ARMIYAMIZ MUSTAHKAM
Armiyamiz mustahkam,
Xalqparvardir chinakam.
Yurtimizda har askar
Jasur, mard va xaloskor.
O‘zbekiston o‘g‘loni,
Bo‘lib tinchlik posboni,
Barcha ezgu insonni,
Sharaflaydi jahonni.
KICHIK CHEGARACHI
Men kichik chegarachi,
Zim-ziyo tevaragim.
Har sharpani sezaman.
Postda hushyor kezaman,
Hamma odam uxlasin
Mayli, olam uxlasin.
Yurt tichligin saqlayman,
Degan so‘zim oqlayman.
Xalq baxti - deb, sergakman.
“BIZLAR – KICHIK ASKARLAR“
deb nomlangan 5-7-sinf o‘quvchilariga
mo‘ljallangan tadbir ssenariysi
Bayramona
bezatilgan
sahna.
To‘rda
Vatan
himoyachilari, botir askarlarimiz, davlatimiz Qurolli kuchlari
aks etgan suratlar. Mard, jasur o‘g‘lonlar Ona yurti tayanchi
ekanligi e’tirof etilgan vatanparvarlik ruhidagi shiorlar,
hikmatli so‘zlar, hadislardan namunalar yozilgan plakatlar
osilgan. Musiqa sadolari ostida sahnaga harbiycha kiyingan
o‘g‘il, qizlar shaxdam qadamlar bilan chiqishadi va safda
tizilib turishadi. Tadbir o‘qituvchining kirish so‘zi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |