusli obyektivlarga nisbatan ancha kengroq 35 mm va undan kam bо‘lgan obyektivlar keng burchakli xisoblanadi. Bu tur obyektivlar xar xil janrlardagi fotosuraylarda keng makonni qamrab olish zarur bо‘lgan xolatlarda foydalanish uchun mо‘ljallangan, masalan peyzajlarni, arxitektura inshoatlarini tasvirga olish uchun. Shuningdek bunday obyektivlar cheklangan sharoitlarda tasvirga olishda juda qulay. Chunki uning fokus masofasi qisqaligi keng burchak ostida katta masshtablarni qamrab olish xususiyatiga ega. Keng burchakli obyektivlar tasvir tiniqligining yuqori diapazoniga ega ekanligi bilan ham qulaydir. Xatto obyektivdagi masofa shkalasi xalqasi yordamida mо‘ljal olib obyekt fokusini tо‘g‘rilanganda ham “xato qilish juda qiyin”. Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling