Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Loyihani bajarish uchun berilgan dastlabki ma’lmotlar


Download 254.65 Kb.
bet4/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

Loyihani bajarish uchun berilgan dastlabki ma’lmotlar

Parametrlari

1

Kon lahim uzunligi jami, L

3400 m

2

Ko‘mir tanasining qalinligi

18 m

3

Qatlam yotish burchagi, α

3-60

4

Ko‘mirning zichligi, γ

1.25 t/m3

5

Ko‘pchish koeffisienti, k

1.4

6

Ko‘mirning qattiqlik koeffisienti,

1.2

7

Atrof tog‘ jinslarining mustaxkamlik koeffisienti

f 5-6

8

Ko‘mir joylashgan hudud reelefi tekslik.




9

Ko‘mir tanasi er yuzidan chuqurligi

130 m

10

Bir kunlik lahim o‘tish rejasi

2.5 m

11

Ko‘mir qazib olish uslubi

Lava

12

Kon xodimlar soni i.x. bilan jami

281

13

Oylik ish kuni o‘rtacha

21-22

14

Sutkadagi ish ritmi

3 smena

15

Kundalik ish soati

7

16

O‘rtacha ish haqi personalcha

2500 so‘m

17

Ko‘mir qazib olish bo‘lim

1ta

18

Tayyorlovchi lahim

1ta

19

SHamollatish usuli

havoni so‘rish usuli


2-BOB. KONCHILIK QISMI
2.1. Shaxta maydonini ochish
Konni yoki shaxta maydonini ochish deganda er yuzi bilan foydali qazilma yotqizig‘ini bog‘lovchi va kon tayorlov lahimlarini o‘tqazishga imkon yaratuvchi konni ochuvchi lahimlar kompleksini (majmuini) o‘tish tushuniladi. Shaxta maydonini ochishda ochish sxemasi (tarxi) va ochish usullari mavjud bo‘lib, ochish tarxi deganda ochuvchi lahimlar (stvollar, shtolnyalar va boshqalar) tarmog‘ining (to‘rining) shaxta maydonida makon bo‘yicha joylashishi tushuniladi.
Gorizontal tekislikka nisbatan shaxta maydoni xududida ochuvchi lahimlar tizimini, ularning vazifalarini hisobga olgan xolda joylashishi - ochish usuli deyiladi.
Shaxta maydonini ochish turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Biror usulni tanlab olish qator geologik, kon-texnik va iqtisodiy omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan eng asosiylari quyidagilar:

  • shaxta maydonining shakli va o‘lchamlari;

  • qatlam qalinligi va og‘ish burchagi;

  • shaxta maydonidagi qatlamlar soni va ular orasidagi masofa;

  • qatlamning joylashish chuqurligi va er yuzining relefi;

  • kondagi geologik buzilishlar;

  • shaxtaning ishlab chiqarish quvvati va ishlash muddati;

  • ko‘mirning rusumi va qo‘llaniladigan texnika. Ushbu omillar kompleks ravishda hisobga olinishi lozim.

Har qanday sharoitda ham tanlab olingan ochish usuli mehnat unumdorligini yuqori bo‘lishi va foydali qazilmani tannarxi minimal bo‘lishini ta’minlashi kerak. Buning uchun quyidagi talablarga amal qilinishi lozim: dastlabki ajratiladigan kapital mablag‘lar va shaxtani qurish muddati minimal bo‘lishi; shaxtaning ishlab chiqarish quvvati katta bo‘lib, mumkin qadar ko‘mir qazish kavjoylari sonining kam bo‘lishi; bir vaqtda qazib olinadigan qatlamlar sonining kam bo‘lishi; uzluksiz va yuqori unumli transport vositalarini qo‘llash asosida yuk tashish ishlarini konsentratsiyalash (yiriklashtirish); saqlanadigan kon lahimlari uzunligini qazish ishlarini intensivlash hisobiga qisqartirish va boshqalar.
Qatlamlarning muayyan yotish sharoitlari va ularning soniga nisbatan shaxta maydonini ochish usullari quydagilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:

  • bosh ochuvchi lahimlar rusumi bilan;

  • bosh ochuvchi lahimlarning qatlam va uning elementlariga nisbatan joylashganligi bo‘yicha;

  • shaxta maydonidagi transport gorizontlari soni bo‘yicha;

  • yordamchi ochuvchi lahimlarning rusumi bo‘yicha.

Asosiy (bosh) ochuvchi rusumli lahimlarga vertikal (tik) stvollar, qiya stvollar, shtolnyalar, shurflar va katta diametrli skvajinalar kiradi. SHaxta maydonini ochuvchi bosh lahimlar soni ikkitadan kam bo‘lmasligi sababli shaxta maydonini turli bosh ochuvchi lahimlar kombinatsiyalaridan foydalaniladi, masalan, vertikal stvol va qiya stvol, vertikal stvol va shtolnya va h.q.
Shaxta maydonini vertikal stvollar bilan ochish usuli universal usul bo‘lib, konchilik amaliyotida keng qo‘llaniladi. Bu usul shaxta maydonidagi qatlamlar soni, qalinligi, og‘ish burchagi, yotish chuqurligi, shaxtaning ishlab chiqarish quvvati va boshqa omillar qanday bo‘lishidan, qat’iy nazar barcha kon-geologik sharoitlarda shaxta maydonini ochishda keng qo‘llaniladi.
Foydali qazilma konlarini er osti usulida qazishda amaldagi xavfsizlik qoidalariga asosan har bir shaxtada odamlar yurishiga moslashgan, er yuziga chiqadigan kamida ikkita mustaqil yo‘l bo‘lishi shart. SHaxtadagi muayyan sharoitlarga ko‘ra stvollar soni uchta, to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Stvollar sonini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinadi – shaxtaning ishlab chiqarish quvvati, qazib olinadigan ko‘mirning rusumlari, ko‘mir qatlamining gazdorligi, shaxta maydonining o‘lchamlari, qazish chuuqrligi, qazish maydonini ochish va qazishga tayyorlash sxemalari.
Ishlab chiqarish quvvati kichik bo‘lgan shaxtalarda bitta yoki ikkita ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlangan birgina stvol bo‘lishi mumkin. Bu stvol, albatta, odamlarni shaxtaga tushirish va yer yuziga chiqarish uchun kletli ko‘tarish uskunasi bilan jihozlangan bo‘lishi bo‘lishi shart. Bunday shaxtalarda ikkinchi chiqish yo‘li vazifasini shamollatish stvoli yoki shurfi o‘taydi.
Yirik shaxtalarda bir necha stvollar ishlatiladi. Bosh stvol ikkita ko‘mirni er yuziga chiqarib beradigan skipli ko‘targichlar bilan jihozlanadi. Ikkinchi stvol ham puch kon jinslarini ko‘tarish uchun skipli ko‘targich va favqulodda vaziyat vaqtida odamlar chiqib-tushishiga mo‘ljallangan narvon bo‘linmasi bilan jihozlanadi. YOki bu stvolga posongili klet ko‘targichi o‘rnatilishi mumkin. Uchinchi stvolga ikki kletli ko‘targich va qo‘shimcha posongili klet ko‘targichi o‘rnatiladi. Ikki kletli ko‘targich ishchi gorizontga xizmat ko‘rsatadi, posongili klet ko‘targichi esa shamollatish gorizontiga va yangi gorizontni tayyorlash uchun shaxta stvolini chuqurlashtirish jarayonlarigi xizmat qiladi.
Shaxtalarni loyihalashda stvollarni shaxta maydoniga joylashtirish o‘rnini to‘g‘ri belgilash katta texnikaviy va iqtisodiy ahamiyatga egadir. Chunki stvollarni to‘g‘ri joylashtirish bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning umumiy uzunligi, ularni o‘tish va keyinchalik saqlash, yuklarni tashish va shaxtani shamollatish xarajatlariga ta’sir etadi. Shu bilan bir qatorda stvollar atrofida qoldiriladigan muxofaza seliklari hisobiga ko‘mirni yo‘qotilish miqdoriga ham ta’sir etadi.


Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling