Respublika ilmiy-amaliy anjumani


v.v.b. I.XASANOVNING KIRISH SO‘ZI


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

v.v.b. I.XASANOVNING KIRISH SO‘ZI
Respublikamizda ta’lim tizimini zamon talabi darajasida tashkil etish uchun barcha 
bilim sohalari uchun elektron ta’lim resurslarining milliy tizimini yaratish, jahon bo‘yicha 
zarur ta’lim resurslariga kirish va bu bo‘yicha infrastrukturani takomillashtirish, o‘quv 
jarayonida jahon va milliy elektron ta’lim resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, 
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, informatika va axborort 
texnologiyalarini dolzarb muammolari masalalalardan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
60-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni, hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qarori hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi PQ-4996-son “Sun’iy intellekt 
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan 
masalalar, oliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’limda raqamli texnologiyalardan keng 
foydalanish zarurligi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy - huquqiy 
hujjatlarda bir qator vazifalarni bajarish belgilab berilgan. 
Kelajak avlodni jismonan sog‘lom, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, 
qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega, Vatanga sodiq qilib tarbiyalash, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish masalalari 2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasida muhim vazifalar sifatida belgilangan. 
Mamlakatimizda ta’lim sohasida uzoqni ko‘zlab olib borayotgan islohotlari bu 
yo‘nalishda oqilona qadam tashlanganligi va strategiyani to‘g‘ri belgilanganligini 
isbotlab bermoqda. Yetishib chiqayotgan iqtidorli va bilimli yoshlar turli olimpiada, 
musobaqalar, tanlovlar hamda konferentsiyalarda muvafaqqiyatli qatnashib, yutuqlarni 
qo‘lga kiritmoqdalar. 
Institutimizda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman Informatika va axborot 
texnologiyalarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlatimiz rahbarining 
yuqorida aytilgan bir qator hujjatlar doirasida olib borilayotgan amaliy tadbirlardan 
biridir. 
Tashkil etilgan anjuman Informatika va axborot texnologiyalarining turli sohalarga 
qo‘llanilishi, o‘qitish jarayonida erishilgan tajribalarni umumlashtirish hamda 
ommalashtirishni, shuningdek, mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni 
tahlil qilishni maqsad qilib olgan. 
Bu o‘z-o‘zidan ilg‘or tajribalarni almashish, mavjud muammolar ustida 
izlanishlarni davom ettirish, yoshlarning malakasini oshirishga xizmat qiladi. 
Ilmiy-amaliy anjumanning samarali va sermazmun o‘tishini tilagan holda uni ochiq 
deb e’lon qilishga ijozat bergaysizlar. 
 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”


Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling