Rekultivatsiyaqilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. I. bob. Ko’mir sanoati


Ko‘mir sanoati: samaradorlik va tejamkorlik sari


Download 143.5 Kb.
bet2/9
Sana03.02.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1152720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs iwwwwwwwwwwwwwwwwww

Ko‘mir sanoati: samaradorlik va tejamkorlik sari


Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab tobora oshib borar ekan, mavjud manbalardan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar sanoatni rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishning garovi bo‘lib qolmoqda. 

Bu borada ko‘mir qazib olish sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, nainki tabiiy resursdan tejab-tergab foydalanish, balki aholini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash, atrof-muhit holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
O‘zbekiston ko‘mirning yirik zaxiralariga boyligi jihatidan dunyodagi peshqadam mamlakatlardan biri hisoblanadi. 

Angren ko‘mir koni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik konlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq yoqilg‘ining 85 foizi ana shu kon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qazib olinayotgan ko‘mirni aholi va byudjet tashkilotlariga muntazam yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Tahlillar mamlakatimizda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talab tobora o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. 2010-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda aholi va byudjet tashkilotlarining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji 2,5 barobardan ortib ketgan. Ana shu talabdan kelib chiqib, soha korxonalarida ko‘mirni qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish hajmini ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Angren konida ko‘mir qazib chiqarishda zamonaviy aylanma oqim texnologiyasining amalga tatbiq etilgani sohada sarf-xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi. 

Amalga oshirilgan bu kabi chora-tadbirlar samarasida ko‘mir qazib olish hajmining 3,3 million tonnadan 4 million tonnaga, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan qattiq yoqilg‘ining 2,5 million tonnadan 3,7 million tonnagacha o‘sishiga erishildi. 

Bundan tashqari, kon texnikasini yangilash, modernizatsiya qilish, ularni zarur ehtiyot qismlari bilan ta’minlash yuzasidan uchta loyiha amalga oshirilmoqda, – deydi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Shuhrat Po‘latov. – Bu sa’y-harakatlar natijasida 2010-2016-yillar oralig‘ida kon ustini ochish ishlari birmuncha jadallashib, ko‘mir qazib olish 2010-yildan bugungi kunga qadar 2 million tonnagacha ko‘paydi. 

Ijtimoiy soha obyektlari, aholi o‘rtasida ko‘mirga bo‘lgan talabning muttasil oshib borayotgani tizimdagi korxonalar zimmasiga yangi vazifalar yuklamoqda. Ana shu vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘mir briketi ishlab chiqarish, aholi va ijtimoiy soha muassasalariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish masalalari tartibga solindi. 

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling