Reklama va amaliy grafika
II. BOB. KOMYUTER GRAFIKASIDA BADIIY FOTONING O‘RNI
Download 82.7 Kb.
|
dIPLOM
II. BOB. KOMYUTER GRAFIKASIDA BADIIY FOTONING O‘RNI 2.1.Kompyuter grafikasi va reklam san’ati tarihi
Kompyuter grafikasida badiiy fotoning ham alohida o’rni mavjud. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin. Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash (ko`rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog`ozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko`p sohalarda qo`llaniladi. ompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. Kompyuter grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir, ya'ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo’nalishlardan biri bo’lib bormoqda. Hozirda bu yo’nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug’ullanmoqda. Ma'lumki inson axborotni eshitish va sezish a'zolariga nisbatan ko’rish a'zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob'ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi. Operatsion tizimning barcha grafik ob'ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko’p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So’nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o’zida xam hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob'ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob'ektlar o`rtasida bog’lanish urnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Virtual fazoda hajmli ob’yektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: - rastrli grafika - vektorli grafika - fraktal grafika. Ular bir-biri bilan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqilishi bilan farqlanadi. Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahilashda bilinadi. Qisqacha qilib bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziqdir. Rastrli qurilmalarda tasvirlarni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat. Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi deyish mumkin. Atrofimizdagi olamda biz faqat nuqtali tasvirlarni ko’ra olamiz. Fotosurat, rasm, izlar, tasvirlar ko’zimizda nuqtali xarakterda aks etadi. Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir. Vektorli tasvirlar deb - tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga ega bo’lgan geometrik ob'ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'yekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari hisoblanadi. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko'riladi. Fraktal grafikada esa tasvirlarni matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy bezashda ishlatiladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo'llaniladi. Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi. Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa yuqori sifatli va chiroyli ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to'plami va ko'rinishini tezda o'zgartirish mumkin. Rang modellari Кompyuter grafikasida rang juda muhim kuzatuv, taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o’ynaydi. Biz ko’rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yoruq’lik ko’z qorachiq’i orqali ko’zimizga o’tadi va ko’z ichidagi asab hujayralarini qo’zq’atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan boq’langanligi tufayli ko’z yoruq’ligi miyaga o’tadi va ongimizda buyumni ko’rish tuyq’usi paydo bo’ladi. Biz buyumni ko’ramiz. Atrof muhitni bunday ko’rish qobiliyati ko’rish deb, ko’rish a’zosi esa ko’z deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko’p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko’rish orqali qabul qilamiz. Yoruq’lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning ko’zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali bog’langan. Agar ko’zning tuzssssssilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining to’zilishi bilan taqqoslasak ular orasida o’xshashlik borliqini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo’lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko’k ranglar – asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo’ladi. RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi. Reklama haqida ham gapirib o’tishni hohladim reklama (lot. reklamo — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketing tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning II-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi. Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi. Har bir firma oʻz reklamniy faoliyatini reklamniy agentlarini yollash yoki reklama xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi reklamaning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda reklama matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus reklama filmlari namoyish etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari ko’rkam qilib chiqariladi va tarqatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida reklama harajatlarining hissasi ortib boradi, Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil 25 dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi. Hayotimizda hozirgina aytib o’tganimizdek reklamani o’rni beqiyosdir. Bu o’rin kundalik turmishimizni ajralmas bir qismiga aylangan desak ham adashmaymiz . Reklama bilan foto yonma yon yuradi aynuqsa hozirgi kunda chunki reklama qilinayotgan narsaning sifatli va parfissional fotoga olinishi o’sha mahsulotning haridorgir bo’lishini taminlaydi. Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling