Respublika ilmiy-amaliy anjumani
-SHO‘BA. TA’LIMDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
1-SHO‘BA.
TA’LIMDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR. Zamonaviy ta’limda tinkercad ta’lim dasturidan foydalanish afzalliklari. Sevinov Jasur Usmonovich t. f. d. professor, Toshkent davlat texnika universiteti. Xamrakulov O‘tkirbek Sharobidin o‘g‘li assistent, Toshkent davlat texnika universiteti. Hozirgi texnologiya asri zamonaviy dasturlar bilan chambarchas bog‘liqdir ko‘plab ixtirolar, robototexnika olamidagi taraqqiyot yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Maqolaning asosi Tinkercad dasturi bo‘lib, u 3D-modellarni yaratish va ularni 3D bosib chiqarish yordamida haqiqiy loyihaga aylantirish imkonini beradi. Bu esa tadqiqotchining ijodiy, intellektual va kommunikativ rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi va bu dasturni o‘rganish aniq, tabiiy va texnika fanlar bo‘yicha bilimlarni sifat jihatidan yaxshilaydi va kelajakda o‘zini yuqori talabchan xodim sifatida faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Biz bilamizki texnologiya asrida hozirgi yosh avlodni dangasalik boshqaradi, shuning uchun hayotni osonlashtiradigan yangi texnologiyalar yaratilmoqda. Robotlar va texnologiyalar ko‘pchilik odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ixtirochilik har bir insonda yashaydi, lekin ijodkorlikni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan jihatlar ko‘p. Bularga misol sifatida noqulay moliyaviy ahvol, uzoq loyihalash muammosi va amalga oshirish uchun zarur jihozlar va joy yo‘qligidir. Bu muammolarni bartaraf qilishda bir nechta dasturlarni misol qilishimiz mumkin, shu dasturlarning biriga misol qilib Tinkercad dasturini misol qilishimiz mumkin bu dasturning bepul muharriri va uni sotib olish va ishlatish uchun ro‘yxatdan o‘tishning oson usuli mavjudligi bilan boshqa dasturlardan ajralib turadi. Tinkercad - bu 3D ob’ektlar bilan ishlash uchun modellashtirish muhiti va elektron sxemalar yaratish imkoniga ega visual dastur hisoblanadi va hozirda bu dastur Autodesk [1] ga tegishli hisoblanadi. Har qanday qurilmaning kamchiligi bo‘lgani kabi bu dasturning ham asosiy kamchiligi mavjud bunga misol dasturning ingliz tilida taqdim etilishi, bu esa albatta ishni murakkablashtiradi, chunki til cheklovlari mavjud sharoitlarda bundan foydalaninshning bir qancha muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, ko‘pchilik foydalanishning dastlabki bosqichida o‘z loyihasini yaratish uchun ajoyib imkoniyatni rad etadi va bu bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Quyida dasturning ushbu versiyasi haqida ko‘proq bilib olamiz. Boshqa versiyalar ham bor, lekin ular ma’lum moliyaviy investitsiyalarni va bir qancha tushunarsiz muammolarni keltirib chiqarish ehtimoli yuqoriroqdir. 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 6 Shuni ta’kidlash kerakki, Tinkercad dasturi haqida ko‘plab Internet-resurslar mavjud, bu esa albatta dasturning tarkibiy qismlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Zamonaviy ta’limning asosi tizimli-faol yondashuv bo‘lib, u ko‘proq darajada mustaqil o‘rganishni nazarda tutadi. Biz ushbu dasturni universitetda o‘qitiladigan robototexnika o‘quv kursi doirasidan tashqarida sinab ko‘rdim. Saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali vizual laboratoriya xonasiga ega bo‘ldik. Internet manbalaridan foydalanib boshqaruv paneli bilan tanishishga murojaat qilamiz, bu esa bizga u yoki bu vosita nimani anglatishini tushunamiz va dasturga o‘rnatilgan darslarni ko‘rib chiqamiz. Shundan so‘ng foydalanuvchi sifatida o‘z modelimizni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tinkercad dasturi orqali ixtirochi 3D-modellar yaratuvchisi sifatida sinab ko‘radi va Dmitriy Gorkiyning elektron nashrini o‘qib chiqib[2], biz muharrirning asosiy afzalliklari deb hisoblagan quyidagi asosiy fikrlarni ta’kidlab o‘tamiz: -Bepul foydalanish, siz faqat dasturni yuklab olishingiz kerak, bu qiyin emas va oddiy ro‘yxatdan o‘tishdan o‘tib faol foydalanuvchiga aylaning; -Qulay interfeys, katta mablag‘ sarflashning hojati yo‘q har bir vositadan to‘g‘ri foydalanish va uning funktsiyalari haqida bosqichma-bosqich aytib beradigan bir nechta saytlar tufayli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni tahlil qilish vaqtini yuzaga keltirish; -Dasturning o‘zida tez yordam beradigan darslar mavjud bo‘lib Tinkercad dasturini qanday ishlashini tushunish uchun qulay hisoblanadi. Bu esa ixtirochida yangi g‘oyalarni ilgari surishda katta ro‘l o‘ynashi va kelajakda yangi ixtirolarni amalga oshirishda juda katta omil hisoblanadi. 1. Robotatexnik asboblardan foydalanish qulayligi tufayli uch o‘lchamli modellarni muammosiz yaratish; 2. Modelni turli burchaklardan ko‘rish imkonini beruvchi va uning batafsil tuzilishini ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi qulay ish muhiti; 3. Dasturning o‘zi taqdim etadigan modellarning katta ma’lumotlar bazasi va tahrirlash uchun mavjud foydalanuvchi modellari mavjud; 4. O‘z mahsulotingizni modellashtirgandan so‘ng dasturdan 3D bosib chiqarishni vujudga kelishi. Yuqoridagilarning barchasi muharrirni keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ochiqligi qiziqarli bo‘ladi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun muhim hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda hamjamiyatlar yaratilmoqda, bunga misol "TINKERCAD - 3D real vaqt muharriri" [3] - dunyoga mashhur «ВКонтакте» tarmog‘ida yaratilgan guruh hisoblanadi. Unda ushbu dastur foydalanuvchilariga qaror haqida maslahat beriladi modellarni yaratishda yuzaga keladigan muammolar, muharrir bilan ishlashda o‘z taassurotlari va yutuqlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bunda ixtirochilar umumiy loyihalarni yaratadilar, keyinchalik ular 3D printer yordamida hayotga tatbiq etiladi. Bu maqolada amalga oshirilgan loyiha ishining natijasi - uch o‘lchovli dizayn uchun eng qiziqarli dastur bilan mustaqil ravishda tanishish, tayyor modellardan foydalanish va ixtirochida loyihalash ko‘nikmalariga ega bo‘lish, bu esa fazoviy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Har daqiqada hayotimizga tobora ko‘proq yangi texnologiyalar kirib keladi va biz ular bilan hamqadam bo‘lishimiz kerak, chunki har bir 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 7 kishi o‘z kelajagini yaratishi mumkin faqatgina talabgir muvaffaqiyatli dasturlardan foydalansagina, o‘zini muvaffaqiyatli ixtirochilik imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Bu esa bugungi vaqtda kompyuter texnologiyalari va robototexnika sohasida yaxshi bilimga ega bo‘lgan mutahasislarga talab borligini bildiradi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling