Rekultivatsiyaqilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. I. bob. Ko’mir sanoati


Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ushbu yoqilg’i ya’ni ko’mir bilan uzluksiz va barqaror taminlash


Download 143.5 Kb.
bet6/9
Sana03.02.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1152720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs iwwwwwwwwwwwwwwwwww

2.2.Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ushbu yoqilg’i ya’ni ko’mir bilan uzluksiz va barqaror taminlash.

Ko’mir sanoati


Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi muhim o’rinlardan birini ko’mir sanoati egallaydi. Iqtisodiyot sohalari va aholini qattiq yoqilg’i bilan uzluksiz va barqaror ravishda ta'minlash - respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishning muhim omilidir.
Mamlakatimizda aniqlangan ko’mir zahiralari 1832,8 mln. tonnani, jumladan, qo’ngir ko’mir - 1786,5 mln. tonnani, toshko’mir - 46,3 mln. tonnani tashkil qiladi. Bashorat qilingan ko’mir resurslari 3,5 mlrd. tonnadan oshadi. Surhondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida toshko’mirning katta zahiralari joylashgan.
O’zbekistonda ko’mir qazib olish ishlarini “O’zbekenergo” AJning “O’zbekko’mir” AJ, “Shirg’unko’mir” OAJ va “Apartak” MChJ amalga oshiradi. “Angren” ko’mir konida ko’mir zahiralari ochiq usulda ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, “Yerostigaz” OAJ yer osti gazlashtirilishi usuli bilan qo’ngir ko’mirdan gaz ajratib oladi.
“Yerostigaz” OAJ stansiyasi jahon amaliyotida o’xshashi bo’lmagan eng qudratli sanoat ob'yekti hisoblanadi. Korxonaning bosh maqsadi qo’ngir ko’mirni yer ostida energetika gaziga qayta ishlab chiqish va undan keyinchalik Angren IESda foydalanishga qaratilgan.
2012 yilda ko’mir qazib olish 3,9 mln. tonnani tashkil qildi, 147 mlrd. so’mdan ziyod tovar mahsuloti ishlab chiqarildi.
Respublika energetika balansida ko’mirning ulushini oshirish muhim ekanligini inobatga olib, hukumat qarori bilan Ko’mir sanoatini rivojlantirishning 2019 yilgacha mo’ljallangan dasturi tasdiqlandi. Unga ko’ra, yangi ilg’or texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, texnologik jihatdan yangilash va kengaytirishga qaratilgan qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Dasturning amalga oshirilishi 2019 yilga kelib foydali qazilmalarning yuzini ochish hajmini 71 mln.m3 gacha, ko’mir qazib olishni - 8,1 mln. tonnaga yetkazish, respublika ko’mir sanoatini sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish, uning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
Investitsiya siyosatiga muvofiq, kompaniya tomonidan “Yangi Angren IESning 1-5-energobloklarini “Angren” ko’mir konini modernizatsiyalash bilan birga yil bo’yi ko’mir yoqishga o’tkazish”, “Angren IESda kulchanligi yuqori bo’lgan ko’mirni yoqish uchun issiqlik olish bilan 130-150 MVt quvvatli energoblok qurish” loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu “Angren” konida ko’mir qazib olish jarayonida to’planib qoladigan taxminan 1,0 mln. tonna past navli ko’mirni stansiya uchun yoqilg’i sifatida ishlatishga imkon beradi. Mazkur texnologiyadan jahondagi 25 ta issiqlik elektr stansiyalarida foydalaniladi xolos.
Qo’ngir ko’mir qazib olish darajasini oshirish maqsadida, “Apartak” MChJni modernizatsiyalash zaruriyati munosabati bilan innovatsion texnologiyani qo’llagan holda “Apartak” konida muqobil qo’ngir ko’mirdan dizel yoqilg’isi hosil qiluvchi zavod qurilishi ko’zda tutilmoqda. Zavodning loyiha quvvati yiliga 2,2 mln. tonna qo’ngir ko’mirga ishlov berish yoki 700 ming tonna dizel yoqilg’isini olishni nazarda tutadi. Shuningdek, ikkilamchi kaolin (oq rangli gil loy)dan gil-sement ishlab chiqarishini yaratish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Milliy matbuot markazida “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati infratuzilmasi va ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, uni texnik va texnologik modernizatsiya qilish bo‘yicha asosiy vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ko‘mir sanoati O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Sohada ko‘p yillardan buyon ko‘mir qazib olish va mahsulot sotishning yuqori o‘sish sur’atlari, shuningdek, asosiy iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarning ijobiy rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori va har yili tasdiqlanayotgan investitsiya dasturlari muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati direktorining o‘rinbosari N.Umarovning aytishicha, mamlakatimiz katta ko‘mir zaxirasiga ega. Mamlakatimiz energetika sektorida ko‘mir ulushini ko‘paytirish muhimligi hisobga olingan holda, “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangi ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda, ishlab chiqarish jarayonlari takomillashtirilib, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilash va kengaytirishga qaratilgan qator investitsiya loyihalari hayotga joriy etilmoqda.
Ishlab chiqarishga davriy – uzluksiz texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, “Angren” konini modernizatsiya qilish orqali Yangi Angren IESning 1-5 bloklarini yil davomida ko‘mir yoqishga o‘tkazish asosiy investitsiya loyihalari sirasiga kiradi. Bu esa ko‘mir qazib olish, uni transportirovka qilishni 2016-yilga kelib, yiliga 3,2 million tonnadan 6,4 million tonnagacha ko‘paytirish imkonini beradi. Shu maqsadda turli rusumdagi o‘n beshta ekskavator, 110 tonnagacha yuk ko‘taradigan o‘ttizta “BelAZ” avtomobili, konveyyer transportining umumiy uzunligi 14000 metrdan ortiq asosiy texnologik liniyalari xarid qilindi. Bundan tashqari, yuk tushiruvchi va ortuvchi transportlar, greyderlar, buldozerlar, burg‘ulash qurilmalari, gusenitsali ekskavatorlar va boshqa yordamchi uskunalar sotib olindi.
Shuningdek, “Angren” konini modernizatsiya qilishning ikkinchi bosqichi va “Sharg‘unko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan muhim investitsiya loyihalaridan hisoblanadi. Buning natijasida yiliga 900 ming tonna hajmida toshko‘mir qazib olish rejalashtirilmoqda.
Zavodni texnologik qayta jihozlash va tog‘-kon-texnologik uskunalarni ta’mirlash ishlari ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlar, uzellar, detallar turini kengaytirish, tog‘-kon-transport va tog‘-kon-shaxta uskunalarini ta’mirlashni yaxshilash, zavod quvvatini o‘rtacha 2,5 barobarga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, “Angren” konida gliyej qazib olish bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobidan prognoz qiymati to‘rt million dollarga teng ishlab chiqarish tashkil etiladi. Buning natijasida mamlakatimiz sement zavodlariga sotish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun yiliga 300 ming tonna gliyej qazib olinadi.
Yana shuni ta’kidlash muhimki, “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Angren” maxsus industrial zonasida tashkil etilgan korxonalar bilan birgalikda Farg‘ona vodiysi hamda Angren shahrida ko‘mir taqsimlash punktlari negizida briket liniyalarini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ikkilamchi kaolinlardan loy tuproqli sement ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyiha ishlab chiqilmoqda. Uning amalga oshirilishi katta hajmda iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradi. Ko‘mir chiqindilaridan organik-mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi sug‘oriladigan yerlar unumdorligini yaxshilash va hosildorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Belgilangan barcha loyihalarning hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish balansi tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish va ko‘mir qazib olishni ko‘paytirish, ko‘mir qazib olish korxonalarining yuqori likvidli mahsulotlari turini kengaytirish imkonini beradi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling