Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 292 ona tili ta’limi va xorijiy tajribalar sh. Sh. Yuldasheva
ko‘cha-ko‘yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
- “topshiriqlar
ko‘cha-ko‘yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib
qolish xavfiga chek qo‘ydi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatimizda ona tili ta’limini ham mazmun, ham mundarija jihatidan yangilash borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Jumladan, «Ona tilidan Davlat ta’limi standartlari» tasdiqlandi, yangi yo‘nalishdagi «Ona tili» dasturi yaratildi. Bu hujjatlar 2010-yilda uzviylashtirildi. Maktabni isloh qilish yo‘nalishlari va “Davlat til haqida”gi Qonun talablarini bajarish, xususan, ona tili ta’limiga yangicha munosabat muammosini hal qilish maqsadida “O‘zbek tili” doimiy anjumani ta’sis etildi. Uning birinchi yig‘ini 1991-yil 12-13-aprelda Samarqandda o‘tkazilgan bo‘lsa, har ikki yilda bir marta muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. 2017- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari 293 Amerika olimlarning bilimlarni o‘zlashtirish borasidagi keyingi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda dunyoni bildirishi jihatidan o‘qituvchi oila, axborot vositalari va muhitdan keyingi to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan. Bundan bizning ta’lim tizimimiz ham mustasno emas. Prezidentimizning tashabbusi bilan tayyorlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasining zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos rivojlanishi uchun zamin tayyorlab, ularning hayotga tatbiqi esa qator islohotlarning davom ettirilishini taqozo qildi. Til ta’limida qo‘llanilayotgan xorijiy tajribalar modulli tizim, case study, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar kabi yangi texnologiya va metodlar bilan boyimoqda. D.Shodmonqulovaning “Ona tili ta’limida keys texnologiyasidan foydalanish”, X.Muhitdinovaning ”Til ta’limida videomatnlar qanday uyg‘unlashadi” kabi maqolalari til o‘rgatishning ilg‘or tajribalarini o‘zbek tili ta’limiga tatbiq qilishning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan. Biroq shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, xorijda tilshunoslik qanday sur’at bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, tillarni o‘qitish borasidagi tadqiqotlarning doirasi va samarasi ham shunchalik yuqoridir. Aksincha, o‘zbek tili ilmiy-nazariy jihatdan keng tadqiq qilinayotgan bo‘lsa ham, uning amaliy yo‘naltirilishida yutuqlarimiz barmoq bilan sanarli. Til o‘qitish metodikasini rivojlantirish, bunda xorij tajribalaridan o‘rinli foydalanish masalasi kun tartibida turibdi. Bugungi kunda ona tili darsliklari “Til – me’yor – nutq” me’zoni asosida yaratilmoqda. Unda maktabdagi til ta’limini harakatga keltiruvchi uch omil – o‘qish madaniyati, uqish va matn yaratish madaniyati asos qilib olinadi. Darsliklarda ijodiy o‘quv topshiriqlariga, musobaqa shaklidagi o‘yinlarga, topishmoqlarga keng o‘rin berilgan. Lekin nazardan chetda qolayotgan bir masala borki, bu uy vazifasi masalasidir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ona tili samarasi o‘quvchining mustaqil matn yarata olishi bilan baholanishi tufayli darsliklarimizdan o‘rin olgan uyga vazifa topshiriqlari asosan matn yaratishdan iborat bo‘lib qoldi. Aslida metodikada topshiriqlarning turlarini doimo almashtirib turishga alohida e’tibor berish kerak. Yana bir jihat borki, o‘quvchilar yaratgan matnlarni bir dars davomida (10-12 daqiqa) tahlil qilish imkoniyati cheklangan. Bu esa metodikada e’tirof etilgan “topshiriqlar Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling