Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladigan zararlar to`g`risida statik ma'lumotlartahlili


Download 88.92 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi88.92 Kb.
#1534316
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`rilad


Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladigan zararlar to`g`risida statik ma'lumotlartahlili



Elektr uskunalardagi nosozliklarning sababini aniklashda, elektr moslama va uskunalarini moslamalar yordamida tekshirish, ya’ni tester (AVO)metr moslamasi, mikroskoplar yordamida tadqiqotlarni olib borish muhim rol o‘ynaydi.
Elektr uskuna va asboblarning ishdan chiqish mexanizmini tiklash ya’ni uning texnik nosozligi, ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik, elektr uskuna, moslamalarning sifatsizligi, ishlatilgan detallarning nuqsonini aniqlash yoki ekspluatatsiyaning noto‘g‘ri qilinganligini o‘rganish va sababini aniqlashga qaratilgan. Shu bois, ekspert xulosalarining sifatini ta’minlashda albatta, yangi uslub-uslubiyotlarni va yuqori sezgir kriminalistik uskunalarni, innovatsion texnologiyalarni xamda ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Elektr – texnika ob’ektlarni tadqiqot qilishdan avval, shu xududidagi elektr tarmog‘i umumiy tarzda ko‘rib chiqilishi kerak. Xodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida, bino, inshoat yoki xonaning elektr tarmog‘i, o‘chirib – yoqqichlar holati va elektr tarmog‘ini butun liniyasi bo‘yicha ximoya vositalarini holati (yoqilgan, o‘chirilgan, ximoya avtomati ishlaganmi, u yoki bu elektr saqlagich butunmi, kommutatsiya elementlari dudlanganmi va h.k.) aniqlanishi va qayd qilinishi kerak.Bu savollarga xodisa joyida javob topish imkoniyati bo‘lmaganda, voqea sodir bo‘lgan joydan topilgan elektr qurilmalar olinadi va tadqiqot qilishga yuboriladi. Ko‘zdan kechirish vaqtida xona elektr ta’minoti sxemasini iloji bo‘lmaganda blok – sxemasini (yoki ma’muriyatda borini aniqlashtirib olish) tuzish kerak.
Yong‘in sodir bo‘lgan joy elektr tarmog‘i o‘rganilganda, yong‘in o‘chog‘i sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi. Unda barcha mavjud elektr iste’molchilari va elektr kommunikatsiyalari ko‘zdan kechirib tadqiqot qilinadi. U yoki bu elektr moslama va elektr simlarida avariya belgilarini yo‘qligi ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd qilinadi. Agar munozara holati kelib chiqsa yoki ob’ektni yong‘in kelib chiqishiga aloqasi yo‘qligini ko‘zdan kechirib aniqlab bo‘lmasa, u tadqiqot o‘tkazish uchun olinadi. Yong‘in o‘chog‘i zonasida aniqlangan va avariya rejimida ishlash izlari (kuyish, erish, lokal deformatsiyasi bilan va h.k.) bo‘lgan ob’ektlar xam olinishi kerak. Elektr simlar ashyoviy dalil sifatida olinganda ularni bukish mumkin emasligini yodda saqlanishi lozim, chunki simlar deformatsiyalansa elektr tarmog‘i avariya holatida ishlaganligini ko‘rsatuvchi izlar yo‘qolishi mumkin. Elektr simlardan olinayotgan namunalar qalin karton, faner yoki taxta bo‘laklariga mahkamlanadi. Agar olingan simlar joylanadigan idishiga sig‘masa, ular bo‘laklarga bo‘linadi va raqamlanadi, har birining chap tomoniga tegishlicha belgilari osiladi.
Yong‘in o‘chog‘ida topilgan barcha kichik o‘lchamli elektr isitish asboblari (choynak, qaynatgich, fen, kalorifer, isitgich, elektr kamin va h.k.lar) va ularning qoldiqlari albatta olinishi va yong‘in ro‘y berishiga aloqadorligini (yoki aloqasi yo‘qligini) aniqlash uchun tadqiq qilishga yuborilishi kerak. Agar asbob yong‘in vaqtida yoqilmagan yoki nosoz holatda bo‘lgan bo‘lsa, u olinishi kerak emas. Ammo bu holat yong‘in joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd qilinishi kerak. Bayonnomada elektr priborlar va yonuvchan materiallarni o‘zaro joylashuvi, elektr pribor turgan joydagi issiqlikdan zararlanish lokal zonalari (ayniqsa kuyib teshilishlar) mavjudligi bayon qilinadi.
Avariya rejimida ishlash belgilari bo‘lgan elektr asboblar, tele, video va radioapparatura va ularni qoldiqlari olinadi va tadqiq qilishga to‘liq jo‘natiladi. Bu tartib boshqa kichik o‘lchamdagi maishiy texnika va elektr asboblarga taalluqlidir.
Elektr saqlagichning simlarining uzilishini sababini o‘rganish jarayonida “Mikrposkopik” usulni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda, saqlagichda saqlanib qolgan simi mikroskop ostida tekshirilganda, ularining erib uzilganligi, bundan saqlagich simining erib uzilgan sim yuqori xarorat ostida yuzaga kelganligini, bundan elektr tarmog‘ida avariya xolat yuzaga kelganligini aniqlash imkoniyati bo‘ladi. Shuningdek, elektr moslamalari va simlarini tekshirishda «MBS-9» rusumli mikroskopi va AxioTech (Carl Zeiss, Germany) metallografik mikroskopidan foydalanildi. Ko‘pincha ular ekspertiza muassasalariga paketlarga solinib, upakovkalangan xolda taqdim etiladi.

  • Ko`tilmaganda va birdan yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarda (yong‘in portlash, halokat, yer qimirlashi) korxonadan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunday sharoitda, qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.

  • Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo‘lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatligi ekanligiga bog‘liq.

  • Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan eshiklarning eni 0,8 m buyi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan karidorlar zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi. Zinapoyalarda to`tun to‘planmaydigan bo‘lishi, yaьni to`tunning chiqarib yuborishi uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni taьminlovchi texnik vositalarga ega bo‘lish kerak yoki zina kataklari ichkari tomondan yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mumkin.

  • Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatilishi kerak.

  • Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda binodan insonlar (ishchilar esa korxona yoki fabrika xonasidan) eng qisqa yo‘l orqali belgilangan ma`lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling