(Vatan haqida qo‘shiq yangraydi.)
10-o‘quvchi: Hozir
do‘stlarimiz
O‘zbekiston
Respublikasining qurolli kuchlari, armiya, mudofaa xizmati
haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadilar.
11-o‘quvchi: Qomusimizning fuqarolarning burchlari
to‘g‘isidagi 11-bobida O‘zbekiston Respublikasini himoya
qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi
ekanligi ko‘rsatib qo‘yilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 125-, 126-moddalarida ham
davlatimizning mudofaa va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida
yetarli darajada Qurolli kuchlariga, armiyasiga egaligi ta’kidlab
o‘tilgan.
12-o’quvchi: Armiya-lotincha so‘z bo‘lib, har bir
davlatning
quruqlikdagi
qo‘shinlaridir.
Armiyamizga
Davlatning
Qurolli
kuchlari,
turli
qo‘shin
turlarining
qo‘shilmalari va ayrim qismlardan tashkil topgan tezkor-
operativ birlashmalar, umumqo‘shin, tank, havo armiyasi va
boshqa qo‘shinlar kiradi.
13-o‘quvchi: Mudofaa O‘zbekiston davlatini, uning
hududi, chegaralari, xalqi va boyliklarini dushmandan himoya
qilishdir. Agar mamlakatimizga qo‘qqisdan dushman hamla
qilgudek bo‘lsa, unga qarshi hujumga o‘tishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |