Reklama va amaliy grafika


Mavzuning o`rganilganlik darajasi


Download 82.7 Kb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1594398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
dIPLOM

Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Bu mavzu ustida turli hil izlanishlar olib borildi, ko’pgina simfonik orkestrlarda qatnashilib ularni tinglab musiqani his qilish musiqachilarni, orkestrdagi jamoani kuzatish ularning ichki kechinmalarni o’rganish ulardagi hissiyotlarni foto tasvirlarda ifodalash foto tasvirda san’atning go’zal tasvirini tushirish. Badiiy foto, hujjatli, ilmiy-ommabop fotografiyada mavjud tasviriy imkoniyatlardan xabardor etish, fotooperatorlikning texnik va ijodiy tomonlari xaqida mukammal ta’lim berish, tasvirga olish tarixi va nazariyasi, qolaversa, fotooperatorlik tasviriy texnikasi haqida ma’lumot berish va mazkur fan bо‘yicha yaratadigan ishlarida о‘z badiiy tafakkurini professional darajada ishga solish xamda bu asarlar orqali xarakterini aniq va ishonchli qilib ochib bera olish, asar dramaturgiyasini kо‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati. Foto tasvirga olishlar bugungi kunga kelib ijodiy hamda ishlab chiqarish sohalarida keng kо‘lamda qо‘llanilmoqda. Shu bois g’oyaviy-badiiy madaniyat, yuqori darajadagi professional malaka hamda kо‘nikma bilan bir qatorda foto tasvirga olishning о‘ziga xos texnologiyasini о‘rganishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ish tuzilishi jihatidan kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Mavzuning dolzarbligi, maqsadi, maqsadga erishish uchun qo`yilgan vazifalar, mavzuning obyekti va bitiruv ishining tarkibi haqida batafsil ma’lumotlar berib o`tilgan. Birinchi bobda foto san`ati tarixi, uning rivijlanishi, hozirgi kundagi o`rni, haqida ma’lumotlar berilgan. Ikkinchi bobda Kompyuter grafikasi va badiiy foto haqida to`htalib o’tilgan. Uchinchi bobda bitiruv malakaviy ishida amalga oshirilgan ishlar yoritilgan.


BOB. O‘ZBEK FOTO SAN’ATI TARIXI VA RIVOJLANISHI

    1. O‘zbekiston san’atida badiiy fotoning rivojlanishi

Yurtimizda foto san’at ancha yillar oldin kirib kelgan bo’lib hozirdi bu soha ancha ommalashgan va taraqqiy etmoqda. XX asr o‘rtalariga kelib, foto san’ati ancha jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi. Avvalari fotograiya muayyan bir sohadek qaralmagan oradan vaqtlar o’tib esa bu soha ham o’z o’rnini topa boshladi va hozirgi kunga kelib esa bu soha alohida bir ynalishni o’zida jamlagan sohalardan hissoblanadi. Fotomodel taraqqiyotning boshlang‘ich davriga xos "yorug‘lik mo‘jizasi siri" tobora o‘tmishga yuz tuta boshladi. Yangi voqelik tasvirning yangi shakllarini talab qilmoqda edi. Voqea hodisalarning hissiz qaydi fotografiya-suratchilik tashabbuskorlarini qoniqtirmay qo‘ydi. Texnika hamda fotokimyo taraqqiyoti tufayli malakali suratchilar va havaskorlar chegaralari yo‘qola bordi, yangi rangtasvirga estetikaning ta’siri foto san’atida mustaqil tendensiyalarni keltirib chiqardiki, buning natijasi o‘laroq, ish mohiyatiga tubdan boshqacha yondoshila boshlandi. O‘zbekistonning malakali suratchi-fotograflari, ular aksariyat turli nashrlar fotomuxbirlari edilar, ijodiy guruhlarga birlashdilar, kurslar, imkon qadar ko‘rgazmalar tashkil etdilar, o‘zlarining chop etish organlariga ega bo‘ldilar. Dastlabki jamoat suratchilar to‘garagiga ko‘p sonli havaskorlar faol qatnashdilar, ularning ishlari mualliflik o‘ziga xosligi, o‘z mehnatlariga ijodiy munosabatda bo‘layotganliklaridan dalolat berardi. Ulardan ko‘plari malakali suratchilar bo‘lib etishdilar. Urushdan keyingi O‘zbekistonda foto san’atining taraqqiy etishida "Kundalik fotogazeta" muhim rol o‘ynadi. XX asrning 30 yillari oxirida bu "Soyuzfoto"ning O‘zbekistondagi bo‘limi tomonidan epizodik ko‘paytiriladigan kunning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan, 3-4 ta kadrdan iborat, respublika matbuotini to‘ldirib turadigan, qisqacha tushuntirish matnlari bilan deyarli fotoocherk bo‘lgan fotomontajlar edi. Urushdan keyin mazkur nashr o‘zida badiiy ko‘p rangli muqovasi bilan salmoqli suratlar kundaligini aks ettirardi. "Fotogazeta" O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy turmushida yuz berayotgan barcha voqealarni faol yoritardi. Uning sahifalarida muntazam ravishda G.Permenev, M.Penson, V.Kosovskiy va boshqalarning ishlarini chop qilinib turardi.Tantanali bayram sanalariga bag‘ishlanib chiqarilgan yakuniy rangli fotoal’bomlar ham o‘zbek foto san’atining muvaffaqiyatlaridan dalolat berardi. Ehtimol, bunga jahonga mashhurtaniqli rassom—kolorist A.Rodchenkoning "O‘zbekistonga 10 yil" deb atalgan birinchi shunday fotoal’bomning yaratilishida ishtirok etishi turtki bo‘lgandir. Toshkentdan kelgan, A.Rodchenkoning shogirdlari B.Xudoyorov (1898-1974) va G.Zel’ma (1906-1984) mamlakatning eng yaxshi fotojurnalistlaridan sanalardi. XX asrning 20-yillarida ularning ikkalasi ham Moskvada yashab, ishlar edilar. Ularning ijodiy merosini aksariyat qismi O‘zbekiston bilan bog‘liq edi. Vatanimiz va xorijning ko‘pgina ko‘rgazmalarida namoyish qilingan ularning ishlari fotojurnalistikaning oltin fondiga kirgan. Masalan, B.Xudoyorovning "O‘rta Osiyo. Yigirmanchi yillar-etmishinchi yillar” seriyasi Moskvada o‘tkazilgan 1974 yilgi katta fotoko‘rgazma mukofotiga sazovor bo‘lgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, O‘zbekiston suratchilar uchun ziyorat qilish mumkin bo‘lgan afsonaviy o‘lkaga aylandi. Butun jahondan bu erga fotoreportajlar olish uchun ko‘pgina taniqli foto ustalari muntazam ravishda kela boshladilar. Chet ellik suratchilar bilan og‘ir bellashuv mahalliy malakali fotojurnalistlarning ijodiy o‘sishiga va mahoratlari oshishiga turtki bo‘ldi. Ular orasida, ayniqsa, I.Zbarskiy (respublika fotojurnalistlar seksiyasi rahbari), G.Permenev, M.Penson, R.SHamsiddinov, K.Roziqov, R.SHaripov, V.Kosovskiy, G.Ger, G.Glauberzon, B.Sirotkin, G.Grafkin, A.Gorokrik, R.Jumaniyozov, B.Mazur, S.Mahkamov, A.To‘raev, E.Yuditskiy, A.Gubenko, I.Zayniddinov, H.Isroilov, A.Usmonov ajralib turdi. Davr taqozosi bilan suratchilarning mehnat va portret fotografiyasiga qiziqishlari ortdi. Bu mavzular hamma ko‘rgazmalarda markaziy o‘rinni egalladi, matbuotda ham mazkur mavzuga oid maqolalalr katta joylarni band qildi. Biroq shuni qayd etish zarurki, bunday suratlar mualliflari izchillik bilan foto san’ati taraqqiyotining oldingi bosqichiga xos kompozitsiya va plakatlilikdan qochdilar va suratga olish malakasini oshirish hisobiga asl badiiylikka va negativlarga maxsus ishlov berishga erishdilar.
O‘zbekiston suratchilarining ishlarida 1952 yilda fotografiya san’atining mashhur nazariyotchisi Anri Kart’e-Bresson tomonidan ishlab chiqilgan muhim konsepsiya yaqqol ko‘zga tashlandi. Uning yozishicha, haqiqiy foto ustasi uchun albatta “sanoqli soniyalar ichida bir vaqtning o‘zida yuz berayotgan hodisalarning ahamiyatini, ularning hayotda aks etadigan rasmiy unsurlarini tashkil etishdagi aniqlikni anglab etish" o‘quviga ega bo‘lish qobiliyatini shakllantirish zarur...
Urushdan keyingi yillar fotografiyaning ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik vazifalari sezilarli darajada kengaymoqda, u millionlab kishilaming qizg‘in qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Ensiz plyonkali fotokameralar hamda zarur o‘lchamdagi fotomateriallarning ommaviy tarzda ishlab chiqarilishi fotografiyani qisqa vaqtlar ichida millionlab kishilarning ishtiyoqiga aylantirdiki, bu, shubhasiz, professional suratchilar mahoratining o‘sishiga turtki bo‘lib, ularning saflari behad oshishiga olib keldi. Minglab kishilar butun tun bo‘yi mijja qoqmay fotohavaskor ehtiyojlariga moslangan proyavitelli idishda tasvirning paydo bo‘lish siriga mahliyo bolganlaricha tong ottirdilar.
Ommaviy fotografiyaning tarqalishiga – uning keng quloch yoyishiga hamda teran harakat qilishiga — fotosuratning badiiy ifodaliligini oshiruvchi maxsus fotografik vositalarini izlab topishga olib keldi, bu esa o‘zining "bolalik va o‘smirlik"ning butun davrini, fotografiyadan asrlar, balki ming yillar oldin paydo bo‘lgan tasviriy san’atning rangtasvir va grafika kabi turlarining usul-uslublarini o‘z ichiga qamrab oldi. Fotografiyaning ayni shu davri, ya’ni inson faoliyatining nisbatan yosh bo‘lgan turi, rivojlanib, nisbatan xoli jabhalar: amaliy, funksional fotografiya hamda san’atning bir turi sifatida fotografiyani vujudga keltirdi.
Aytish mumkinki, funksional fotografiya jadallik bilan turmushga tadbiq etishning yangidan-yangi jabhalari – ilmiy-tekshirish, o‘quv-axborot, ijtimoiy-siyosiy va boshqalarni qamrab olmoqda. Fotografiya atrof-tevarakni yangi jihatdan ifoda etishning ma’qul va universal vositasi sifatida ongning betakror va ishonchli quroliga aylanmoqda hamda kishiga tobora ana shu olamga kirish imkoniyatlarini bermoqda. Bular nafaqat tabiat olamigina emas, balki inson tomonidan yaratilgan olam hamdir. Bunyodkor inson tomonidan yaratiladigan bari yangiliklarni, suratchi xuddi davr yilnomachisi sifatida qog‘ozda tarixnii qayd qilishga harakat qiladi. Butun dunyoga xos bu jarayon O‘zbekistonga ham taalluqlidir. Ha, tarixan bu chegara hali juda qisqa, bu faqatgina bo‘lg‘usi madaniyat tarixchilariga turli xalqlar vakillari, jumladan, o‘zbekistonliklarning ham, ularning turmushlariga fotografiyaning ommaviy tarzda kirib kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy ongda yuz berayotgan o‘zgarishlarning asl miqyosini tasavvur qilishga imkon beradi. Biroq hozirning o‘zida aynan fotografiya maishiy darajada ba’zi muhim va tayanch ma’naviy jabhalar va hattoki urf-odatlarga ham "aralashganini" sezish mumkin. Shu tariqa suratga olish asta-sekin urfga kirmoqda, so‘ngra esa bu bayram tantanalarini deyarli majburiy jihatlaridan biriga aylanmoqda. Aynan fotografiya har jihatdan hozirgi zamon kishisida reflaksiyaga layoqatni, o‘ziga chetdan o‘zini oldingi, o‘n yil yoki besh yil ilgarigi holati bilan qiyoslay olish ehtiyojini rivojlantirdi. Bu narsa keng ma’noda insonning o‘z-o‘zini hurmat qilishiga, uning o‘z-o‘zini mavjudot sifatida anglay olishi, hayotning tanlangan loyihasi bo‘yicha ongli ravishda harakat qiladigan, vaziyat o‘zgarishida o‘zini yo‘qotmaslik hissining o‘sishiga yordam beradi. Aynan maishiy fotografiya, dastlab erkin, o‘zida ijtimoiy buyurtma bosimini his qilmaydigan suratchilik, bu davrda tarixning totalitar tuzum tazyiqi ostida bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida, badiiy fotografiyaning yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ming taassufki, Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romani qahramonlaridan birining tilidan aytilgan lo‘nda ibora – “qo‘lyozmalar yonmaydi” so‘zlari hayotda universal va qat’iy emas. Fotosuratlar – to‘xtatib bo‘lmas olam lahzalarining nodir "qo‘lyozmalari" afsuslar bo‘lsinki, yonmoqda va hattoki mualliflarning o‘zlari tomonidan arxivda yotgan suratlar o‘z hayotiy hududlarini kengaytiirish uchun ham ayovsiz kuydirilmoqda. Xususiy arxivlardan fotosuratlarni izlash va ulami saqlash o‘zbek fosuratchiligining oldingi va bo‘lg‘usi tarixchilari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xorazmda tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʼdodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Qiziquvchan oʻsmir nemis tilini oʻrgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. 20-asr oxirida Xorazmning oʻsha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oʻlkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugʻi Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib, unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki isteʼdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan. 1907-yilda Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan. 1907—1908-yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U „Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari“, „Turkiston koʻrinishlari“, „Xiva va xivaliklar“ kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. „Oʻzbekistanskaya pravda“ („Oʻzbekistan haqiqati“), „Inqilob quyoshi“ gaz.larida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi. Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq „Sovkino“ning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga „Shoʻr koʻl“, „Ishchi ayollar“ singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. Devonov. suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr, Xiva shahridagi Devonov, yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi. Xudoybergan Devonov — birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi.

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling