Rentgen nurlarining hosil qilinishi. Rentgen nurlarining spektrlari. Mozli qonuni


Download 354.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi354.74 Kb.
#1053333
  1   2   3
Bog'liq
6-MARUZA



129 
XVI-MA‟RUZA (2 soat) 
RENTGEN NURLARINING HOSIL QILINISHI. RENTGEN 
NURLARINING SPEKTRLARI. MOZLI QONUNI. 
 
Reja:
1. Rentgen nurlarining hosil qilinishi.
2. Rentgen nurlarining spektrlari.
3. Mozli qonuni. 
Rentgen nurlarining hosil qilinishi. Rentgen nurlari 1895-yilda V.Rentgen 
tomonidan kashf qilingan bo‗lib, uning nomi bilan ataladi. Rentgen nurlari 
elektromagnit to‗lqinlar nurlanishi bo‗lib, to‗lqin uzunligi λ=(10

0,001) nm oraliq-
da bo‗ladi. Rentgen nurlari ikki xil bo‗lishi aniqlangan: tormozlanish va 
xarakteristik rentgen nurlari. 
Rentgen nurlari 8.1-rasmda tasvirlangan rentgen 
trubkasida hosil qilinadi. 
Eng oddiy rentgen trubkasi ichidan havosi so‗rib 
olinib (10
–5
-10
–7
) mm Hg bosim hosil qilingan 
shisha ballon bo‗lib, uning ichiga katod K va anod A 
elektrodlari joylashtirilgan. K katod volframdan 
tayyorlangan spiral bo‗lib, bu spiraldan past voltli 
elektr toki o‗tkaziladi, bunda spiral ~2000

gacha qiziydi. Qizigan katoddan 
termoelektronlar ajralib chiqa boshlaydi. A – anod metalldan tayyorlangan massiv 
sterjendan iborat, sterjen sirtiga galvanik yoki payvandlash usuli bilan xarakteristik 
rentgen nurlari tekshiriladigan element qatlami hosil qilinadi. Katod va anod 
orasiga bir necha o‗n kilovolt tartibda potensiallar ayirmasi qo‗yiladi. 
Tormozlanish rentgen nurlarining hosil bo‗lish mexanizmi quyidagicha: katod 
qizdirilgan holda bo‗lganda, katod va anod orasidagi potensiallar ayirmasi oshirib 
boriladi. Bunda hosil qilingan elektr maydon qizigan katoddan ajralib chiqayotgan 
termoelektronlarni tezlatadi. Yetarlicha katta kinetik energiyaga erishgan 
elektronlar anod sirtiga urilib, unda tormozlanadi. 
Ma‘lumki, harakatdagi elektron atrofida elektr va magnit maydonlari mavjud, 
chunki harakatdagi elektron elektr tokiga ekvivalent. Elektronning tormozlanishi 
deganda, uning atrofidagi maydonning o‗zgarishi tushuniladi. Magnit va elektr 
maydonining o‗zgarishi elektromagnit to‗lqinlar nurlanishiga sabab bo‗ladi. Bu 
nurlanish tormozlanish rentgen nurlanishi deyiladi. 
Xarakteristik rentgen nurlarining hosil 
bo‗lish 
mexanizmi 
quyidagicha: 
xarakteristik rentgen nurlanishi murakkab 
atomlar 
ichki 
elektron 
qobiqlaridagi 
elektronlar o‗tishi natijasida hosil bo‗ladi. 
Anod va katod orasidagi potensiallar 
8.1-rasm 
8.2-rasm 


130 
ayirmasi bilan tezlatilgan, katta energiyaga ega bo‗lgan elektronlar anod materiali 
atomlari bilan to‗qnashadi va atomning ichki (K,L,M,…) qobiqlarining biridan 
elektronlarni urib chiqaradi yoki tashqi bo‗sh qobiqqa o‗tkazadi. Bo‗sh qolgan 
o‗rinlarga qo‗shni qobiqlardan elektronlar o‗tadi. Elektronlarning o‗tishi katta 
energiyadagi nurlanish chiqishi bilan sodir bo‗ladi. Bunday nurlanish anodni 
xarakterlaydi, shuning uchun ham bu nurlanish xarakteristik rentgen nurlanishi 
deyiladi. Masalan, agar K qobiqdan elektron urib chiqarilgan bo‗lsa (8.2a-rasm), K 
qobiqda bo‗sh qolgan o‗ringa undan yuqorida bo‗lgan L,M,N qobiqlarning biridan 
elektron o‗tishi mumkin (8.2b-rasm). Xuddi shunday elektron L qobiqdan urib 
chiqarilgan bo‗lsa, L qobiqdagi bo‗sh qolgan o‗ringa M qobiqdan elektron o‗tadi 
(8.2c-rasm). Bu o‗tishlarda katta energiyadagi nurlanish hosil bo‗ladi. Shu 
nurlanish xarakteristik rentgen nurlanishidir bo‗ladi. Atomning ichki qobiqlari 
orasida bo‗ladigan elektron o‗tishlarda katta miqdorda energiya ajraladi. 
Rentgen trubkalarida tezlatilgan elektronlar kinetik energiyasining ~0,01 qismi 
rentgen nurlari energiyasiga aylanadi, energiyaning qolgan qismi anodning 
qizishiga sarflanadi. Quvvati yuqori bo‗lgan rentgen trubkalarida anod suv bilan 
sovutiladi.

Download 354.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling