Renessans ta’lim universiteti mavzu: sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish metodikasi mavzusidaga kurs ishi bajardi


Download 60.21 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi60.21 Kb.
#1569658
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SINFDA O‘QISH VA SINFDAN TASHQARI O‘QISH METODIKASI

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar:

Ertak asosida chizilgan sur’atlar va
aplikassiyalar.

1.”Laylak bilan tulki” O‘zbek xalq ertagi.
2.”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy.
3.”Kapalak” Zulfiya. She’rlar to‘plami.
4.”O‘tinchi yigit bilan sher” ertak.
5.”Ko‘ngilchan o‘tinchi” ertak.
6.”Asalari bilan pashsha” ertak.

O‘qilgan adabiyotlar. O‘quvchilar
tavsiya qiladigan
adabiyotlar.

O‘quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O‘zlariga yoddan asar qahramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o‘qigan kitoblari asosida sahna ko’rinishlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar to‘qiydilar.Savol-javob,test uslublaridan foydalanadilar.
Darsllar jarayonida o‘rgangan xalq maqollari,hikmatli so‘zlar,tez aytishlardan foydalanib o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga ega bo‘ladilar. Masalan: “Mehnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish mumkin.



Mehnat-mehnatning......raxat

Mehnat.... keltirar

Hunar-hunardan .....unar

Ishlagan tishlaydi,
Ishlamagan ......

Hunar-hunardan .....unar

Halol mehnat yahshi odat,
berar senga .......

Yigit kishiga .......

Xarakating erta bo’lsa
......o’rasan.

Gap bilan ....... berma,
Ish bilan dalda ber




Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli, ammo sharafli kasbimizni bajarishda izlanuvchan ijodkor bo‘lishimiz zarurdir.Chunki sobiq yurtboshimiz aytganidek, ”Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” shu bilan birga biz yoshlarga yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyev biz yoshlarga katta etibor qaratgan .


Oʻqituvchi kitobni asta –sekin varaqlab, har bir betdagi rasmlarga alohida toʻxtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan oʻquvchilar fikri eshitilib, toʻldiriladi. Oʻquvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar oʻquvchilarga oʻqitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga koʻzlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin oʻquvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va koʻnikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka- ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirigʻi berilib, dars yakunlanadi.
Boshlang`ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashgʻulotlarga e’tiborni kuchaytirish bilan ham ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qoʻshib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uygʻotish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa toʻldirishdir. Huddi dars jarayonida boʻlgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi masʻuliyatli va ahamiyatlidir. Bu masʻuliyat ulardan doimiy ravishta oʻz ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yoʻnaltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, oʻquvchi kundalik hayotining namoyon boʻlishidir. Oʻquvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol- javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma`naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda oʻquvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini oʻstirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg`ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qoʻyadi. Ularning har biri oʻzga xos belgilarni, bir- biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar oʻqituvchilarning yillik ish rejalarida aniq koʻrsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan boʻlishi lozim. Boshlangʻich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o`quvchilar hayoti bilan ya`ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1- sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tugʻilgan kunlari, 8- mart, Navroʻz bayrami, gullar bayrami kabilar.
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat standartlari va o‘quv dasturiga ko‘ra 1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi,boyitiladi.



Download 60.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling