Rentgen nurlarining hosil qilinishi. Rentgen nurlarining spektrlari. Mozli qonuni
Download 354.74 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MARUZA
Mozli qonuni. Zaryadi +Ze bo‗lgan yadroning Kulon maydonidagi energiyasi: 2 2 1 n AZ E n . Atomning biror qobig‗idagi elektronning energiyasini quyidagicha ifodalash mumkin: 2 2 1 ) ( n Z A E nl n , (8.6) Bu formula vodorodsimon atomlar energetik sathlari energiyasini hisoblash formulasi kabi bo‗lib, bunda nl – tuzatma kiritilgan. nl – ekranlash doimiyligi 132 deyiladi. nl – yadro maydonini ichki elektronlar va boshqa elektronlar bilan ekranlashini hisobga oladi ( nl < n bir xil bo‗ladi. K-qobiqdagi elektronlarga asosan ikkinchi elektron ekranlovchi ta‘sir ko‗rsatadi, bunday holda ekranlash doimiyligi ≡1 bo‗ladi. L-qobiqdagi elektronlar uchun esa ≡8. nl ning aniq qiymatlari tajribalarda aniqlanadi va fizikaviy doimiyliklar jadvallarida keltiriladi. (8.6) formula vodorodsimon atom energiyasini topish formulasidan ) 1 2 ( 2 2 4 2 n h mZ E n ishorasi bilan farq qiladi. (8.6) formulada ishora musbat, chunki elektroni yo‗qotilgan atom energiyasi musbat bo‗ladi. Rentgen nurlari kvantlarining energiyasi energiyaning saqlanish qonuniga asosan atomning boshlang‗ich va oxirgi holatlari energiyalari farqiga teng: 2 2 2 2 2 1 2 1 1 ) ( 1 ) ( 2 1 n Z A n Z A E E h n n , (8.7) (8.7) formulada 1 n E – atomning boshlang‗ich holati energiyasi, 2 n E – atomning oxirgi holati energiyasi, A – sath energiyasi, 6 , 13 2 2 4 h me A eV, n – bosh kvant son, – ekranlash doimiyligi. Ekranlash doimiyligi ni energetik sathlar uchun emas, spektral chiziqlar uchun hisobga olish mumkin. U vaqtda (8.7) formulani quyidagi ko‗rinishda yozish mumkin: 2 2 2 1 2 1 1 ) ( n n Z A h . (8.8) Turli atomlar spektlaridagi bir xil spektral chiziqlar uchun ning qiymati deyarli doimiy bo‗ladi. Masalan, 20 chizig‗i uchun =1,13. (8.8) formuladan ko‗rinadiki, rentgen spektral chiziqlarining chastotasi (rentgen nurlari chastotasi) elementdan elementga o‗tishda amalda Z 2 ga proporsional ravishda ortadi. Bu qonuniyat 1913-yilda Mozli tomonidan tajriba orqali kashf etildi. Mozli turli elementlar xarakteristik rentgen spektral chiziqlarining chastotasini o‗rganib, rentgen nurlari chastotasidan chiqarilgan kvadrat ildiz elementining tartib raqami Z ga chiziqli bog‗lanishda ekanligini aniqladi, ya‘ni ) ( n Z a , (8.9) (8.9) formulada – xarakteristik rentgen nurlari chastotasi, n – ekranlash doimiyligi, Z – antikatod (anod) yasalgan elementning tartib raqami, a – ayni seriya spektral chiziqlari uchun doimiy miqdor bo‗lib, quyidagicha aniqlanadi: 2 2 1 1 m n Rc a , bunda R – Ridberg doimiyligi, c – yorug‗likning vakuumdagi tezligi, m va n lar elektron orbitalarining tartib raqami. 133 (8.9) formula Mozli qonunini ifodalaydi. Mozli qonuni Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida elementlar tartib raqamini to‗g‗ri aniqlashda muhim o‗rin tutadi. Elementlar davriy tizimining turli qismlarida hali kashf etilmagan elementlarga tegishli ochiq qolgan joylar mavjud edi. Z=58 dan Z=71 gacha bo‗lgan oraliqdagi elementlarning to‗g‗ri joylashtirilganligi ishonchsiz edi. Chunki bu elementlarning kimyoviy xossalari bir-biridan juda kam farq qiladi. Ularning atom og‗irliklari ishonchli aniq emas edi, shuning uchun ularni tartib bo‗yicha joylashtirilganiga ishonish qiyin bo‗lgan. Mozli bu qiyinchiliklarni bartaraf qildi. Mozli vodorod (H) bilan uran (U) orasida tartib raqamlari har xil bo‗lgan 92 xil atom mavjud bo‗lishini ko‗rsatib, hali kashf etilmagan elementlarning sonini aniq aytib berdi. Mozli birinchi bo‗lib elementlarning fizika-kimyoviy xossalarini atom og‗irligi emas, balki elementning tartib raqami (yadro zaryadi) belgilashini ko‗rsatdi. Bu xulosa izotoplarning kashf etilishi bilan yanada tasdiqlanadi. Nazorat savollari 1. Rentgen nurlarining hosil qilinishini tushuntiring. To‗lqin uzunliklari qanday oraliqda bo‗ladi? 2. Tormozlanish va xarakteristik nurlanishning hosil bo‗lish jarayonlarini tushintiring. 3. Mozli qonuni qaysi kattaliklar orasidagi bog‗lanishni ifodalaydi va undan foydalanib qanday fizik kattalikni aniqlash mumkin? 4. Tormozlanish va xarakteristik rentgen nurlanishlarining spektrlari bir-biridan qanday farq qiladi? Spektrlarini chizib tushuntiring. Download 354.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling