Mavzu: Bolalarda shartli o’lchov birliklari bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ob’ektlari hajmi, uzunliklar, og’irlik haqidagi g’oyalarni shakllantirish metodikasi Mundarija Kirish


Download 310.63 Kb.
bet1/17
Sana15.12.2022
Hajmi310.63 Kb.
#1007519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14-Bolalarda shartli o’lchov birliklari bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ob’ektlari hajmi, uzunliklar, og’irlik haqidagi g’oyalarni shakllantirish metodikasi


Mavzu: Bolalarda shartli o’lchov birliklari bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ob’ektlari hajmi, uzunliklar, og’irlik haqidagi g’oyalarni shakllantirish metodikasi


Mundarija


Kirish
I.BOB. Bolalarda predmet tushunchasi
1.Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish
2. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari
II.BOB. Bolalarda butun predmet haqida tasavvurlarini shakllanirish

  1. Son predmetning joylanishiga bog‘liq emasligi haqida tasavvurni shakllantirish.
  2. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish


III.BOB. Bolalarda predmetlarning o‘lchami va ularni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

  1. Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuni dolzarbli: maktabgacha ta’lim sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan isblar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda.
Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog`oz varag`ida mo`ljal olishga o`rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo`q edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma`lum miqdordagi buyumlarni ko`rsatilgan yo`nalishda: qog`oz varag`ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o`ng qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bundan topshiriqlar ham bo`lishi mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o`ngiga esa 1 ta ortiq doiracha qo`y; varaqning pastki va ustki qismlarnga 8 tadan uch burchak joylashtir. Topshirnqni bajarganidan keyin bola qandan shakllardan nechtasini joylashtirganinn va qaerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog`oz varag`idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so`zlarni to`g`ri, ma`nosi bo`yicha ishlatishga o`rgatish kerak.
Yil oxiriga kelib bolalar o`zlariga, boshqa odamlarga nisbatan o`rnini so`zlar bilan ifodalay oladigan bo`lishlari kerak.
Ma`lumki, bolalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlashning dastlabki tajribasini kichik va o`rta guruhlarda olganlar. Katta guruhda bu bilimlarni kengantirish, sistemalashtirish masalasi, bolalarni o`yin materiallaridagina mo`ljal olishgagina emas, balki atrofdagi real sharoitda ham mo`ljal olishga o`rgatish vazifasi qo`yiladi. Mana shuning uchun ham bu yosh guruhida bunday topshiriqlardan foydalanish ma`qul, u yoki bu buyum qaerda hamda u boshqa buyumlarga nisbatan qanday joylashgan? Masalan, qurilnsh materiallari qo`yilgan shkaf eshikdan chap tomonda turibdi: eshik bilan shkaf orasiga rasm osib qo`yilgan; kitob burchagi shkaf qarshisida derazalar orasiga joylashtirilgan va h. k. Maxsus didaktik o`ynnlarda («Qo`g`irchoqqa mebellarni joyjoyiga qo`yishga yordam bering», «Nima qaerda turibdi?» va h. k.) real buyum muhitning bunday fazoviy — og`zaki tavsiflari ham tekislikda mo`ljal olish kabi besh yoshli bolalarga to`la mos keladi.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan yondashish ahamiyatga egadir. Tarbiyachi guruh bilan ko’pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratilganligi va vazifani bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo’lganligi sababli materialning o’zlashtirilishi ham har xil bo’ladi. Frontal yondashish bolalarning axborot xazinasini to’liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga va layoqatlariga ega. Ertangi kunimizning munosib vorislari sanalgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Mashg’ulot jarayonida yakka yondashishni amalga oshirishning vositalaridan biri - bu har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga qarab ta’lim berishdir, ya’ni ta’lim berishni individuallashtirishdir. Ta’lim berish psixologik- pedagogik adabiyotda o’quv jarayonining shunday tashhiliy tushuniladiki, ta’lim - tarbiya berish uslub va vositalarining tanlanishida bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi. Ta’limni individuallashtirish bilim va ko’nikmalarning har bir bola tomonidan ongli, mustaxkam o’zlashtirilishini ta’minlashga, uning aqliy kuchi va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimni mustaqil topa bilishini shakllantirishga hamda bu bilimni turli amaliy va o’rgatuvchi masalalarni yechishda ijodiy ishlata bilishni o’rgatishga qaratilgan. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda takidlanadiki, fikriy uslublarning muhimlaridan biri - bu oldindan aytib berish. Har qanday masalani (turmushda, ishlab chiqarishda, o’qishda) yechishda inson taxlil, sintez, shu vaqtdagi xolatni umumiylashtirish asosida harakatlarning borishini oldindan ko’rishga doim harakat qiladi va keyingi faoliyatini tartibga solib to’g’rilaydi, uning natijalarini oldindan ko’radi. Shuning uchun oldindan ko’ra bilishni shakllantirish, natijalarni oldindan ko’rish bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishning asosiy qismi xisoblanadi.
Masalani yechish yo’lini topish uchun oldindan aytib berishning taxlil, sintez, umumiylashtirish va bir qator uslubiy tavsiyalar bilan birligi bolalarga katta yordam beradi. Oldindan aytib berish - yechimini topishning muhim qismi bo’lib, fikrlashni shakllantiruvchi kuchli vositadir.

Download 310.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling