tomonidan tayyorlangan kichik sahna
ko‘rinishi namoyish etiladi.
Unda harbiy askar va uning ukasi dialogi, Ona vatanini
himoya qilib qaytgan sevimli nabirasi bilan faxrlangan buvi
obrazlari tasvirlanadi.
Sahna ko‘rinishidan so‘ng Vatan posbonlari haqidagi
qo‘shiq ijro etiladi.)
(Vatan qo‘shig‘i” yangraydi.)
Ona diyorim mening,
Ulug‘ Vatan - jon Vatan.
Sen haqingda kuylayman,
Bo‘lib sho‘x bulbul Vatan.
(O‘quvchilar
„Amir Temur nabiralari“ she’rini
aytishadi.)
Chor atrofga nigoh tashlab,
Kulib tursa ko‘zlar yashnab,
Qulundayin tursa kishnab -
Bular kimlar?
Bu o‘g‘lonlar mardu maydon,
Sohibi davron Amir Temur nabiralari.
Ochiq yuzli, shirin so‘zli,
Yaxshilikdan yorug‘ yuzli,
Bilim istar, o‘tkir ko‘zli,
Bular kimlar?
Bizlar-bizlar, o‘g‘il-qizlar,
Mardu maydon,
Sohibi davron - Amir Temur nabiralari.
(musiqa yangraydi)
Bayram nihoyalab, marsh mahoratlarini turli jismoniy
hamda harbiycha mashq usullari orqali namoyish etadilar va
tadbirga yakun yasaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.I. Karimov. 19-tom. – T., 2011
2.Gulxan. – 2008-yil, yanvar. №1
3.Quyosh bola oy bola .- T., 2014.