Rekultivatsiyaqilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. I. bob. Ko’mir sanoati


yilda O'zbekistonda 4,4 mln tonna ko'mir qazib olindi


Download 143.5 Kb.
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1152720
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs iwwwwwwwwwwwwwwwwww

2014 yilda O'zbekistonda 4,4 mln tonna ko'mir qazib olindi



Ko'mir sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o'rinlardan birini egallaydi. O'tgan yil davomida ushbu tarmoqda 301 mlrd. 181 mln. 194 ming so'mlik mahsulot sotilgan.


Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ushbu yoqilg'i bilan uzluksiz va barqaror ta'minlash – respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy yangilanishlarni amalga oshirishda muhim omil bo'ladi.

2014 yili O'zbekistonda 4,4 mln tonna ko'mir qazib olindi. Investitsiya dasturiga muvofiq, ushbu tarmoqqa yo'naltirilgan 123 mlrd 700 mln so'mlik kapital qo'yilmalar o'zlashtirildi. Ayni paytda O'zbekistonda ko'mir qazib olish bilan “O'zbekko'mir” OAJ, “Sharg'unko'mir” OAJ va “Apartak” MCHJ korxonalari shug'ullanadi.


Qazib olingan ko'mirning umumiy miqdoridan 3 mln 989 ming 586 tonnasi “O'zbekko'mir” aksiyadorlik jamiyati hissasiga (rejada - 4 mln 100 ming tonna), 300 ming 39 tonnasi “Apartak” MCHJ (rejada - 250 ming tonna), 107 ming 210 tonnasi esa “Sharg'unko'mir” aksiyadorlik jamiyati (rejada - 36 ming tonna) ulushiga to'g'ri keladi. 
Mamlakatimiz energetika sektorida ko'mir ulushini ko'paytirish muhimligi hisobga olingan holda, hukumatimiz tomonidan “Ko'mir sanoati tarmog'ini 2019 yilgacha rivojlantirish” Dasturi tasdiqlandi. Unga binoan yangi ilg'or texnologiyalar joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilash va kengaytirishga qaratilgan qator investitsiya loyihalarini hayotga joriy etish rejalashtirilmoqda.
Dasturning amalga oshirilishi 2019 yilgacha ko'mir qazib olish hajmini 8,1 mln.tonnagacha oshirish va ushbu sanoatni rivojlanishning yangi sifat bosqichiga olib chiqish, eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Ko'mir sanoatini rivojlantirishning bosh omili sifatida ichki bozorda elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlarining o'rnini bosish, O'zbekiston energetika balansida ko'mirning ulushini ko'paytirish yotadi.
Ko'mir yoqilg'isining asosiy iste'molchisi elektroenergetika tarmog'i bo'lib, uning ulushiga ko'mir iste'molining umumiy ko'rsatkichidan 85 foizi to'g'ri keladi. Shuningdek, sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal soha va aholida ham ko'mirga talab katta.



Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling