Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin
“9-Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-geoglogik tavsifi
Download 254.65 Kb.
|
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)
1.1. “9-Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-geoglogik tavsifi
Angren kaolin ko‘mir koni bazasida 1946 yilda Angren shahri qurildi, uning aholisi shu kunga kelib 160 mingdan ortiq kishini tashkil qiladi. Respublika poytaxti Toshkent shahri bilan keng koleyali temir yo‘l bilan bog‘langan. Angren shahri va Qamchiq dovoni orqali asfaltlangan Toshkent-Qo‘qon trassasi o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi va taklifi bilan 2013 yil Angren-Sardala-Qo‘qon temir yo‘l qurilishi boshlangan. Angrendan 50 km janubiy-g‘arbda katta sement zavodi bo‘lib, Ohangoron shahrida joylashgan. Ohangorondan 10 km g‘arbiy-sharqda O‘zbekistonning metallurgiya markazi bo‘lgan Olmaliq shahri joylashgan. Angren shahrida joylashgan 9-shaxta ko‘mir koni 2012 yildan “Er osti ishlari” filiali nomi bilan almashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ya’ni 2017 yildan “O‘zbekko‘mir” AJ ning “SHaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filiali deb nomlanadi. Bu erda ko‘mir qazib olish 1948 yil 31 dekabrdan bshlangan. Korxona 70 yildan ortiq bir teksda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan O‘rta Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi zarurati uchun xom-ashyo ya’ni ko‘mir etkazib bergan. Konning dengiz sathidan balandligi 830 m.ni G‘arbiy qismi Appartakda 1300 m.ni tashkil etadi. Geologik tuzilishi Startigrafiya va Litologiya. Angren kaolin qo‘ng‘ir ko‘mir koni litologik – petrografik tarkibi mezazoy zaminida yotadi, yura kompleks formatsiyasida hosil bo‘lib, bir necha aktivlashgan mezozoy va kaynazoyda bo‘lib o‘tgan vulqon faoliyatlaridan farq qiladi. Chotqol va Qurama tog‘larida Oxangaron daryo vodiysida Mezazoygacha va Trias davri tog‘ jins yotqiziqlari uchraydi, bu yotqiziqlar sedimentagan, magmatogen , metamorfizm va rudalanish natijasida hosil bo‘lgan. Mezazoygacha hosil bo‘lgan kesim yotqiziqlari hosil bo‘lishiga ko‘ra 4 strukturaga qavatlariga bo‘linadi Baykalgacha, Baykal, kalndon va gersin tektonik burmalanishlar. Nurash po‘stining Trias va YUra davrlarida hosil bo‘lishi. Nurash po‘stini Angren konida kaolinlashgan yotqiziqlar deyiladi, bu yotqiziqlar qadimgi poydevor zaminida yotadi. Nurash po‘stining ustki qatlamini YUra davri yotqiziqlari qoplaydi. Nurash po‘sti qatlami Bo‘r davrigacha epigenetik hosil bo‘lish hisobiga qisqarib boradi, Nurash po‘stining Er yuziga chiqib qolgan maydonlari Angren konining yuqori qismi Zagasan- soy va CHo‘chqa buloq hamda Appartak tektonik oraliq suzak qumtoshlarida uchraydi. Yura yotqizig‘i. Yura qatlami tog‘ jinslari transgressiv sharoitida qadimgi hosil bo‘lgan yotqiziqlarga nomos yotadi. Quyi qismi bazal terrigen qatlamlaridan iborat bo‘lib, o‘rta qismi ko‘mirli tog‘ jinslar, yuqori qismi kaolinlashgan qatlamlaridan iborat. Angren svitasi . Transgressiv azimutal va burchak holatda qadimgi tog‘ jinslar qatlamiga nomos holda yotadi. Qumtosh, alevrolit, gil, qalin ko‘mirli qatlamlaridan iborat. Angren svita yotiqiziqlari 3 qismga bo‘linadi: pastki, o‘rta va yuqori. Pastki: (ko‘mir tagi Bazal qatlami) SHag‘altosh, qumtosh, alevrolit va ba’zan gil, yupqa qatlamli ko‘mir qatlami uchraydi, ko‘p o‘simlik qoldiqlariga asosan yura davri yoshi deb belgilanadi. Qalinligi 3 dan 45 m.gacha. O‘rta qism (aolen-bayos) “Qalin” ko‘mirli kompleks tarkibiga kiradi. O‘rta yotqiziqlari ko‘mir, qumtosh, gil va alevrolit va boshqa har-xil ko‘mirli jinslar bilan xarakterlanadi. Umumiy yotqiziqlar qlinligi, o‘rta qism shaxtada 50 m ga etadi. Yuqori qism (yuqori ko‘mirli kompleks) tog‘ jinslarga mos holda yotib, maydonning ko‘p qismi Jigaristonsoy svitasi yuvilgan bo‘lib 9 shaxta maydoni qismlarida uchraydi. SHimol qismdan tashqari va 9-bis uchastkasida kesim eroziyalar bilan yuvilgan. YOtqiziqlar botqoqlik suvlarning vaqtincha aktivlashishi natijasida qayir-tekislik sharoiti deb belgilanadi. YUqori qismdagi umumiy yotqiziqlarning qalinligi 2 dan 88 m.gacha, Angren svitasining jami qalinligi 230 m. Jigariston svitasi. Jigariston svitasining kesimi qumtosh, alevrolit, rangli va oq kaolinlardan iborat. Konning markaziy qismi asosan gil, cheka qismlari (Appartak, Nishbosh, CHo‘chqa buloq) yotqiziqlari qumtoshlardan tashkil topgan. Jigaristonsoy svitasining muhim belgilaridan biri Al2 O3 ko‘p miqdorda uchraydi. Markaziy va SHimoliy qismlarida svita qatlam qalinligi 10 dan 30 m.gacha, hamda janubiy qismida 60 m ga etadi. YUra (svita) sistemasining umumiy qatlam qalinligi Angrenda 290 m.cha. Bo‘r yotqizig‘i. Bu yotqiziq tog‘ jinslari olinayotgan qatlamlarga transgressiv tanaffus holda yotadi. YOtqiziqlar qizg‘ish g‘ishtli va yashilsimon ohakli qumtosh, alevrolit va mayda shag‘alli konglomeratlar, kesimning pastki qismida yuqori bo‘lim sistemasining faunalari uchraydi. Shaxta 9 kesimining SHarqiy chegarasida qumli ohaktosh tranegressiv xolatda Jigariston soy svitasi yotadi.Oxaktosh kuchli ravishda oxakli qumtoshga aylanadi, qalinligi 5 metrgacha “Podzemgaz” st. tomon bo‘r yotqiziqlari 24 m. ga ko‘payib boradi. Bo‘r svita yotqiziqlarining qalinligi 0 dan 25 m gacha. Poleogen yotqizig‘i. Poleogen yotqiziqlari dengiz cho‘kindilari epikontinental xovuz sharoitda xosil bo‘lib, Janubda Tetis dengizi bilan bog‘liq. Bu tog‘ jinslari 9 shaxta va 9-bis maydon uchastkalarida uchraydi. Qatlam kesimlarida 3 ta bo‘limchalar belgilangan. Pastki bo‘lim Oq rangli kvarsli qumtosh va gravelit yupqa qatlamli montmorillonitli gil va opok linzalaridan tashkil topgan. Qalinligi 10-40 m. O‘rta bo‘lim qatlami pastki qatlamga yuvilgan xolda yotadi. Kesim karbonatli tog‘ jinslaridan iborat. Umumiy qatlam qalinligi o‘rta bo‘lim bo‘yicha 10-30 m. Yuqori bo‘lim Cho‘kindi tarkibi Turkiston, Rishton, Isfara va Xonobod gorizontlari bilan bog‘lanib qo‘shilgan. Neogen yotqiziqlari. Neogen sistema yotqiziqlari Angrenda kontinental mollaslar bo‘lib, tog‘ jinslar kesimida 2 ta litologik svitalar ajratilgan. Pastki svita. Qalinligi 50-100 m. alevrolit oxakli bo‘lib, g‘isht qizg‘ish rangli jinslardan tashkil topgan. Yuqori svita. “Qo‘ng‘ir molos” konglomerat qatlamlaridan iborat. Qalinligi 300 m gacha. To‘rtlamchi yotqiziqlari. Bu yotqiziqlar yosh qatlamlar bo‘lib, shaxta maydonini qoplaydi. Texnogen va gravitatsion cho‘kindi tog‘ jinslarini tashkil qiladi. Stratigrafik va litologik tarkibiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Allyuvial – prolyuvial va prolyuvialli yotqiziqlar. Bular shag‘al, xarsang toshlardan, xar-xil o‘lchamdagi porfir shag‘ali va tuflar, shag‘allar, qumli gillar bilan sementlangan. Prolyuvial yotqiziqlari lyoss tuproqlardan tashkil topgan. Tektonika. Angren koni xozirgi vaqtda murakkab depressiya tektonik strukturada hosil bo‘lgan. Depressiya keng(6-7km yuqori qismi, vodiyning o‘rta qismi 14 km va Olmaliq shaxrida 5-6 km) qozonsimon grabensinklinalli, mezo va kaynazoy tog‘ jinslaridan iborat. Oxangaron daryo oqimiga (5-60) egiladi.shimoliy va janubiy tomon bilan depressiya tektonik buzilmalar bilan chegaralanib Chotqol va Qurama gorstlari tomon yuklanadi. 9 shaxta maydonida va 9-bis uchastkasida ko‘chkilar hosil bo‘lib, to‘rtlamchi lyoss tuproqlari bilan qoplangan. Paleozoy ko‘chkilarining qalinligi 9 shaxta maydoni va 9-bis uchastkasida 4,8 dan 86,8 m. gacha, o‘rtacha 32,22 m. 9 shaxta maydonida 44 ta tektonik buzilmalar uchraydi. Download 254.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling