Rentgen apparatning tuzilishi


Download 79.56 Kb.
bet3/12
Sana09.03.2023
Hajmi79.56 Kb.
#1256016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
radio javoblar

UZDNING fizik asoslari. Ultratovush to‘lqinlari tashxis qo‘yish uchun foydalanishga imkon beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqaladi - shuning uchun ularning chiziqli o‘lchamlari va shakli saqlanib qolganda, o‘rganilayotgan organlarning tasvirlarini deyarli buzilmasdan olish mumkin;
ular fokuslanish imkoniyatiga ega;
organlarga kirib borish;
biologik to‘qimalarning tashqi konturlari kabi turli zichliklarning chegaralaridan turlicha aks ettiriladi, shuningdek, organlarning ichki tuzilishi va funksiyasi haqida ma'lumot berishi mumkin. Ultratovush klinik amaliyotda keng ishlatiladi. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar mobaynida ushbu usul ko‘plab kasalliklarning tashxislashda eng keng tarqalgan muhim usullardan biri bo‘ldi. UTTga qarshi ko‘rsatma yo‘q, u xavfsiz, u yuqori diagnostik samaradorligi bilan ajralib turadi (diagnostikani aniqligi bir qator kasalliklarda potomorfologik ma’lumotlar bilan taqqoslaganda 80% dan oshadi), soddaligi, nurlanishni yo‘qligi ( homilador ayollar va bolalarni tekshirish imkonini beradi), noninvaziv, bir necha marta tekshirish imkonini beradi, real vaqtda tekshiriladi. Og‘ir, transportirovka qilish mumkin bo‘lmagan bemorlarni tekshirish uchun ultratovush uskunasi har qanday tibbiy muassasaga yetkazilishi mumkin. Yana bir afzalligi-ko‘plab organlar va tizimlarni bir vaqtning o‘zida o‘rganish mumkinligidir, bu, ayniqsa, murakkab klinik ko‘rinishdagi holatlarda muhimdir. UTTni boshqa usullar bilan solishtirganda yana bir muhim afzalligi – arzon narxda ekanligidir, an’anaviy rentgenologik usuldan bir necha marta kam, va RKT va MRTga nisbatan o‘n barobar kam bo‘ladi. Shuning uchun ultratovush ko‘plab organlar va tizimlarni o‘rganish uchun skrining metod sifatida ishlatilishi mumkin.
Shu bilan birga, ultratovush usuli ba'zi kamchiliklarga ega:
bir qator organlar va tizimlarni (o‘pka, ichki suyak tuzilishi, bosh miya kata yoshlilarda, gaz bilan to‘lgan ichak) o‘rganishda cheklovlar mavjud;

Download 79.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling