Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Shaxtalarni metan bo‘yicha kategoriyalarga ajratish


Download 254.65 Kb.
bet15/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

Shaxtalarni metan bo‘yicha kategoriyalarga ajratish
Ko‘mir konlarini er osti usulida qazishda ko‘mir qatlami va uning atrofini o‘ragan kon jinslaridan kon laximlariga metan gazi ajralib chiqadi. Metan gazi uch shaklda ajralib chiqishi mumkin: oddiy, suflyar va to‘satdan ajralib (otilib) chiqish.
Oddiy ajralib chiqish shaklida metan ko‘mir qatlami va kon jinslarining ochilgan maydoni bo‘yicha nisbatan birxil miqdorda tekis ajralib chiqadi va atmosferaga qo‘shiladi.
Suflyar shaklda gaz jins yoriqlari, qatlamga burg‘ilashgan shpur va skvajinalar, shuningdek, geologik buzulish uchastkalari orqali oqib chiqib atmosferaga qo‘shiladi. Suflyar gaz oqimi dastlabki vaqtlarda maksimal bo‘lib, keyinchalik asta-sekin pasayib boradi. Suflyar gaz oqib chiqishi bir necha kundan tortib bir necha yilgacha davom etishi mumkin.
Gazning to‘tasdan ajralib chiqishi shunday dinamik xodisaki, bunda ko‘mir qatlamining bir qismi tez buzilib bir onda katta miqdordagi gaz otilib chiqadi va o‘zi bilan birga maydalangan ko‘mirni xam olib chiqib kon laximiga uyib qo‘yadi.
Ko‘mir shaxtalari metandorlik bo‘yicha quyidagi besh kategoriyaga bo‘linadi (8-jadval)
4-Jadval

Metan bo‘yicha shaxta kategoriyalari

SHaxtalarning nisbiy metandorligi, m3/t

I

<5

II

5-10

III

10-15

O‘ta kategoriyalik

15; suflyar oqim bo‘yicha xavfli shaxtalar

To‘satdan gaz otilib chiqish bo‘yicha xavfli

To‘satdan gaz va ko‘mir yoki kon jinsi otilib chiqishi xavfi bo‘lgan qatlamlarni qazuvchi shaxtalar

Shaxtalarni kategoriyalarga ajratishda mezon sifatida ularning nisbiy metandorlik darajasi, ya’ni bir sutka davomida o‘rtacha sutkalik qazib olinadigan ko‘mirning 1 tonnasiga to‘g‘ri keladigan ajralib chiquvchi (m3 da o‘lchanadigan) metan miqdori qabul qilingan.



Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling