Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Download 254.65 Kb.
bet6/20
Sana23.09.2023
Hajmi254.65 Kb.
#1685485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va (1)

Ko‘mirning elementar tarkibi:
Uglerod S – 75-76 %;
Vodorod N – 4,0-4,5 %;
Kislorod O2 – 19 %.
Ko‘mirda toksik tarkibiy qismlarining o‘rtacha miqdori g/t quruq ko‘mir:
Berilliy – 8,2;
Vanadiy – 14,3;
Kobalt – 2,7;
Marganets – 4,34;
Nikel – 2,62;
Qo‘rg‘oshin – 20,2;
Xrom – 3,3.
Kimyoviy tarkibi:
SiO2 – 20,78-53,08 %;
Al2O3 – 11,52-45,84 %;
K2O – 0,06-0,73 %;
CaO – 5,53-26,6 %;
MgO – 1,99-4,02 %;
Na2O – do 0,5 %.
Erish nuqtasi – 13400 (ko‘mirning kuyishlari o‘rta erituvchiga nisbatan ishlatiladi).


Shaxta maydonini ochish
Ushbu foydali qazilma ko‘mirning chuqurligi chuqur emas, shuning uchun ham tavsiya etilgan loyihada qiya stvollar yordamida ochish usuli ham qo‘llanilgan.

Rasm-1. Qatlamni ochish sxemasi
Shaxta er texnologik majmui – bu shaxtadan qazib olingan ko‘mirni er yuziga ko‘tarib chiqarish, foydali qazilmani qayta ishlash va iste’molchilarga jo‘natish, shaxtani shamollatish uchun toza havo yuborish (zarur bo‘lganda uni konditsionerlash), kon ishlarini energiya bilan ta’minlash, mehnatkashlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek shaxta suvlarini tozalashga mo‘ljallangan bino inshoat va qurilmalar majmuidir.
Er yuzi ob’ektlarini qurishga sarflanadigan kapital mablag‘lar miqdori butun shaxtani qurishga sarflanadigan kapital mablag‘lar miqdori butun shaxtani qurishga sarflanadigan xarajatlarning 20-30% ni tashkil qiladi va 1t ko‘mirni qazish uchun er yuzida bajariladigan ishlarning mehnattalabligi umumiy mehnattalablikning 20-25% ga to‘g‘ri keladi. SHu sababli er yuzi majmuasining takomillashtirilganlik darajasi shaxtaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Er yuzi majmuasiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri-quriladigan bino va inshoatlarni mumkin qadar bir-biriga yaqin joylashtirish, majmua gavjum bo‘lishini ta’minlash. Texnologik majmua uchta asosiy blokdan tashkil topishi kerak: bosh stvol bloki, yordamchi stvol bloki va ma’muriy-maishiy xizmat kombinati. Bulardan tashqari majmua xududida o‘zlarining texnologik xususiyatlari va maxsus talablari bo‘yicha bloklashtirilmaydigan alohida bino va inshoatlar ham quriladi. Bularga ventilyator qurilmasi, ochiq elektr podstansiyasi, suv saqlash qurilmasi, estakadalar va shu kabi inshoatlar kiradi.
Bosh stvol (qiya stvol) bloki ko‘mirni qabul qilib olish binosi, ko‘mirni temir yo‘l vagonlariga yuklash punktidan tashkil topadi. YOrdamchi (kletli) stvol bloki odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, mustahkamlagich va boshqa materiallarni hamda uskunalarni shaxtaga tushirish, er yuzidagi kletdagi yukli vagonchalarni bo‘sh vagonlar bilan almashtirish ishlariga xizmat qiladi. Bu blok yuk ko‘tarish minorasi, vagonchalarni almashtirish kompleksi, ta’mirlash ishlari xonasi, materiallar omborxonasi, kalorifer va kompressor xonalari kabi inshoat va binolarni o‘z ichiga oladi. Ma’muriy-maishiy xizmat kombinati (MMXK) yordamchi binolar kompleksidan tashkil topgan bo‘lib, uch qismdan iborat bo‘ladi: ma’muriy idora binosi, majlislar xonasi va hammom kompleksi. Hammom qismida dushxona, kiyimxona (garderob), lampaxona, ichimlik suv stansiyasi va kir yuvish xonalari joylashadi.
Shamollatish qurilmasining binosi qiya stvolga yaqin joyda qurilgan bo‘lib, u bilan maxsus kanal (yo‘lak) orqali tutashtiriladi. Kalorifer qurilmalari binosi havo yuboriladigan stvol yaqiniga joylashtiriladi. Texnologik er yuzi majmuasi maydonida qazib olingan ko‘mirni vaqtincha saqlash va temir yo‘l vagonlariga bevosita yuklash maqsadida bir necha bunkerlar joylashtiriladi. SHuningdek, majmuada qazib olingan ko‘mirni ba’zi sabablarga ko‘ra olib ketish (jo‘natish) imkoniyati bo‘lmagan xollarda uni vaqtincha saqlash uchun maxsus omborlar ham joylashtiriladi.
Shaxta yer yuzi majmuini joylashtirish sxemasini tanlashda qator omillarni hisobga olish talab etiladi, ulardan asosiylari: shaxta maydonini ochish usuli; shaxta yuk ko‘tarish qurilmasining qabul qilingan turi; stvollar va yuk ko‘tarish idishlarining o‘zaro joylashishi; alohida yer yuziga chiqariladigan ko‘mir rusumlarining soni, shaxtaning ishlab chiqarish quvvati va ishlash muddati.

Download 254.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling