Reklama va amaliy grafika


Juda keng burchakli obyektivlar


Download 82.7 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1594398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
dIPLOM

Juda keng burchakli obyektivlar.
Fokus masofasi 20 mm dan 24 mm.gacha keng burchakli obyektivlarning bor imkoniyatlari va badiiy ifodaviy xususiyatlarini xis qilish imkonini beradi. Kо‘rish (makonni qamrab olish) burchagi bu obyektivlarda juda ham keng. Ular beradigan tasvirni ham boshqa obyektivlar beradigan tasvir bilan adashtirib yuborish juda qiyin. Perspektivaning о‘ziga xos, g‘ayritabiiy qurilishi, rakurslar yordamida xosil qilinadigan effektlar bularning barchasi keng burchakli obyektivlarning imkoniyatlaridir. Masalan yuqoridan pastga qaratilgan keng burchakli obyektiv normal bо‘yli insonni 1 metr bо‘yli karlikka aylantirishi yoki kichkinagina bolakayni xaqiqiy gigantga aylantirib qо‘yishi mumkin.
Ekstremal keng burchakli obyektivlar
20 mm fokus masofaga ega bо‘lib 90 gradusdan yuqori kо‘rish burchagiga ega bо‘ladi. Bunday obyektivlar olamga butunlay о‘zgacha nazar bilan qarashga imkon beradi. Tasvirga olinadigan kadr kompozitsiyasini faqatgina fotoiskatel tirqishiga qarabgina tuzish mumkin. Bunday obyektivlar aksariyat interyerlarda ishlashga mо‘ljallangan. Keng burchakli obyektivlarning juda ham о‘zgacha va antiqa turi bо‘lib ularning kо‘rish burchagi 180 gradusni tashkil etadi. Bunday g‘ayrioddiy effekt obyektivlarga xos bо‘lgan Distorsiya deb nomlangan aberratsiyaning aksincha atayin kuchaytirilishi evaziga xosil bо‘ladi. Filmlar yaratishda keng burchakli obyektivlardan nafaqat cheklangan sharoitda ma’lum bir obyektni kadrga sig‘dirish, balki asar dramaturgiyasidan kelib chiqqan xolda maxsus tasviriy ifodaviy vosita sifatida ham keng qо‘llaniladi. Inson ruxiyatida kechayotgan g‘ayritabiiy xislar, tuyg‘ularni tomoshabinga yetkazib berishda keng burchakli, umuman barcha turdagi obyektivlardan mahorat bilan foydalana olish har bir bо‘lg‘usi fotooperatorning vazifasidir.

3.3. Tasvirga olingan fotolarni kompyuterda ishlov berish jarayonlari
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni O’zbekiston davlat simfonik orkestri tanlashimdan maqsad hozirgi zamon texnologiyalari va san’atning go’zal yo’nalishlaridan bo’lmish musiqa bilan badiiy fotoni birlashtirishdir. To’rt yil davomida olgan bilimlarimni ushbu diplom ishimda ko’rsatib bermoqchiman. Men ustozlarim bilan ko’p maslahatlashib shu mavzuni tanladim. Men avval ko’pgina joylarga bordim ko’p mavzulada ijod qilib ko’rdim, lekin ohiri musiqani sehrli sadosi meni o’ziga tortdi . Orkestrning sehrli kuyi meni shu mavzuni tanlashga majbur qildi. U yerdagi musiqachilarni holatlari musiqa asboblarini sehrli navolari hissiyotlari o’zgachaligi menga yoqti. Mana shu holatlarni suratlarga muhrlashga harakat qildim. Olgan suratlarimni kompyuterda turli hil dasturlarda har hil holatlarga solib ko’rdim. Adobe Photoshop corel draw va boshqa pargarammalarda ishladim. Adobe Photoshop CS3 dasturi interfeysi ikki o‘lchamli rakurs asosida ishlaydi. Dasturni ishga tushurganimizda ekranda bo‘sh oyna paydo bo‘ladi. Siz bu erga muayyan JPG, TIFF, BMP, PDF, RAW va xakozo formatlarga ega bo‘lgan fayllarni ochib (OPEN) ular bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Dasturdan foydalanish jarayonida tanlab olingan rasmlarga keraklicha ishlov va bezak berildi. Ushbu jarayon davomida muayyan tasvir tanlanib olinib unga (Image, adjustments, Photofilter) menyusi tanlanib kerakli rang berildi. Mazkur buyruq bajarilgandan so‘ng (Filter, Texture, Texturizer) menyusi tanlanib unga (Mosaic Tiles) yuklamasi yordamida tasvirga tekstura beriladi. Foto tasvirlarimda kompozitsion joylashuvlariga va ish jarayoni, uni ustaxonasi u erdagi qolgan jixozlarni ko‘rinishi bir-biriga halaqit bermasligini inobatga oldim. Suratga olish ishlari jarayonida kechani-kecha demasdan ishga bo‘lgan shijoatni va o‘z yangi portret asarimni oxiriga etkazishga intilishimni ko‘rsatishga harakat qildim.


Xulosa
Hozirgi kunda yurtimizda juda ham ko’p yangi islohatlar bo’lib o’tmoqda .San’at sohasida ham bir qator yangi islohatlar bo’lib o’tmoqda . Yangidan yangi farmoishlar tayinlanmoqda. Bu islohatlar yoshlar uchun .Yurtimizda foto san’atiga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Foto san ‘ati bu juda ham kerakli soha deb o’ylayman chunki foto tasvirlarga muhirlangan ko’p voqeliklar kelajak avlod uchun foydali hissoblanadi . Bu fotolar tarixni tanishga ham yordam beradi . Foto san’ati insoniyatni madaniy rivojlanishiga ham katta hissa qo’shadi. Masalan dizaynlarga marketinglarga reklama plakat va turli hil sohalarda alohida o’z o’rniga ega.
Mening mavzuim simfonik orkestr mavzusi bo’lgani uchun bu musiqani qanday go’zal ekanini ko’rsatib berish uni foto kameralarga muhirlash o’sha jarayondagi his tuyg’ularni insonlarda bo’lib o’ta yotgan hayajon va havaslarni foto tasvirlarda ifodalashga harakat qildim va shu orqali insonlarda haqiqiy musiqani qanday ekanligini jonli ijrodagi hislar fonagramada topilmas ekanligini tsuhuntirsh va haqiqiy musiqaga bo’lgan muhabbatni uyg’otishdan iborat . , Badiiy fotoni kompyuterda loyixalash, Kompyuter grafikasi, Badiiy foto kompozitsiyasi, Foto texnika va texnologiyasi kabi fanlardan zamonaviy fototasvirlarni amalga oshirish uslublarini, fotosuratlarni zamonaviy kompyuter dasturlarida ularga sayqal berish jarayonlarini va sir – asrorlarini o‘rgandim. Kelajakda mana shu olgan bilimlarimga yarasha, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishga hamda O‘zbekiston nomini zamonaviy foto sohasidagi ijodiy ishlarim bilan yuqori pog‘onalarga ko‘tarishga harakat qilaman.

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling