Rentgen nurlarining hosil qilinishi. Rentgen nurlarining spektrlari. Mozli qonuni


Download 354.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi354.74 Kb.
#1053333
1   2   3
Bog'liq
6-MARUZA

Rentgen nurlarining spektrlari. Tormozlash rentgen nurlari tutash spektrni 
hosil qiladi. Tutash spektrning tuzilishi anod materialiga bog‗liq bo‗lmaydi. Tutash 
spektr quyidagi xossalarga ega: spektrda rentgen nurlari intensivligining to‗lqin 
uzunligiga bog‗liq ravishda taqsimlanishi egri chiziqdan iborat bo‗lib, to‗lqin 
uzunligining aniq qiymatlarida egri chiziq maksimumga ega bo‗ladi. 
Intensivlikning bu maksimumidan uzun to‗lqinlar va qisqa to‗lqinlar tomonga 
pasayishi turlicha bo‗ladi; uzun to‗lqinlar tomonga pasayganda egri chiziq 
assimptotik ravishda nolga intiladi, qisqa to‗lqinlar tomonga pasayganda esa 
keskin pasayadi va to‗lqin uzunligining ma‘lum bir qiymatida spektr keskin 
uziladi. To‗lqin uzunligining bu qiymati tutash spektrning qisqa to‗lqinli chegarasi 
deyiladi va u elektronlarni tezlatuvchi potensialga bog‗liq bo‗ladi. 
8.3-rasmda anod va katod orasidagi potensiallar farqining turli qiymatlari uchun 
tormozlanish rentgen nurlanishining tutash spektri keltirilgan. Rasmda 
tormozlanish rentgen nurlanishi intensivligining to‗lqin uzunligiga bog‗liqligi 
tasvirlangan. Anod va katod orasidagi potensiallar 
ayirmasi U
1
=30 kV bo‗lganda spektr to‗lqin 
uzunligi ma‘lum bir chegaraviy λ
cheg1
qiymatidan 
boshlanib, uzun to‗lqin uzunliklar tomonidan 
davom etadi. Potensiallar ayirmasi yana oshirila 
borilsa, U
2
=40 kV bo‗lganda, spektrning qisqa 
to‗lqinli chegarasi chapga siljiydi, λ
cheg2
spektrning 
intensivligi esa ortadi. U
2
=50 kV bo‗lganda ham 
shunday bo‗ladi va h.k. 
Tutash spektrning qisqa to‗lqinlar sohasida 
spektrning uzilishini kvant mexanikasi tasavvurlari 
8.3-rasm 


131 
asosida quyidagicha tushuntirish mumkin: elektronlar tormozlanishida hosil 
bo‗ladigan rentgen nurlarining energiyasi tormozlangan tez elektronlarning 
energiyasidan katta bo‗la olmaydi. 
Katod va anod orasiga qo‗yilgan potensiallar ayirmasi bilan tezlashtirilgan 
elektronlar eU kattalikdagi kinetik energiyaga erishadi. Elektronlar anod sirtiga 
urilib tormozlanganida kinetik energiyasining bir qismi anodni qizdirishga sarf 
bo‗ladi, qolgan qismi hosil bo‗lgan rentgen nurlanishi kvantlari energiyasiga 
aylanadi. U vaqtda energiya uchun quyidagi munosabat o‗rinli bo‗ladi: 
hν<
 
 
 
(8.1) 
(8.1) formulada  – tormozlanish rentgen nurlanishi kvantlarining energiyasi, eU 
– tezlashtirilgan elektronlarning kinetik energiyasi, elektronlarning anodni 
qizdirishga sarflanadigan energiyasi har xil bo‗lganligi uchun hosil bo‗ladigan 
rentgen kvantlarining energiyasi ham har xil bo‗ladi, ya‘ni har xil energiyali 
rentgen kvantlari nurlanadi. Shuning uchun ham tormozlanish rentgen nurlanishi 
tutash spektrga ega bo‗ladi.
Tormozlanish rentgen nurlari tutash spektrida eng qisqa to‗lqin uzunligiga 
to‗g‗ri keladigan rentgen nurlanishi kvantlari
max 
maksimum energiyaga ega 
bo‗ladi. Bunday katta energiyali tormozlangan rentgen nurlanishi kvantlari anodga 
kelib urilayotgan tez elektronlarning kinetik energiyasi to‗liq ravishda 
tormozlangan rentgen nurlari energiyasiga aylanganida hosil bo‗ladi. Shuning 
uchun tutash spektrning chegarasi λ
min
ni topish uchun elektronning eU kinetik 
energiyasini rentgen kvantining maksimal energiyasi 
max
ga tenglashtirish kerak, 
ya‘ni: 
eU=hν
max
(8.2) 
(8.2) formulada ν
max
=c/λ
min 
ekanligini hisobga olgan holda λ
min 
uchun quyidagi 
ifodani yozish mumkin: 
λ
min
=hc/eU,
(8.3) 
(8.3) formulada
λ
min
=λ
cheg
,
λ
cheg
– tutash spektrning eng qisqa chegaraviy to‗lqin uzunligi deyiladi. (8.3) 
formuladan ko‗rinadiki, tutash rentgen spektrining chegaraviy to‗lqin uzunligi 
faqat potensiallar ayirmasiga bog‗liq bo‗lib, anod materialiga bog‗liq emas. 

Download 354.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling